Umri... mazmuni. .. millat. .. dardi... darmon bo‘lish... iborat deb bilgan Amir Temur
xalqimiz... ardoqli, ulug‘ farzandidir
.
Berilgan gapda nuqtalar o‘rnida qaysi kelishik(lar) qo‘shimchasini qo‘llab bo‘lmaydi?
1) qaratqich kelishigi; 2) tushum kelishigi; 3) jo‘nalish kelishigi; 4) o‘rin-payt kelishigi; 5)
chiqish kelishigi
A) 3
В) 1, 3
+С) 4
D) 2, 5
13
. Quyidagi qaysi baytda ijodkor tazod san’atidan foydalangan?
A) Yuzing guliga ko‘ngil ravzasin yasa gulshan, Qading niholig‘a jon gulshanin chaman
qilg‘il.
B) Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozuklukindin suv ila yutsa
bo‘lur.
C) Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun, Hamisha toleing feruz bo‘lsun.
+D) G‘amim pinhon tutardim man, dedilar: “Yora qil ravshan”, Desam, ul bevafo bilman,
inonurmi, inonmasmu?
14
. Qaysi javobda nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladigan turg‘un bog‘lanma
(ibora) qatnashgan?
A) Bu yigitlarning rosa ishtahasi karnay ekan.
+B) Bema’ni va tuturiqsiz gaplar bilan boshini aylantirdi.
C) Azimjonning so‘zlaridan yigitning ko‘ngli biroz yorishdi.
D) Nima qilyapsan o‘zi, do‘stim, esingni yeb qo‘ydingmi?
15
. Qaysi javobdagi so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
+A) teleko‘rsatuv, magistratura, dissertatsiya
B) kompressor, komissiya, manitoring
C) kordinata, bakalavr, vakum
D) kаkао, inkubator, fotoaparat
16
. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan misollarning har birida bittadan
qo‘shimcha bor?
A) Ko‘zingizni yashnatadi bu bog‘lar. / / Chin inson birovga yaxshilik ko‘zlar.
B) Biz mustaqil O‘zbekiston farzandimiz. // Bizning maktabimiz yaqinda ta’mirlandi.
C) Bu topshiriqni qanday bajargani esidan chiqmaydi. / / Onaxon shu xabarni aytgani
kelgan edi.
+D) Tantanada o‘nlab yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi. / / U ba’zan oylab qorasini
ko‘rsatmas edi.
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
17
. Qaysi gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari
qatnashishi kuzatiladi?
A) Har bir narsani tejash, bugungini erta uchun zaxiraga qo‘yish yaxshi fazilatdir.
B) So‘z yovuzlarni yakson etadi, qal’alarni yiqadi, u ko‘zga ko‘rinmas quroldir.
+C) So‘z bilan ifodalangan ezgu fikr dunyoni harakatlantiruvchi kuchdir.
D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasidir.
18
. Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan?
A) -Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan.
B) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi.
C) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi.
+D) Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim
bo‘ladi.
19
. Quyidagi qaysi she’r Ogahiy qalamiga mansub?
+A) «Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas» tarji’bandi
B) «Surmadin ko‘zlar qaro» g‘azali
C) «Manam sho‘rida bulbul» muxammasi
D) «Ajab ermas» muxammasi
20
. Qaysi javobdagi asarlar Abdulla Qodiriy qalamiga mansub?
A) «Onalar», «Kuzatish», «Yodgor»
B) «Zar qadri», «Jar yoqasidagi chaqmoq», «Daryolar tutashgan joyda»
C) «Mahmud Tarobiy», « O‘tror», «Karvon yo‘llarida»
+D) «Juvonboz», «Obid ketmon », «Baxtsiz kuyov»
21
.
Hayotga romantik ko‘z bilan qaraydigan, hamisha ezgulikka intilgan ijodkorning
ijodiy faoliyatida qahramonlik ko‘rsatgan odamlarning jasorati tasvirlangan balladalar
alohida o‘rin tutadi. Ayrim balladalarida o'zgalarning vatanini bosib olgan kimsalarga
qarshi kurashgan qahramon bolalar hayoti tasvirlanadi. U «Jamila», «Ona va farzand» va
«Raymonda» kabi balladalar muallifi sanaladi
. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
+A) Shuhrat
B) Mirmuhsin
C) Asqad Muxtor
D) Maqsud Shayxzoda
22
.
U shu yotganicha ertalab ham ko‘zini ochmadi. U yagona farzandidan umid uzolmay,
uning baxtini ko‘rolmay armon bilan chodirda jon bergan edi... . Ona, qazoyim yetib
olamdan o‘tsam, bolam o ‘z qo‘li bilan qabrga qo'yadi, deb umid qilardi. Bolasi qabrga
yaqin kelmay, bo‘riga o‘xshab to‘qaydan xunuk qarab turardi. Quyosh qip-qizil cho‘g‘ bo‘lib
botayotgan cho‘l oqshomida hijronzada, alamzada, farzand dog‘ida kuyib ado bo‘lgan
onani tuproqqa qo‘yishdi
. Ushbu parchada qaysi adabiy qahramonninj hayotdan ko‘z
yumishi va dafn qilinishi tasvirlangan?
A) Sharofat xolaning
B) Zebi xolaning
+C) Jannat xolaning
D) Umri xolaning
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
23
. « Millatni uyg‘otish - uyg‘onganlarning vazifasi. Mana siz: ancha eslik, hushyor, ziyrak
odam ko‘rinasiz. Ish bilasiz ekan. Davlatingiz bor ekan. Faqat birgina aybingiz shuki,
zamon ahvolidan xabardor emassiz. Gazet o‘qimaysiz.» Jadid kattalaridan birining tilidan
aytilgan millatni uyg‘otish haqidagi ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?
A) «O‘tkan kunlar»
B) «Dunyoning ishlari»
C) «Shum bola»
+D) «Kecha va kunduz»
24
.
Uch, qushcha, hur
Qo‘shig‘im bo‘lib!
- Shudir senga so‘nggi tilagim.
Tanim qolsin bunda (Tan nima?)
Ona yurtga borsin yuragim ...
Ushbu otashin misralar kimning qalamiga tegishli?
A) Usmon Nosir
B) Haynrix Hayne
C) Aleksandr Pushkin
+D) Musa Jalil
25
. Qaysi ma’lumot Mirkarim Osim haqida emas?
A) U Alisher Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida «Zulmat ichra nur» qissasini
yozgan.
B) Ijodkorning tarixga oid dastlabki yirik asari «Astrobod» qissasidir.
+C) Ijodkor birinchi bo‘lib «Mustaqillik» ordeniga munosib ko‘rilgan.
D) U Navoiyning hayot va ijod yo‘llarini keng aks ettiruvchi «Alisher Navoiy va
Darvishali», «Badarg‘a», «Navoiyning xislatlari», «Ulug‘bek va Navoiy» singari qissa va
hikoyalar yozdi.
26
. Asqad Muxtorning bir xil janrda yozilgan asarlarini toping.
A) «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar»
+B) «Bo‘ronlarda bordek halovat», «Jar yoqasidagi chaqmoq»
C) «Tilak», «Qorako‘z majnun»
D) «Davr mening taqdirimda», «Samandar»
27
. Qaysi sinonimik qatorda „ortiqcha“ so‘z bor?
+A) bemahal, bemavrid, bemalol, bevaqt
B) cho‘loq, oqsoq, lang
C) sarf, chiqim, xarajat, xarj
D) chora, iloj, tadbir, imkon, ep, yo‘l, amal
28
. Abayning “Naqliya so‘zlar” asarini kim o‘zbek tiliga tarjima qilgan?
A) Mamarasul Boboyev
+B) Nosir Fozilov
C) Nizom Komil
D) Ozod Sharafiddinov
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
Do'stlaringiz bilan baham: |