Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va


ELEKÒR  ÒA’MINOÒI  ÒIZIMI



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

ELEKÒR  ÒA’MINOÒI  ÒIZIMI
2.1. Akkumulatorlar batareyasi
2.1.1. Akkumulatorlarning ekspluatatsiya rejimlari
Akkumulatorlar  batareyasi  elektrkimyoviy  qurilma  bo‘lib,
zaryad  vaqtida  elektr  energiyani  kimyoviy  energiyaga,  razryad
vaqtida esa kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantiradi. Ish-
qorli akkumulatorlar batareyasi shu davrgacha avtomobillarda
keng qo‘llanilmaganligi sababli, ushbu bobda faqat qo‘rg‘oshin-
kislotali  akkumulatorlar  batareyasini  ishlatishning  o‘ziga  xos
tomonlari ko‘rib chiqiladi.
Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlar batareyasining faol ele-
menti sifatida musbat plastinada qo‘rg‘oshin ikki oksidi (PbO
2
),
manfiy plastinada g‘ovak qo‘rg‘oshin (Pb) va elektrolitda sulfat kis-
lota (H
2
SO
4
) ishlatiladi. Razryad jarayonida plastinalardagi faol
elementlar  sulfat  kislota  bilan  reaksiyaga  kirishib,  asta-sekin
qo‘rg‘oshin  sulfat  tuzi  (PbSO
4
)ga aylanadi. Plastinalarning faol
elementlari g‘ovak tuzilishiga ega bo‘lib, ular elektrolit bilan shim-
dirilgan. Kimyoviy reaksiyaga, birinchi navbatda, g‘ovaklarida joy-
lashgan  sulfat  kislota  kirishadi.  Bu  holat  akkumulatorlar  bata-
reyasining ba’zi tavsifnomalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsa-
tadi. Akkumulatorlar batareyasi avtomobillarda quyidagi eksplua-
tatsion sharoitlarda ishlaydi.
Zaryad rejimi. Bu rejim generatorning tok kuchi elektr ener-
giyasi  iste’molchilarining umumiy tok kuchidan katta bo‘lganda
yuzaga keladi. Generatorning tok kuchi bilan iste’molchilar umu-
miy  tok  kuchi  teng  bo‘lgan  holni  zaryad  rejimining  chegaraviy
nuqtasi, deb qabul qilsa bo‘ladi.
Zamonaviy avtomobil generatorlari yaxshi elektr tavsifnoma-
larga ega bo‘lib, ular yetarli darajadagi quvvatni avj oldirishi mum-
kin.  Shuning  uchun  zamonaviy  avtomobillarga  o‘rnatilayotgan
akkumulatorlar  batareyasida  zaryad  rejimi  ustuvor  hisoblanadi.
O‘tkazilgan  tadqiqotlar  zaryad  balansini  ta’minlash  uchun  juda
og‘ir bo‘lgan sharoitlar — shaharda, kunning qorong‘i paytlarida


11
kichik tezlik bilan yurish, svetoforlar oldida ko‘p marta  to‘xtash,
yoritish va boshqa iste’molchilarni ishlatish hollarida ham zaryad
rejimi avtomobilning  umumiy ekspluatatsiya davrining  60—70 %
ini  tashkil  etishini  ko‘rsatdi.  Ekspluatatsiyaning  qolgan  barcha
sharoitlari  akkumulatorning  zaryad  rejimi  uchun  unumli  hi-
soblanib, shahardan tashqaridagi trassalarda bu ko‘rsatkich 80—
90  %  ni  tashkil  etadi.  Akkumulatorlar  batareyasining  doimo
zaryadlangan holda bo‘lishi, ishga tushirish tizimi va boshqa elektr
iste’molchilarning  ish  qobiliyatiga  hamda  batareyaning  ishlash
muddatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Razryad rejimi. Bu rejim generatorning tok kuchi elektr ener-
giyasi iste’molchilarining umumiy tok kuchidan kichik  bo‘lganda
yuzaga  keladi.  Razryad  rejimi  generator  rotorining  aylanishlar
chastotasi past bo‘lganda hamda avtomobil to‘xtab turgan va is-
te’molchilar  ulangan  holda  sodir  bo‘ladi.  Ekspluatatsiya  rejimi
me’yorida bo‘lgan hollarda razryad  rejimining davomiyligi zaryad
rejimiga nisbatan ancha past  bo‘ladi.
Startyor  rejimida  razryadlanish
  faqat  akkumulatorlar  bata-
reyasiga startyorning ulanish daqiqasida sodir bo‘lib, u juda qisqa
vaqt  (bir  necha soniya)  davom  etishi  va  katta razryad  toki  (bir
necha yuz amper) bilan tavsiflanadi. Akkumulatorning bu rejim-
dagi tavsifnomasi juda muhim ahamiyatga ega, chunki dvigatelni
muammosiz ishga tushirish, avtomobilni me’yorida ishlatishning
asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Saqlash rejimida akkumulatorlar batareyasi zaryad tokini qabul
qilmaydi va tashqi zanjirga elektr tokini uzatmaydi. Bu rejim ak-
kumulatorlarni nafaqat omborlarda, balki to‘xtab qolgan avtomo-
bilning o‘zida bir necha hafta yoki oylab turib qolganda yuzaga keladi.
Saqlash rejimida akkumulatorlarning o‘z-o‘zidan razryadlanish
tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan
rejimlarda akkumulatorlar batareyasining ishlashi quyidagi tavsif-
nomalariga bog‘liq bo‘ladi: zaryad va razryad jarayonida kuchlanishning
zaryadlanganlik darajasiga bog‘liqligi (zaryad va razryad tavsifnomalari),
kuchlanishning razryad tokiga bog‘liqligi (volt-amper tavsifnomasi),
batareya  sig‘imining  razryad  tokiga  bog‘liqligi,  zaryadlanganlik
darajasini saqlash muddatiga bog‘liqligi (o‘z-o‘zidan razryadlanish
tavsifnomasi).  Bundan  tashqari,  akkumulatorlar  batareyasining
avtomobillarda ishlatilish jarayonida tashqi muhit harorati ancha
keng doirada o‘zgarishi sababli, batareya haroratining uning sig‘imi
va tavsifnomalariga ta’siri ham muhim ahamiyatga ega.


12

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish