Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resurslarni tejash



Download 0,55 Mb.
bet14/21
Sana18.10.2022
Hajmi0,55 Mb.
#853925
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla

VI BO‘LIM. AVTOMOBILLAR SERVISI*


6.1. Avtomobillar servisi va avtomobillarga xizmat ko‘rsatishning umumiy tan olingan uslublari
Avtomobillar servisi avtomobillarga har jihatdan turli usullarda texnik va tijoriy xizmat ko‘rsatuvchi soha hisoblanadi. “Servis” inglizcha “service” so‘zi bo‘lib, xizmat ko‘rsatish ma’nosini bildiradi. Avtoservis xizmatining asosiy maqsadi mamlakatimizdagi avtomobil transportini, qaysi mulk shaklida bo‘lishidan kat’iy nazar, beto‘xtov, xavfsiz, tejamkor va ishonchli ishlashini ta’minlashdir. Deyarli har kuni ishga chiquvchi avtomobillarni yonilg‘i-moy bilan ta’minlash, ularni yuvish-tozalash va nazorat qilish hamda zarur bo‘lsa xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlash talab etiladi. Umuman, avtomobillarga servis xizmati sifatida o‘tkaziladigan ishlar texnik, tijoriy va informatsion xizmatlardan iboratdir.
Texnik xizmat ishlari: avtomobil va uning agregatlari, detallari va qismlarini texnik holatini nazorat qilish, sozlash, rostlash va ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar jamlanmasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda:
-avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash;
-avtomobillar agregatlari, detallari, kuzovlari, shinalari, akkumulatorlarini ta’mirlash va ish qobiliyatini tiklash;
-avtomobillarni buyurtmalar asosida diagnostika qilish;
-avtomobillarga ko‘chalarda, yo‘llarda, saqlash joylarida talabga binoan texnik yordam ko‘rsatish;
-avtomobillarni qayta jihozlash;
-avtomobillarni Davlat texnik qaroviga tayyorlash;
-yengil avtomobillar va avtobuslar kuzovlariga zanglashga qarshi ishlov berish;
-avariyaga uchragan avtomobillar kuzovlarini tiklash;
-avtomobillarni saqlash;
-avtoservisda o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil qilish;
-texnik maslaxat, axborot berish va h.k.
Tijoriy va axborot xizmati ishlari: avtomobillarni ehtiyot qismlar, ekspluatatsion materiallar va anjomlar bilan taminlash, savdo va reklama qilish xamda bu soxani biznes sifatidagi faoliyati hisoblanadi, ya’ni:
-avtomobillar, ehtiyot qismlar, materiallar, anjomlar bilan savdo qilish;
*-ushbu bo‘limni yozishda TAYI, ATE kafedrasining dotsenti Nazarkulov Ya.P. ning ma’ruza matnlaridan foydalanildi.
-avtomobillarni yonilg‘i-moy mahsulotlari bilan ta’minlash;
-ko‘rsatiladigan xizmat turlarini reklama qilish, mijozlarni axborot bilan ta’minlash, soxadagi raqobatga moslashish, mijozlarning talablari, fikrlari va didlarini doimo o‘rganib, ish faoliyatida hisobga olib borish va h.k.
Shu jumladan, avtoservis xizmat turlariga aholi avtomobillarini komission usulda sotib berish, aholiga transport xizmati ko‘rsatish va avtomobillarni ijaraga berish kabilar xam kiradi.
Avtoservisning iktisodiy va ijtimoiy axamiyati Vatanimiz avtomobil transporti va aholi avtomobillari uchun katta bo‘lib uning xizmatidan yil davomida millionlarcha avtomobillar doimiy foydalanadilar. Respublikamiz avtoservisi o‘ziga xos rivojlanish tarixi va yo‘liga ega. Malumki, jahon avtoservisi avtomobil sanoati va transportiga tengdosh bo‘lib ular bilan birga rivojlangan va jahon avtomobil bozorlarini egallash uchun xamma vaqt zamonaviy avtomobil servisini uzluksiz ishlab turishi talab etilgan.
MDH da avtoservisni paydo bo‘lishi va uni rivojlanishi asosan fuqarolarni avtomobillarga ega bo‘lishi bilangina bog‘liq bo‘lgan. Davlat siyosati, xamma soxada bo‘lganidek, avtomobil transportida xam asosan jamoat tarnsportini rivojlantirishga qaratilgan edi. Shaxsiy, fuqarolar transporti, ikkinchi darajali hisoblanar va uni transport tizimidagi o‘rni qadrlanmas, unga xizmat ko‘rsatish avtomobil egalarini o‘z muammolari bo‘lib qolgan edi. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar mamlakatni faqat yirik va markaziy shaxarlaridagina bo‘lib ular asosan chet el sayohatchilari va elchixonalari avtomobillariga xizmat qilar edi.
1960 yilning ikkinchi yarmidan boshlab aholi avtomobillariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus korxonalar tashkil qilindi va ishga tushirila boshlandi. Xukumatning 1968 yilda “Fuqorolar avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish” to‘g‘risidagi qarori bu soxaga davlat ahamiyatiga ega masala sifatida yondoshish boshlanganidan darak berdi. Aholi avtomobil parki 1970 yillardan boshlab, tez sur’atlar bilan o‘sa boshladi. U davrdagi statistik ma’lumotlariga qaraganda, har 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni quyidagicha o‘sib borgan:

Yillar

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish