D) Abdulla Oripovning “O‘zbekiston”she’ri
6
.
Bobolarning ezgu ishlarini ijodiy rivojlantira olsang, sen baxtlisan.
Ushbu gapda so‘zga yangi ma’no beruvchi morfema(lar) qatnashgan so‘z(lar) qaysi
bo‘lakka nisbatan tobe bo‘lak vazifasini bajargan?
+A) kesimga nisbatan
B) egaga nisbatan
C) holga nisabatan
D) to‘ldiruvchiga nisbatan
7
. Oybekka tegishli bo‘lmagan ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu ijodkorning ilk she’rlaridan biri “Cholg’u tovushi” nomi bilan bosib chiqarilgan.
B) Uning “Namatak” she’ri erksizlikka, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhning,
olamni qutqaruvchi bezavol g‘ozallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi.
C) Uning she’rlaridan birining nomi X. Saloh asarlarining nomi bilan bir xil.
+D) Ushbu shoir Ozarboyjonda tug‘ilib, ijodkor sifatida O‘zbekistonda, o‘zbeklar bag‘rida
ulg‘aydi.
8
. Qaysi gapdagi paronimlik xususiyatiga ega so‘z shakldosh asosdan yasalgan?
A) Yigitlarimiz vatan oldidagi burchini bajardilar.
B) Uning ta’nali o‘tkir gaplari hammani ajablantirdi.
+C) Uning xarakteridagi lapashanglik, yumshoqlik, bo‘shlik atrofdagilarga har doim qo‘l
kelar edi.
D) Uning aybi butun shaharga ayon, ammo bundan sulton bexabar.
9
. "
O‘lim jazosi ham, umrbod qamoq jazosi ham bir xilda badaxloq choralardandir, biroq
basharti ulardan bittasini tanla deyishsa, men, albatta, ikkinchisini tanlar edim. Har
holda, yashamoq - o‘lmoqdan afzalroqdir
", - degan fikrni isbotlash uchun yigirma besh
yoshida o‘n besh yillik mahkumlikka rozi bo‘lgan va mana shu mahkumlik davrida
yashashning asl mohiyatini kashf qilgan huquqshunos haqidagi hikoya muallifini
aniqlang.
A) Jek London
B) Alfons Dode
+C) Anton Chexov
D) Robindranath Thakur
10
. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bilan ifodalangan bo‘lakka tobelangan
vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan?
+A) Indamay g‘ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi.
B) “Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay”, − dedi zavqi oshib.
C) Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘ydi va mehmonlar bilan ko‘risha ketdi.
D) Oshiq yigit do‘kondagi barcha atirgullarni sotib oldi.
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
11
. Uyushiq to‘ldiruvchi holga tobelangan gapni toping.
A) Yigit qo‘lidagi quti va xaltani ayvongai qo‘ydi va kelganlarga peshvoz chiqdi.
+B) Bolalar kitob, jurnal, gazeta o‘qigani tez-tez keladigan bo‘ldilar.
C) Xastani, keksalarni ko‘rish, hol-ahvol so‘rash uyiga non tugib borishdan boshlangan. D)
Choyxonachi bir zumda patnisda non bilan qand-qurs keltirdi.
12
.
Do'stlaringiz bilan baham: