Auditning predmeti va metodi Reja: Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Iqtisodiy nazorat va unda auditning o‘rni



Download 282,5 Kb.
bet3/7
Sana11.07.2022
Hajmi282,5 Kb.
#776784
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5258035371924527293

2. Soliq boshqarmasi. Hukumatga yoki moliya vaziriga bо‘ysunadi, davlat byudjeti daromadlar qismining tо‘ldirilishini nazorat qiladi.
3. Vazirliklardagi nazorat taftish bо‘linmalari byudjet tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli vazirlikka bо‘ysunadi. Asosiy vazifasi byudjet mablag‘larining tо‘g‘ri sarflanishini nazorat qiladi.
4. Mustaqil auditorlik moliyaviy nazorat balans ma’lumotlarining tо‘g‘riligini, amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida nazorat qiladi. Nodavlat sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham shartnoma asosida hisob va moliya masalalari bо‘yicha maslahat (konsultatsiya) beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda mustaqil auditorlik tashqi moliyaviy nazoratning asosiy shakli bо‘lib hisoblanadi va u keng profilli taftishchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarda auditni tashkil qilish bilan bog‘liq qoidalarni о‘rganish shuni kо‘rsatadiki, ularda bir-biriga о‘xshashliklar mavjud:

  • korxonalar moliyaviy hisobotlarini majburiy audit nazoratidan о‘tkazish;

  • auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar uchun ma’lum malakaga ega bо‘lishi bilan bog‘liq talablar.

  • auditorlikka faqat shu mamlakat fuqarolarini tayinlash.

Bu mamlakatlarning har birida auditorlik xizmatlarining soni juda kо‘p. Ularning faoliyati shu darajada keng tarqalganligi xalqaro auditorlik tashkilotlarining shakllanishiga olib keldi. Xususan, Diplomli jamoatchi buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi 147 ta mamlakatda faoliyat kо‘rsatadigan 4 mingdan oshiq auditorlik firmalarini birlashtiradi. Xorijiy mamlakatlarning nazorat amaliyotidagi ijobiy tajribalarni о‘rganish va yoyish maqsadida 1953 yili BMT qoshida nodavlat tashkiloti - Oliy Nazorat Organlarining Xalqaro Tashkiloti (INTOSAI) tuzilgan. Bu tashkilotni tuzishga quyidagi omillar sabab bо‘lgan:

  • jahon iqtisodiyotida baynalminallashish tendensiyalarining kuzatilishi;

  • biznes va savdo-sotiqning rivojlanishi;

  • kо‘p millatli korporativ operatsiyalarning kengayishi;

  • pul mablag‘larini samarali nazorat qilishga intilish;

  • davlat nazoratining kuchaytirilishi va chet el inves-titsiyalarining boshqarilishi.

Buxgalter-auditorlarning professional tashkilotlari jahonning kо‘p mamlakatlarida tuzilgan. Jumladan Buyuk Britaniyada Angliya va UELS mamlakatlarida mustaqil buxgalterlar instituti tashkil qilingan bо‘lsa, AQShda diplomli va diplomsiz jamoatchi buxgalterlarning buxgalter-auditorlar jamiyati, Germaniyada Auditorlar palatasi va Auditorlar instituti faoliyat kо‘rsatmoqda.
Barcha auditorlik firmalari, xizmatlari о‘z faoliyatlarida «Xalqaro audit normalari va qо‘shimcha ishlar Nizomi» dan foydalanadilar.
Tashqi audit bilan birga kо‘pchilik korxonalarda ichki audit yо‘lga qо‘yilgan bо‘lib, ular ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi, rentabellik, tejamkorlik, maqbul rejimga rioya qilish va kо‘rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi ustidan nazorat qiladilar.
Firmalarning, shu jumladan auditorlik firmalarining ham bozorda mustahkam о‘rin topishida ularning mahsulot (ish, xizmat)larining sifati muhim ahamiyatga ega.
Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xо‘jalik yuritadigan sohada amalga oshiriladigan muomalalarni auditorlik tekshiruvidan о‘tkazish zarurati bilan tо‘qnashadilar.
Audit mamlakatimizdagi xо‘jalik faoliyatini nazorat va iqtisodiy tahlil qilishning nisbatan yangi yо‘nalishidir. Agar G‘arb mamlakatlarida audit 150 yildan buyon ma’lum bо‘lsa, О‘zbekistonda esa, mustaqil faoliyat sohasi sifatida xо‘jalik yuritishda davlat monopoliyasidan voz kechish va bozor iqtisodiga о‘tish natijasida shakllana boshladi. Shuning uchun auditorlik faoliyati rivojlangan mamlakatlar tajribasini о‘rganish zarurdir. Ta’kidlash joizki, oldin ham mamlakatimizdagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xо‘jalik faoliyatini nazorat va taftish qilish amalga oshirilgan. Ammo, nazorat va taftish bilan audit tushunchalari bir-birlariga yaqin bо‘lsa ham, ularni bitta narsa deb tushunish tо‘g‘ri emas.
Audit tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat moliyaviy kо‘rsatkichlar tо‘g‘riligini tekshirishni, balki xarajatlarni maqbullashti-rish va qonuniy asosda foydani kо‘paytirish maqsadida xо‘jalik faoliyatini yaxshilash bо‘yicha takliflar ishlab chiqishni о‘z ichiga oladi. Auditni biznesni о‘ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda buxgalteriya hisobi va ichki xо‘jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib, moliya-xо‘jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni hisobot kо‘rsatkichlarining haqqoniyligi nazorat qilinadi). Shuningdek, noо‘rin xarajatlarga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi о‘tkaziladi.
Biznes bо‘yicha ekspert vazifalarini bajarish uchun auditor keng bilim, mahorat va tajribaga ega bо‘lishi lozim.
Mamlakatimizda auditning dunyoga kelishi va auditorlik firmalarining barpo etilishi asosan, aksiyadorlik jamiyatlari, qо‘shma korxonalar va tijorat banklarining tashkil etilishi bilan bog‘liq bо‘lib, ularning hisobotlari auditor xulosasiz rasmiy maqomga ega bо‘la olmaydi.



Download 282,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish