Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar


Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari



Download 28,77 Kb.
bet3/5
Sana12.01.2017
Hajmi28,77 Kb.
#288
1   2   3   4   5
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari,

Barchamizga ma’lumki, yuqoridagi kabi muhim omillardan kelib chiqqan holda, hozirda respublikamizning barcha vazirlik vaidoralarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini tizimlarga samarali joriy qilish, ishchi-xizmatchilarning bu boradagi bilim-malakalarini oshirish tadbirlaribosqichma-bosqichamalga oshirilmoqda. Negaki, zamonaviy axborot texnologiyalari xalq xo‘jaligida shiddat bilan asosiy o‘rinlardan birini egallab borayotgan bir vaqtda soha xodimlaridan ularni tezkorlik bilan o‘zlashtirish, amaliyotda qo‘llay olish va ular vositasida faoliyat unumdorligini oshirishga erishish muhim vazifalardan hisoblanadi.

SHu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish vaharakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar hamkorligida respublikamiz aholisi va hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish, aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash, Fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining tayyorgarlik darajasini oshirish, eng muhimi, favqulodda vaziyatlarni monitoring va bashoratlash, ularning xavfini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil tadbiq etilayotganligini alohida qayd etish joiz.

SHuni ham ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-axborot kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”giPQ-1989-son qarori talablarini bajarishga oid tadbirlar yo‘nalishida vazirlik tizimida
“2014-2016 yillarda amalga oshiriladigan yagona axborot tizimlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga mo‘ljallangan Konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Mazkur Konsepsiya asosida 2015 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan bo‘lib, hozirda ushbu reja talablari bajarib kelinmoqda.

Tajribalardan ko‘rish mumkinki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va axborot resurslari sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki sodir bo‘lganda, ularning oqibatlarini bartaraf qilishda aniq yo‘nalish va mo‘ljal olish, joylarni belgilash, avariya-qutqaruv tadbirlarini tizimli ravishda bajarilishini ta’minlash, amaliy harakatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, tadbirlar mazmuniga tahliliy yondashishda yaqindan yordam beradi. CHunki favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, Fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining ongli harakatini tashkil etish va amalga oshirishda axborotlashtirish, kommunikatsiya texnologiyalari hal qiluvchi o‘ringa ko‘tariladi.Olib borilayotgan aniq va ongli amaliy harakatlar, berilayotgan to‘g‘ri, xolis va ishonchli axborotlar, tashkil qilinayotgan teran ma’naviy-ruhiy targ‘ibot ishlari aholiga murakkab vaziyatlarda ishonch, umid bag‘ishlaydi. Bu esa ommaning tartib bilan harakat qilishini ta’minlaydi. Zero, favqulodda vaziyatlarda omon qolishning yagona yo‘li ularda to‘g‘ri harakatlanishdir.

SHunday ekan, bugungi tadbirimizning asosiy maqsadi – respublikamiz aholisi va hududlarini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi boshqaruv organlari o‘rtasida milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, avtomatlashgan holda ma’lumot almashishni yo‘lga qo‘yish, axborot bazalari va axborot tizimlarini yaratish, respublika aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga oid axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish, umuman olganda, mazkur soha bo‘yicha istiqboldagi vazifalar xususida o‘zaro fikr hamda tajriba almashishdan iboratdir.

Barchamizga ayonki, favqulodda vaziyatlar kutilmaganda sodir bo‘ladi va sanoqli lahzalarda ulkan talofatlar keltiradi. Ayni achchiq haqiqatni teran idrok etgan holda, har birimiz oqilona faoliyat yuritishimiz, hamisha ogoh, sergak bo‘lishimiz talab etiladi. YUrtboshimiz ta’kidlaganlaridek, millionlab kishilarning hayoti xavf ostida qolar ekan, buni hech qanday maqsad bilan oqlab bo‘lmaydi.

Umid qilamizki, bugungi anjumanimiz o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, g‘oyat qizg‘in kechadi va siz bilan kun tartibidagi dolzarb, ayni paytda muhim ahamiyatga molik masalalar yuzasidan samarali tarzda fikr almashib olamiz.

Download 28,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish