Avtomobil yo’li temirbetonli ko’priklari oraliq qurilmalarining uzoqqa chidamliligi masalasi



Download 393,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi393,94 Kb.
#727392
  1   2
Bog'liq
3001-Article Text-6083-1-10-20220426



Avtomobil yo’li temirbetonli ko’priklari oraliq 
qurilmalarining uzoqqa chidamliligi masalasi 
 
In’omjon G’ulomovich G’aniev
Dilfuza Nizametdinova 
Jizzax politexnika instituti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil yo‘li 
temirbetonli ko‘priklari oraliq qurilmalarining uzoqqa chidamliligi masalasi 
to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilgan. 
Kalit so‘zlar: 
avtomobil yo‘llari,
 
uzoqqa chidamlilik,
 
ko‘priklar temirbeton 
elementlari,
 
himoya qatlami,
 
betondagi armaturani buzilish jarayonlari,
 
degradatsiya,
 
texnik xizmat ko‘rsatish,
 
rekonstruksiya
 
 
The problem of long-term durability of intermediate devices 
of reinforced concrete bridges of highways 
 
Inomjon Gulomovich Ganiev 
Dilfuza Nizametdinova 
Jizzakh Polytechnic Institute 
 
Abstract: 
This article provides detailed information on the long-term durability 
of intermediate structures of reinforced concrete bridges in operation. 
Keywords: 
highways, long-term durability, bridges reinforced concrete 
elements, protective layer, processes of breaking reinforcement in concrete
degradation, maintenance, reconstruction 
 
KIRISH 
Dunyo andozalariga mos, keng avtomobil yo‘llarini qurish uchun milliardlab 
mablag‘, yuzlab ishchi kuchi zarurligini soha vakillari, ayniqsa, quruvchilar yaxshi 
biladi [1, 2, 3, 4]. Jahon tajribasida ham yo‘llarni barpo etish ko‘p xarajat talab 
etadigan yumush hisoblanadi. Oxirgi yillarda yurtimizda keng va ravon magistrallar, 
eng so‘nggi texnologik yutuqlarni o‘zida mujassam etgan muhtasham ko‘priklar, yer 
osti va yer usti yo‘llarini qurish ko‘lami va sifati ortib bormoqda.
So‘nggi 40-45 yil ichida temirbeton ko‘priklarining ekspluatatsion ishonchliligi 
va mustahkamligini baholash muammosi ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan 
O‘zbekiston Respublikasi uchun ham dolzarb bo‘lib qoldi [5, 7, 8, 11-16]. Transport 
yuklarining og‘irligi mamlakatimiz avtomobil yo‘llari tarmog‘ida yuk aylanmasining 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
499


intensivligi bilan birga tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Bunday sharoitlarda atrof-
muhitning bir vaqtning o‘zida salbiy ta’sirini hisobga olgan holda, turli yillardagi 
ko‘priklar qurilishining soni ko‘paydi, ularning ishonchliligi va xavfsizligi yillar 
kesimida qurilgan vaqtiga qarab kamayib boradi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston 
Respublikasida temirbeton ko‘priklarning o‘rtacha xizmat qilish muddati 40-60 yil 
oralig‘ida ekanligi aniqlandi. 
Bugungi kunga kelib, ko‘p jihatdan uzoqqa chidamlilikning pasayish 
dinamikasini tadqiq qilish loyihalash bosqichiga ham bog‘liq bo‘layotgani e’tirof 
etilgan, chunki loyiha qarorlarida ularni qanday sharoitlarda va qanday tezlikda 
qurilishi davom etishi hamda temirbeton ko‘prik elementlarining degradatsiyasi 
haqida ma’lumot yo‘q [6]. Darhaqiqat, MDH mamlakatlaridagi ko‘priklarning 
aksariyati mahalliy standartlarda qurilgan, ularni uzoqqa chidamliligini amaliy 
sinaydigan qurilma mavjud emas. Loyihalashda loyihachi faqat o‘z bilim va 
tajribasiga tayanadi, ammo loyihaga strukturaning kerakli va o‘ziga xos manbasini 
kiritishga imkon beradigan amaliy tavsiyalar mavjud emas. Standart xizmat muddati 
70-100 yil bo‘lgan ko‘rsatmalar bilan ko‘priklarning temirbeton elementlarini 
loyihalash uchun zamonaviy apparatlarda chidamlilikni belgilab beruvchi dastak ham 
mavjud emas. Ko‘prik konstruksiyalarining chidamliligini aniqlashdagi noaniqlik eng 
so‘ngi standart holatlaridan oldin sodir bo‘lishiga olib keladi. 
Ko‘rinib turibdiki, ko‘priklar temirbeton elementlarining xizmat muddatini 
baholashning 
mavjud 
modellari, 
xususan, 
oraliqlar 
qurilmalar 
qurilishi 
foydalanishdagi aniq tajribaga mos kelmaydi [7, 9, 10]. Bunday sharoitlarda 
muammosiz ishlash, xizmat muddatini uzaytirish, tuzilmalarni ta’mirlash yoki 
rekonstruksiya qilishni strategik rejalashtirish uchun temirbeton ko‘priklarning texnik 
holatini baholash va uzoqqa chidamliligini oshirishda yangi ilmiy yondashuvlarga 
ehtiyoj ortib bormoqda [17-22]. Mavjud yondashuvlar va usullarning aksariyati 
ko‘prik konstruksiyasi elementlarining qolgan xizmat muddatini uzaytirishga 
qaratilgan bo‘lsa, zamonaviy sharoitlarda loyiha bosqichida chidamlilikni baholash 
zarurati mavjud. 
Ko‘prik temirbeton elementlarining hayotiy sikli davomida chidamliligiga ta’sir 
qiluvchi omillar soni cheksizlikka intiladi [23, 24]. Taqdim etilgan ishda dissertant 
ushbu muammoning bir qismini tadqiq qilish bilan cheklandi - himoya qatlami va 
armatura betonidagi buzilish jarayonlari kinetikasini modellashtirish asosida yo‘l 
ko‘prigining loyihalashtirilgan temirbeton ustki inshootlarining xizmat muddatini 
prognoz qilish haqida izlanish olib borgan. 
TADQIQOT OB’EKTI VA PREDMETI: 
-
vaqtga nisbatan avtomobil yo‘llari 
temirbeton ko‘priklarining oraliq qurilmalaridagi degradatsiya jarayoni.
Ilmiy ishning predmeti - avtomobil yo‘llari temirbeton ko‘priklarning oraliq 
qurilmalarini xizmat qilish muddatini prognoz qilish modellari.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
500


TADQIQOT MAQSADI VA VAZIFALARI:

himoya qatlami va betondagi 
armaturani buzilish jarayonlari kinetikasini modellashtirish asosida loyihalash 
bosqichida avtomobil yo‘llari ko‘priklarining oraliq temirbeton inshootlarining 
xizmat muddatini hisoblashning muhandislik metodikasini ishlab chiqishdan iborat. 
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
- avtomobil yo‘li ko‘priklarining temirbetonli oraliq qurilmalarining 
mustahkamligini pasaytiradigan asosiy buzilish jarayonlari, shikastlanish va 
nuqsonlar, boshqa sabablarni tahlil qilish;
- avtomobil yo‘li ko‘priklarining temirbetonli oraliq qurilmalarining 
ishonchliligi va mustahkamligini vaqt funksiyasi sifatida baholashning mavjud 
yondashuvlarini tahlil qilish; 
- loyihalash bosqichida temirbeton oraliq qurilmalarning xizmat qilish muddatini 
prognoz qilish uchun deterministik modelni ishlab chiqish;
- boshlang‘ich parametrlarning tarqalishi va tasodifiyligini hisobga olgan holda, 
loyihalash bosqichida avtomobil yo‘llari temirbetonli ko‘prigining oraliq 
qurilmalarining xizmat qilish muddatining stoxastik modelini ishlab chiqish; 
- ishlab chiqilgan matematik modellarni tekshirish va asoslash;
- avtomobil yo‘llari ko‘priklarining temirbetonli oraliq qurilmalarining xizmat 
muddatini loyihalash bosqichida boshqarishning amaliy mexanizmini ishlab chiqish. 
EKSPERIMENTAL TADQIQOTLAR NATIJALARI 
2021-2022 yillar mobaynida Jizzax politexnika instituti “Yo‘l muhandisligi” 
kafedrasi tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalaridan mazkur bobda 
foydalanildi
1
. Jumladan, professor vazifasini bajaruvchi I.G‘aniev ilmiy rahbarligida 
olib borilgan tadqiqotlar natijasida Jizzax viloyati avtomobil yo‘llarida ekspluatatsiya 
qilinayotgan 7 ta temirbetonli ko‘prikni ko‘zdan kechirish ishlari olib borildi (1-2 
rasmlar).
1-rasm. Jizzax viloyati Sangzor daryosida joylashgan ko‘prikning umumiy ko‘rinishi 
1
“Yo‘l muhandisligi” kafedrasining 2020 va 2021 yillardagi ilmiy-tadqiqot ishlari hisoboti materiallaridan foydalanildi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
501


2-rasm. Jizzax politexnika instituti olimlari va magistrantlari dala sinov ishlari 
paytida 
XULOSA 
Avtomobil yo‘llari ko‘priklarning oraliq temirbeton inshootlari degradatsiyasi 
bilan biz birinchi navbatda me’yorlashtirilgan sifatlarning bosqichma-bosqich 
yo‘qolishi, inshootlar texnik holatining pasayishi bilan bog‘liqligini kuzatamiz. 
Degradatsiya omillari - bu vaqt o‘tishi bilan temirbeton ko‘priklar elementlarining 
fizik-mexanik xususiyatlarining o‘zgarishiga, har xil turdagi shikastlanishlarning 
tuzatilmay yig‘ilib borishiga olib keladigan omillar (beton mustahkamligining 
pasayishi, armatura sterjeni va temirbeton elementlari ko‘ndalang kesimining 
kamayishi, kuch ta’sirida va korroziyali yoriqlarning hosil bo‘lishi va boshqalar). 
O‘zbekiston Respublikasi va MDH mamlakatlaridagi avtomobil yo‘li 
ko‘priklarining temirbetonli oraliq qurilmalarining hozirgi holatini tahlil qilib, biz 
ko‘p sonli ko‘priklarning texnik holati joriy me’yoriy talablarga va xavfsiz ishlash 
talablariga javob bermaydi degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Bunga sabab bo‘lgan asosiy sabablar: 
o‘tgan yillarda bajarilmagan ta’mirlash ishlari hajmining oshishi; 
moliyalashtirishning yetarli darajada emasligi; 
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlarining va 
ko‘priklarga texnik xizmat ko‘rsatishning sifatsizligi; 
transport 
vositalarining 
og‘irligi, 
harakat 
intensivligi, 
vaqtinchalik 
harakatlanuvchi yuklarning statik va dinamik ta’sirining oshishi; 
ilgari mavjud bo‘lgan loyiha standartlari, standart loyiha yechimlarining 
nomukammalligi; 
muhitga salbiy ta’sir qilish; 
ko‘priklarning to‘g‘ri rekonstruksiya qilinmasligi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
502



Download 393,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish