Axborot “kim”, nima”, qachon”, degan so’zlar bilan boshlanadigan savollarga javob ko’rinishida ifodalaniladi.
Hozirgi kunda axborot jamiyat hayotini tashkil etishning zaruriy omillaridan biriga aylanib bormoqda.
Binobarin, inson faoliyatining axborot olish va uniqayta ishlash jarayonlari bilan bo’g’liq bo’lmagan biror bir tarmog’I foydalanisiga ruxsati bo’lmagan shaxs tomonidan ushbu qoidalaraning buzilishi tufayli axborotlar yo’qolsa yoki ushbu axborotga yo’l to’silib qo’yilsa u Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 155-moddasiga ko’ra ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
155-modda. Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish Axborot tizimidan foydalanish maqsadida unga ruxsatsiz kirib olishda ifodalangan axborot va axborot tizimlaridan foydalanish qoidalarini buzish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.Axborot tizimlarining ishini buzishga olib kelgan xuddi shunday huquqbuzarlik, xuddi shuningdek kirish cheklangan axborot tizimlarini axborot-hisoblash tarmoqlariga ulash chog‘ida tegishli himoya choralarini ko‘rmaganlik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.Yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulash, bu tarmoqlarga tegishli himoya choralarini ko‘rmasdan ulanish, xuddi shuningdek ulardan ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda olish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.O‘zganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturi yoki ma’lumotlar bazasini o‘z nomidan chiqarish yoxud qonunga xilof ravishda undan nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur jinoyatning obyekti fuqarolarning xat-yozishmalari, telefondagin so’lashuvlarva ijtimoy tarmoqlardagi xabarlar kiradi.
Fuqarolarning xat-yozishmalari, telefondagi suhbatlari va boshqa turdagi axborotlarning sir tutilishini buzush jinoiy javobgarlikka olib keladi.