Axmedova Maqsudaning " O’zbek adabiyoti tarixi"



Download 152,5 Kb.
bet3/8
Sana20.06.2022
Hajmi152,5 Kb.
#681270
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axmedova Maqsudaning O’zbek adabiyoti tarixi

Tadqiqot usullari. Kurs ishida ilmiy sharh, qiyosiy-tarixiy, tavsiflash, sistemali yondashuv, nazariy va ma’rifiy tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Qasidalarning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, 3 faslni o’z ichiga olgan asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 25 sahifani tashkil etadi.

Qasida va uning tarkibiy tuzilishi
Qadim tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak qanchadan qancha urushlar , qanchadan qancha sulolalar taxtga kelishi , ulug’ kunlar va bayramlar tarixga muhrlangan.
Tarixiy manbalarga qaraganda , urushda qozonilgan g’alabalar , hukmdorlarning taxt tepasiga kelishi munosabati bilan shoir va ijodkorlar “qutlovlar’’ yozishgan , ana o‘sha qutlovlar qasidachilikni yuzaga keltirgan .Qasidachilik arab – fors ijodkorlarining ta’sirida Sharq adabiyotida juda keng tarqala boshladi .
Qasida lirik tur janrlaridan biri bo‘lib , bu so‘z arabchadan o‘zbekchaga og‘irilganda ﻗسيده -maqsad , niyat kabi m’nolarni anglatadi .
Manbalarda qasida haqida gap ketganda , u biror tarixiy shaxs , mashhur davlat arbobi yoki qahramon , muhim tarixiy voqea kabilarga bag‘ishlab yozilgan tantanali uslubdagi asar ekanligi qayd etib o‘tilgan. Shuningdek, tabiat , cholg‘u asboblari , ijtimoiy- falsafiy mavzulardagi qasidalar ham mavjudligi alohida ta’kidlanadi.
Qasidalar xuddi g‘azallarga o‘xshab qofiyalanadi. Hajm jihatidan kattaligi bilan qasidalar g’azallardan farq qiladi va 20 baytdan 200 baytgacha hajmda bo’ladi.
Har bir janirning har bir xalq adabiyotlarida o‘zga xos shakllanish tarixi mavjud .
Qasida arab adabiyotida paydo bo‘lgan , arablarga hali islom dini kirib kelmasidan oldin Johiliy davri adabiyotida qasidaning ilk namunalari uchraydi. Johriya davri shoirlaridan biri Shanfara (asl ismi Sabit ibn Aus) hisoblanadi. U 6- asrda boshlarida yashagan . Uning “Lom’’ qofiyasida yozilgan , “Qasidai Lomiya’’ asari mavjud bo‘lib, bu asar o‘sha davrdagi ulug‘vor sahro madhiga bag‘ishlangan.
Qasida arab adabiyotidan, Sharq adabiyotiga o‘ta boshlagan , qasida ham turkiy adabiyotga o‘z – o‘zidan kirib kelmagan . Uning ildizlari avvalo turkiy adabiyotning ichki imkoniyatlari asosida paydo bo’lgan .
Mahmud Koshg’ariyning “ Devonu lug‘otit turk” asarida ham “qo‘shug” atamasi “she’r” , “qasida”, “qo‘shiq’’ sifatida ishlatila boshlagan.
Turkan qutun qutunga ,
Tegur mendin qo‘shug‘,
Ayg‘il sizning tabug‘chi ,
O‘tur yangi tabur.5
Malika (shoh) xotinga mendan maqtov , qasida (qo‘shiq) yetkur va xodimimgiz yangi xizmatlaringizga tayyor , deb ayt.6
Bu atama “Qutadg‘u bilig” dostonida ham mavjudligi haqida mutaxassislar alohida e’tirof qilishgan .
Qasidalarning asosiy qismi mohiyatida mashhur kishilarni madh etish yotadi . Madh turkiy adabiyotda ham mavjud bo’lib, uni Urxun Enasoy yodgorliklari matnida ham ko‘rish mumkin.Qadimgi turkiy yodnomalardagi madhlar shaxslarning axloqiy sifatlarini , xizmatlarini madh qilishdan va ideallashtirishdan iborat. Masalan, Kul tigin bitigida madh quydagicha ko’rinishda uchraydi: ... Tangri yarlыqazu , qutыm bar uchun oltachi bodunыg’ tirguru igittim , yalang bodunыg’ tonlыg’, chыg’aniy bodunыg’ bay qiltыm, ыg’ar alligda ( ыg’arqag’anlig’da yag qыltыm , tort bulungdaqi ) bodunыg’ qop baz qыltыm , yag’ыsыz qыltыm, qop manga korti. Mazmuni ...... Tangri yorlaqasin , baxtim bor uchun , nasibam bor uchun o‘layotgan xalqni tiriltirib tarbiyat qildim , yalang‘och xalqni kiyimlik qildim , kambag‘al xalqni boy qildim , oz xalqni ko‘p qildim .Panohtalab davlatlida, xoqonlikda yaxshilik qildim To‘rt jihatdan xalqni butunlay el qildim , bir –biriga do‘st qildim. (hammasi) butunlay menga qaradi.7
Ko‘rinib turibdiki , mazkur parcha xoqonning ideal tavsifi berilgan bo‘lib, tasvir uslubiga ko’ra islom muhitidagi madhning tasviriga hamohangdir..
Qasida dastlab arab adabiyotida vujudga kelgan va o’z rivojlanish bosqichida turli maktablarga, mazmunga ega bo’lgan. Musulmon mintaqa adabiyotida Rudakiy, Nosir Xusrav, Mas’ud Sa’d Salmon., Mujiriddin Baylaqoniy, Abu Nizom Falakiy Shervoniy, Sobir Termiziy, Daqiqiy, Nosir Xusrav, Anvariy, Xoqoniy, Sanoiy, Tufayliy, Unsuriy, Farruhiy, Shayx Sa’diy, Amir Xusrav, Dehlaviy, Sakkokiy, Lutfiy, Sayfi Saroyi, Gadoiy kabilar qasida janrlarini rivojlantirish va takomillashtirishga munosib hissa qo’shdilar. Bu janrning paydo bo’lishi, takomillashuvi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari, formal poetik tomonlari haqida bir qancha olimlarning maqola va tadqiqotlari mavjud.8
Qasida va qasidanavislar haqidagi ma’lumotlarni atroflicha mushohada qilish quyidagi fikr-mulohazalarga kelish imkonini beradi. Bizningcha, qasidachilikni faqatgina madhiyabozlikdan iborat deyish masalaga bir yoqlama qarashday ko‘rinadi. Negaki, qasida muallifning oddiygina hayajoni, ichki kechinmalari, his-tuyg’usi ifodalangan she’r bo’libgina qolmay, balki unda muayyan iste’dod sohibi, ulkan allomaning ziddiyatlardan xoli bo’lmagan tafakkuri, dunyoqarashi, hayot, inson, yashashdan maqsad singari ko’lamdor mavzular atrofidagi mulohaza munosabati, falsafiy-ilohiy, irfoniy, axloqiy, ma’naviy-ta’limiy qarashlari u yoki bu darajada aks etadi. Masalaga yangidan yondashgan har bir tadqiqotchining yuqorida keltirganimiz tasnifotga o’z tahririni kiritishi muqarrar.
Qasidalarni mavzusiga ko’ra quyidagicha tasnif qilingan.[10,72].
1. Madh mazmunidagi qasidalar quyidagilar: madhiya (ulug’ kishilar yokiularning ishlarini madh qiluvchi bag’ishlovlar), faxriya (shoirning ijtimoiy hayotda tutgan o’rnidan faxrlanib, o’zini madh etishi), hamd (diniy-falsafiy mushohada o’nalishidagi ilohiyot madhi), na’t (Muhammad payg’ambarga bag’ishlangan diniy mazmundagi an’anaviy madhiyalar).
2. Munojot (Olloh va payg’ambarga bag’ishlab yozilgan diniy mazmundagi iltijo ohangidagi qasidalar).
3. Falsafiy qasidalar (siyosiy-ijtimoiy va falsafiy-tarbiyaviy yo’nalishdagi so’fiyona mazmunga ega bo’lgan qasidalar).
4. Tavsifiy qasidalar mazmuniga ko’ra quyidagicha turlarga bo’linadi: bahoriya (bahor mavsumi, tabiat manzarasining tavsifi); holiya (shoir o’z ahvolining bayoni), ishqiya (muhabbat mazmunida), xamriya (may haqida).
5. Marsiya (biror shaxsning vafoti munosabati bilan yozilgan motam
mazmunidagi qasidalar).
6. Masnu’ qasidalar (E.E.Bertelsning tasnifiga ko’ra ―iskussnie ―san’atlangan
qasidalar).9
7.Hajviya (tanqidiy mazmundagi qasidalar).
Qasidaga xos bo’lgan an’anaviy unsurlarga har bir so’z san’atkorining ijodiy yondashgani, unga o’zicha sayqal bergani shak -shubhadan xolidir. Mazkur fikr ―Sittai zaruriya va uning muallifiga ham tegishlidir. Alisher Navoiyning she’riy asarlari ulug‘ shoirning o‘z e’tirofiga ko‘ra, chinakam ma’nolar xazinasidir. Shoir durdonalarida majoziy va ilohiy ishq, falsafiy va ijtimoiy mazmun, madh va o‘zini Ollohning mislsiz qudrati oldida faqr, notavon deb bilish kabi xilma-xil jilolar doimo qorishiq holda keladi. Shuning uchun shoir asarlariga hech qachon bir tomonlama qaramasligimiz, ularni bir nuqtada turib baholamasligimiz joiz. O`zbek mumtoz adabiyotining bobokaloni Mir Alisher Navoiy fors tilida ham so`z dodini bergan mumtoz san`atkor edi. Ikki tilda barobar ijod qilib, senazir san`at ko`rsatish va Abdurahmon Jomiy
singari ustozlar tahsiniga sazovor bo`lish Navoiy nomini yana ham mahbub va ulug`vor qilgan edi.
Qasida arabcha “qasd” so`zidan olingan bo`lib, maqsad, niyat, biror joy, narsa yo maqsadga qasd qilish degan ma‟noni anglatadi. Adabiy termin sifatida esa lirik turga mansub she‘riy janrlardan birini bildiradi. Qasida hajman chegaralanmagan bo`lib, 15-20 baytdan 100 va undan ham ortiqroq baytga ega bo`lishi mumkin. U tematik jihatdan ham g`oyat keng qamrovga egа.10
“Qo`shiq” termini Yusuf Xos Hojibning asarida ham uchraydi:
Bu turkcha qo`shiqlar tuzattim senga,
O‘qurda unutma, dua qil menga.
Senga bu turkcha qo`shiqlarni tartib berdim,
O‘qirda unutma, mening haqimga duo qil.
Shoir “qo`shiqla” deganda umuman she’riyatni, deyarli hamma she‟riy shakllarni nazarda tutganga o`xshaydi. Asarda “she’r”, “bayt” terminlari ham bor, biroq “qasida” termini qo`llangan emas. Shunga qaramay, asarda uchta qasida mavjud bo`lib, ularning barchasida ham qasidaning asosiy va oxirgi qismlarida an’anaga rioya qilinadi. Boshqa kompozitsion qismlarda an‟anaviylikdan chekiniladi.Shoir qasidalarining birortasida ham tashbib (nasib) yo`q, ya’ni qasidai mujarradir.11
“Qutadg‘u bilig” asar qasidalaridagi kompozitsion o`ziga xoslik va uning obrazlar sistemasiga diqqat qilish shuni ko‘rsatadiki, shoir qasidalariga fors tojik va qisman arab adabiyotining ta’siri kuchli bo`lgan, biroq, u turkiy tilli xalqlar folkloridan hamda badiiyati an’analaridan puxta oziqlangandir.
Mazkur qasidaning kompozitsion va goyaviy-badiiy xususiyatlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, u fors-tojik adabiyotida, xususan, X-X1 asrlarda yaratilgan qasidalarga juda yaqin turadi. Qasida nasibida qushlar nomini keltirish, ularni sanash an ‘anaviy xarakterga ega.12
Qasida nasibidagi tabiat tasvirining berilishi ham an‟anviy talablar natijasidir. Arab klassik she’riyatini tadqiq qilgan B.Y.Shidfar qasida janri haqida fikr yuritib shunday yozgan: ”Qadimgi arab poeziyasida peyzaj hamda u bilan bir butunlikni tashkil qiluvchi hamda u bilan birga qasidaning o„rta, markaziy qismining tarkibiy bo‘lagi sifatida keluvchi sahro hayvonot olamining tasviri katta rol o‘ynaydi”. Shuningdek, IX-X asrlar fors-tojik qasidanavislari ham qasidada tabiat tasviriga alohida ahamiyat berishgan.


Download 152,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish