Avtomatlashtirish va boshqarish


Energo-mehanika fakulteti dekani



Download 38,94 Mb.
bet2/215
Sana09.07.2022
Hajmi38,94 Mb.
#763554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   215
Bog'liq
sto` umk

Energo-mehanika fakulteti dekani: ______________ S.J.Bozorova

O‘quv-uslubiy majmua NDKI o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan (№ 1 Bayonnoma, «30_» avgust 2018 y.)



O‘quv-uslubiy kengash kotibasi: ______________ M.J. Normatova


O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i: ______________ I.A. Karimov
1-Ma’ruza:
Kirish. “Nazoratning texnologik asboblari” fanining tarixi va rivojlanish tendensiyalari.

Reja:
1.Sanoat korxonalarida qo‘llaniladigan texnologik o‘lchashlar va asboblar to‘g‘risida umumiy ma'lumot.


2. Texnologik o‘lchash va asboblar sohasidagi respublikamizdagi ijtimoy-iqtisodiy islohotlar natijalari,hududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari.
3. Fanning vazifalari.


Metrologiya — o‘lchashlar, uni ta'minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yullari haqidagi fan. Metrologiyaning asosini o‘lchashning umumiy masalalari, fizik kattaliklar birligi va ularning tizimlari haqidagi ma'lumotlar, o‘lchashning usul va vositalari, o‘lchash natijasining to‘g‘riligini aniqlash usullari va hokazolar hosil qiladi. O‘lchashga doir fizik kattaliklar mexanik, elektr, issiqlik, optik, akustik bo‘lishi mumkin. Bu kattaliklarning bir turi texnologik jarayon rivojlanishining bevosita ko‘rsatkichi bo‘lsa, boshqalari shu jarayon bilan funksional bog‘langan bo‘ladi.
Fizik hodisalarni o‘rganish va ulardan amalda foydalanish turli fizik kattaliklarni o‘lchash, ya'ni ma'lumot olish bilan bog‘lik. Ma'lumot qancha to‘la va xolisona bo‘lsa, fizik xodisalarning tub ma'nosini tushunish shunchalik chuqur bo‘ladi. Fizik kattalikning muayyan qiymati texnologik jarayonning rivojlanishi haqidagi ma'lumotning muhim qismidir. Turli usul va asboblar orqali ifodalangan texnologik jarayonning holati haqidagi axborotlarni ma'lumot, ya'ni informatsiya deb bilamiz. Informatsiyalar, asosan, o‘lchash asboblari va qurilmalari yordamida olinadi.
Fizik ob'ektning sifat jihatdan umumiy, lekin miqdor jihatdan har bir ob'ekt uchun alohida xususiyati fizik kattalik deb ataladi. Shunday qilib, har bir fizik kattalik aynan shu kattalikning sonli qiymati birligiga kupaytmasidan iborat bo‘lgan individual qiymati bilan ifodalanadi.
Bir-biriga muayyan erksizlik bilan bog‘langan kattaliklar yig‘indisi fizik kattaliklar tizimi deyiladi. Fizik kattaliklar tizimi asosiy, qo‘shimcha va hosila kattaliklardan iborat. Tizimga kirgan va boshqa tizimlarga nisbatan shartli ravishda erkin hisoblangan fizik kattalik asosiy fizik kattalik deb ataladi.
Xalqaro birliklar tizimi — SI (Sisteme International - SI) fan va texnikaning barcha sohalari uchun fizik kattaliklarning universal tizimi bo‘lib, 1960 yilning oktyabr oyida O‘lchov va tarozilar XI Bosh konferensiyasida qabul qilingan.
SIning joriy etilishi shu tizimda nazarda tutilgan va uning tarkibiga kirmaydigan (ammo hozir o‘lchov birliklari sifatida qo‘llanilayotgan) birliklarning ilmiy-tadqiqot natijalarini hisoblashda, ishlab chiqarish vositalari va asbob uskunalarini loyihalashda, qurilish hamda qurilgan ob'ektlardan foydalanishda, shuningdek o‘quv-ta'lim ishlarida ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirayotgan o‘lchov birliklaridagi turli hillikka barham beradi. SI ning hozirgi qo‘llanilayotgan ayrim o‘lchov tizimlariga nisbatan muhim afzalligi shundaki, u —universal; o‘lchov birliklarini birxillashtirgan; asosiy, qo‘shimcha va o‘z hosilaviy birliklarini amaliyot uchun qulay o‘lchamlarga mujassamlashtirgan; kogerent, ya'ni hosilaviy birliklar o‘lchamlarini aniqlovchi fizik tenglamalardagi mutanosiblik koeffitsientlarini tugatgan tizimidir. Uning tatbiqi bilan hisoblash tenglamalarining yozilishi ancha soddalashdi.
Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yettita asosiy va ikkita qo‘shimcha kattalik qabul qilingan. Shuningdek, ular asosida ko‘pgina hosilaviy kattaliklar va ularning birliklari ham tasdiqlangan. 1.1-jadvalda xalqaro birliklar tizimi (SI) da ifodalangan asosiy va qo‘shimcha hamda o‘quv jarayonida tez-tez uchrab turadigan muhim hosilaviy kattaliklarning o‘lchov birliklari, belgilari keltirilgan.


1.1 jadval.
Halqaro (SI) birliklar tizimi

Tartib №

Kattaliklar

O‘lchov birligi

Qisqartirilgan belgilari

Hosila birliklar o‘lchovi

O‘zbekcha

halqaro


Download 38,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish