Auditning predmeti va metodi Reja: Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Iqtisodiy nazorat va unda auditning o‘rni


“Audit” fanining predmeti va obekti



Download 282,5 Kb.
bet4/7
Sana11.07.2022
Hajmi282,5 Kb.
#776784
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5258035371924527293

1.3.“Audit” fanining predmeti va obekti.
Auditning о‘ziga xos predmeti va obyektlari mavjud. Audit maxsus fan sifatida ma’lum maqsadga qaratilgan va bir qancha vazifalarni bajaradi. Auditning perdmeti xо‘jalik yurituvchi subyektlar, ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar о‘z ustavlariga asosan faoliyat yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalaniladi. Korxonalarning aktivlari doimiy ravishda daromad, foyda olishga qaratilgan bо‘ladi. Lekin, ushbu natijalarga faqat qabul qilingan qonun-qoidalarga tо‘liq amal qilgan holda erishish mumkin. Korxonalar о‘z faoliyatlarida meyoriy hujjatlarga, qabul qilingan qoidalarga rioya qilishlari shart. Har bir korxona о‘zining hisob siyosatini belgilaydi va unga asosan hisob-kitoblarni yuritadi. Audit paytida korxona faoliyatining qabul qilingan qonunlarga monandligi, hisob ma’lumotlarining korxona moliyaviy-xо‘jalik kо‘rsatkichlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Auditning predmeti taftishdan farqli о‘laroq korxonaning faqat bir faoliyat turi yoki birgina kо‘rsatkichi bо‘lishi mumkin. Misol uchun, savdo faoliyati, ishlab chiqarish faoliyati yoki bо‘lmasa pul mablag‘lari, tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar. Auditning predmetiga korxona moliyaviy hisobotning tо‘g‘riligi, hisob siyosatiga, soliq siyosatiga tо‘liq amal qilinishlikni tekshirish ham kiradi. Auditning aniq predmeti yoki obyekti mijoz bilan tuzilgan shartnomaga bevosita bog‘liq bо‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning faoliyati kengayib har tomonlama rivojlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida auditning asosiy obyektlari quyidagilardan iborat bо‘lishi kerak deb hisoblaymiz:
- mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bog‘liq bо‘lgan operatsiyalar;
- moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi kо‘rsatkichlar (xarajatlar, daromadlar, foyda, zararlar);
- valyuta operatsiyalari;
- tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan xorijiy sarmoyalar;
- hisob-kitob operatsiyalari (debitorlik, kreditorlik qarzlari);
-qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq jarayonlar.
Shunday qilib auditning predmeti va obyektlari quyidagi tartibda guruhlash mumkin:
xо‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatlari;
xо‘jalik yurituvchi subyektlarning aktivlari va majburiyatlari;
xо‘jalik yurituvchi subyektlarning alohida jarayonlari (operatsiyalari).
Auditning asosiy predmeti bо‘lgan korxonalarning faoliyatlari quyidagilarga bо‘linadi:
ishlab chiqarish faoliyati;
savdo faoliyati;
xizmat kо‘rsatish faoliyati.
Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatlari о‘z navbatida quyidagi jarayonlarni о‘z ichiga oladi:
ta’minot jarayoni;
ishlab chiqarish jarayoni;
realizatsiya jarayoni.
Jarayonlar xо‘jalik operatsiyalari orqali sodir bо‘ladi.
Xо‘jalik jarayonlarning auditi ma’lum kо‘rsatkichlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu kо‘rsatkichlarning ikkiga bо‘lish mumkin:
miqdor kо‘rsatkichlari;
sifat kо‘rsatkichlari.
Miqdor kо‘rsatkichlar - ishlab chiqarilan mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan xizmatlar hajmidan iborat.
Sifat kо‘rsatkichlar - faoliyat yuritish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar, foyda, mehnat unumdorligini ifodalaydi.
Korxonalarning alohida jarayonlari va kо‘rsatkichlari auditning obyektlari hisoblanadi.
Auditning predmetiga xо‘jalik yurituvchi subyektlarga dolzarb masalalarda konsalting xizmatlarini kо‘rsatish ham kiradi. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari korxonalarga о‘zaro tuzilgan shartnomalarga asosan «Biznes reja» tuzish, hisob siyosatini belgilash, soliqlarni tо‘g‘ri hisoblash, mahsulot tannarxini aniqlash, moliyaviy hisobot tuzish kabi masalalarda yaqindan yordam beradilar.



Download 282,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish