Atrof-muhit muhofazasi: o'rmonlar, o'tloqlar,qo'riqxonalar tabiat umumiy uyimiz



Download 9,32 Mb.
bet29/30
Sana12.07.2022
Hajmi9,32 Mb.
#782790
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Atrof-muhit muhofazasi

Tabiiy yodgorliklar

Tabiat yodgorliklari. Ba’zan ilmiy, madaniy va tarixiy jihatdan qimmatli tabiiy ob’ektlarni muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg‘ol qilmagan qimmatli tabiiy ob’ektlar «tabiat yodgorliklari» deb e’lon qilinadi va jiddiy muhofaza ostiga olinadi. Tabiat yodgorliklari tabiatning o‘tmishi va unda sodir bo‘layotgan jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Masalan, valunalar-muzlik qoldiqlari, «qo‘y peshonalari» - muzliklarning qoyalarga ishqalanishi, jimjimador qoyalar – tog‘ jinslari nurashining guvohi. Tabiat yodgorliklariga sharsharalar, geyzerlar, g‘orlar, relefning ajoyib shakllari, geologik ochilib qolgan joylar, ayrim daraxt, tarixiy obidalar va boshqa ob’ektlar kiritiladi. Tabiat yodgorliklarining ko‘zga yaqqol tashlanb turadigan xo‘jalik ahamiyati bo‘lmasligi mumkin, lekin ularning ilmiy, tarixiy, madaniy-estetik ahamiyati ko‘pincha juda katta bo‘ladi. Shuning uchun ularni muhofaza qilish zarur. Umumiy xususiyatiga qarab tabiat yodgorliklari geologik-geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo‘linadi.

G e o l o g i k – g e o m o r f o l o g i k yodgorliklarga ochilib qolgan tog‘ jinslari qatlamlari, g‘orlar, karst relefi shakllari, so‘ngan vulqon kraterlari, geyzerlar, diqqatga sazovor qirg‘oqlar, qo‘y peshonalar, noyob relef shakllari, qoyalar va boshqalarni kiritish mumkin. Masalan, Zomin tog‘laridagi afsonaviy «Qirq qiz» va boshqalar bunday ob’ektlarga yaqqol misol bo‘ladi (3-rasm). O‘rta Osiyoda 1500 dan ortiq g‘orni tabiat yodgorligi sifatida muhofazaga olish mumkin.

B o t a n i k yodgorliklarga yo‘qolib ketayotgan relikt o‘simliklar o‘sadigan uchastkalar, dashtlardagi o‘rmon massivlari yoki o‘rmonlar orasidagi dasht uchastkalar, alohida saqlanib qolgan keksa daraxtlar va boshqalar kiritiladi. Respublikamizda bunday ob’ektlarga Sayrobdagi 700-1000 yoshli chinorni, Urgutdagi, Boysundagi Chorchinorlarni va boshqalarni kiritish mumkin.

P a l e o n t o l o g i k yodgorliklarga toshga aylanib ketgan va izlari saqlanib qolgan o‘simlik qoldiqlari ochilib qolgan joylar hamda qirilib ketgan hayvonlar qoldig‘i, izi uchraydigan uchastkalar misol bo‘la oladi. Tabiat yodgorliklari tabiatni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan hisobga olinishi va kartaga tushirilishi kerak. Ularning ilmiy va estetik ahamiyatini baholash asosida muhofaza qilish darajasi aniqlanadi (mahalliy, viloyat, respublika, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tabiat yodgorliklari).


Tabiiy yodgorliklar

Download 9,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish