Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

2.1-rasm. Elektrolit
sathini o‘lchash.
10–15  mm


14
Zaryad va razryad jarayonlarida tok miqdori katta bo‘lmaganligi
sababli  bu  qarshilikning  ta’siri  unchalik  sezilmasa-da,  ammo
startyor  rejimidagi  tokning  katta  qiymatlarida  bu  qarshilikda
kuchlanishning pasayishi ancha sezilarli bo‘ladi va ishga tushirish
tizimining ish qobiliyatining susayishiga olib keladi. Bu hodisaning
oldini olish maqsadida chiqish elektrodlari va qisqichlarni mun-
tazam ravishda tozalab turish, texnik vazelin surish  tavsiya etiladi.
Akkumulatorlar  bankasining  chiqish  elektrodlari  va  qisqichlar
orasidagi  o‘tish  qarshiligidagi  kuchlanishning  pasayishini  vaqt-
vaqti bilan tekshirib turish va faqat zarurat bo‘yicha elektrod va
qisqichlarni tozalash ishlarini amalga oshirish yaxshi natija beradi.
Bu,  bir  tomondan,  ortiqcha  mehnat  sarfini  kamaytirsa,  ikkin-
chidan,  akkumulatorning chiqish  elektrodlarini muddatidan  ol-
din yeyilib ketishining oldini oladi.
O‘tkazgichlarni  akkumulator  batareyasidan  ajratishda,  avval
manfiy  elektrodga  ulangan  qisqichni  yechib  olish  kerak.  Ulash
jarayonida esa bu qisqich oxirgi navbatda ulanadi. Bu ketma-ket-
likka  rioya  qilish  akkumulatorlar  batareyasini  avtomobil  bort
zanjiridan  ajratish  va  ulash  jarayonlarida  tasodifiy  qisqa  tuta-
shuvlarning  oldini  oladi.  Chiqish  elektrodida  mahkam  o‘tirgan
qisqichni o‘tkazgich yordamida kuch bilan silkash, tagiga otvyortka
tiqib  ko‘tarish  yoki  uni  urib  chiqarish
yo‘li  bilan  yechishga  urinishlarga  yo‘l
qo‘yib bo‘lmaydi. O‘tkazgich qisqichini
chiqish elektrodidan yechib olish uchun
maxsus  ajratgich  (syomnik)  ishlatish
maqsadga  muvofiq  bo‘ladi  (2.2-rasm).
O‘tkazgich  qisqichini  chiqish  elektro-
diga mahkamlashda 2.3-rasmda ko‘rsa-
tilgan xatolik bo‘lmasligi kerak.
Akkumulatorlar  batareyasini  avto-
mobilga  mahkamlash  moslamalarining
bo‘shab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Har texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida
akkumulatorlar  batareyasini  mahkam-
lash gaykalarini ehtiyotkorlik bilan tor-
tib qo‘yish lozim. Mahkamlash mosla-
masi gaykalarini me’yordan ortiq tortish
akkumulatorning yaxlit qobig‘ining darz
ketishiga olib kelishi mumkin.
2.2-rasm. Batareyaning
chiqish elektrodidan
o‘tkazgich qisqichini
ajratish.


15
Akkumulatorlar  batareyasini
doimo zaryadlangan holda ishla-
tish va saqlash ularning uzoq mud-
dat davomida  samarali ishlashini
ta’minlaydi. Katta tok bilan chu-
qur razryad qilish hollari akkumu-
latorlar batareyasining umrini qis-
qartiradi.  Har  bir  zaryad-razryad
siklida plastina panjaralaridagi faol
moddalarni ng   ma’lum  qi smi
to‘kiladi va bankaning pastki qis-
miga tushadi. Bu, o‘z navbatida,
sig‘imning kamayishi va akkumu-
latorning  tavsifnomasi  yomonla-
shuviga olib keladi. Uzoq muddat
razryadlangan holda qolgan bata-
reya plastinalari sulfatlanish nati-
jasida  ishga  yaroqsiz  holga  kelib
qoladi. Plastinalarning sulfatlanish
hodisasi ushbu bo‘limning oxirida
batafsil ko‘riladi. Qish paytida elek-
trolit  zichligining  yuqori  bo‘lishi
uni muzlab qolishdan saqlaydi.
Akkumulatorlarning  razryad-
langanlik darajasini ikki yo‘l bilan
aniqlash mumkin: elektrolit zich-
ligi  va  akkumulator  kuchlanishi
orqali. Akkumulatordagi elektrolit
zichligi,  odatda,  areometr  yoki
zichlik  o‘lchagich  bilan  o‘lcha-
nadi. Elektrolit zichligini areometr (2.4-rasm, a) bilan o‘lchash
uchun uning noksimon rezinali so‘rg‘ichi  (1) siqiladi va naycha-
sini  (5)  akkumulator  bankasiga  tushiriladi.  So‘ngra  asta-sekin
so‘rg‘ichni bo‘shatib densimetr (3) qalqib chiqqunga qadar pipet-
kaga (2) elektrolit so‘riladi. Shundan keyin naychani akkumula-
tordan  chiqarmasdan  elektrolitning  mavjud  haroratdagi  zichligi
o‘lchanadi. Elektrolit zichligining haroratga bog‘liqligini hisobga
olib, uni quyidagi ifoda  yordamida 25°C ga keltiriladi:

25°C
=

o‘lch.
– 0,7(25–t),
2.3-rasm. O‘tkazgich
qisqichining holati.
Noto‘g‘ri
To‘g‘ri
2.4-rasm. Elektrolit zichligini
o‘lchash asboblari:
— areometr; — zichlik
o‘lchagichi.
1
2
3
4
5
1
6
7
5
a
b
1,1
1,2
1,3


16
bu yerda, 

25°C
 — elektrolitning 25°C ga keltirilgan zichligi, kg/m
3
;

o‘lch.
— elektrolitning mavjud haroratda o‘lchangan zichligi, kg/m
3
;
— elektrolitning mavjud harorati, °C.
Akkumulatorning  razryadlanganlik  darajasi  quyidagi  ifoda
yordamida hisoblanadi:
bu yerda,  D
p
  — akkumulatorning  razryadlanganlik darajasi, %;

tz
 — elektrolitning akkumulator to‘la zaryadlangandagi zichligi,
kg/m
3


tr 
— elektrolitning akkumulator to‘la razryadlangandagi
zichligi, kg/m
3
.
O‘rta Osiyoning iqlim sharoiti uchun yil bo‘yi 

tz
=1,25—1,27 ∙
∙ 10
3
 kg/m
3


tr
=1,09—1,11∙10
3
 kg/m
3
 qiymatlarga teng qilib olinadi.
Zichlik o‘lchagichning (2.4-rasm, b) plastmassadan tayyorlan-
gan qobig‘i (6) ichiga massasi turlicha bo‘lgan qalqovichlar  (7)
joylashtirilgan. Har bir qalqovich to‘g‘risiga unga to‘g‘ri keladi-
gan zichlik qiymati yozilgan. Elektrolit zichligini o‘lchash uchun
noksimon  rezinali  so‘rg‘ich  (1)  yordamida  zichlik  o‘lchagich
qobig‘i ichiga elektrolit so‘riladi. Elektrolitning zichligi yuqoriga
ko‘tarilib chiqqan qalqovich orqali aniqlanadi.
Akkumulatorlar  batareyasining  razryadlanganlik  daraja-
sini kuchlanish orqali  aniqlash uchun ËÝ-2, ËÝ-3  belgili yuk-
lama sanchqilari yoki Ý-108, Ý-107 (elementlararo tutashtirgichlari
yashirin bo‘lgan umumiy qopqoqli akku-
mulatorlar  ba tareyasi  uchun)  belgili
akkumulator  sinov  asboblari  ishlatiladi.
Ý-108  belgili  akkumulator  sinov  asbobi,
sig‘imi 40—190 A/soat bo‘lgan akkumula-
torlar  batareyasining  ishga  yaroqliligini
tekshirish  imkonini  beradi.  Òekshirishni
boshlashdan  avval,  sinov  asbobidagi
kontakt  gaykalar yordamida  akkumulator
sig‘imiga  mos  keladigan  yuklama  qar-
shiliklari zanjirga ulanadi. Òekshirish vaqtida
sinov  asbobi  oyoqchalarining  uchi  akku-
mulatorni ng   tashqari g a  chiqari lg an
quloqlariga qattiq bosiladi (2.5-rasm)  va
5-soniya oxirida voltmetr  ko‘rsatishiga ko‘ra
kuchlanish aniqlanadi.
2.5-rasm. Ý-108 belgili
akkumulatorlarning
sinov  asbobi.
D

=
∙100%,

tz


25

tz


tr


17
Ishga  yaroqli  akkumulatorning
kuchlanishi  1,7—1,8  V  chegarasida
bo‘ladi.  Kuchlanishning  qiymati
1 , 4—1 , 6  V  cheg arasi da  bo‘lsa,
akkumulatorni  zaryad  qilish  lozim.
Agar  kuchlanish  1,4  V  dan  past
bo‘lsa,  bunday  akkumulatorlarni
tekshirish va zarurat bo‘yicha ta’mir-
lash zarur. Akkumulatorning alohida
bankalaridagi kuchlanishi bir-biridan
0,1  V  ga  farq  qilsa,  ularni  baravar-
lashtiruvchi usulida zaryadlash lozim.
Ba’zan o‘lchash boshlangan daqiqa-
larda asbob 1,7—1,8 V kuchlanishni
ko‘rsatib,  o‘lchashning  5-soniyasiga
kelib  kuchlanish  pasayib  ketadi.  Bu  akkumulator  plastinalari
sulfatlanib qolganligining belgisidir.
Umumiy  qopqoqli  sig‘imi  190  A  soatgacha  bo‘lgan  akku-
mulatorlarning kuchlanishi Ý-107 belgili sinov asbobi (2.6-rasm)
yordamida o‘lchanadi. Uning kontakt oyoqchalaridan biri uchi
o‘tkir  shchup  bilan  almashtirilgan.  Umumiy  qopqoqli,  12  V.li
akkumulatorning  yuklama ostida o‘lchangan kuchlanishi 5-soniya
oxirida 8,9 V dan katta  bo‘lsa, u ishga  yaroqli hisoblanadi.
Kuchlanishi  8,9  V  dan  kam  bo‘lgan  akkumulatorlar  batareyasi
nihoyat darajada razryadlangan yoki unda jiddiy nosozlik mav-
jud bo‘ladi.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish