Axrolov Rustamjonning "iqtisodiyot nazariyasi"


Iqtisodiy katеgoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va rеal hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha



Download 16,48 Kb.
bet2/3
Sana15.11.2022
Hajmi16,48 Kb.
#866277
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiyot ma\'ruza

Iqtisodiy katеgoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va rеal hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Iqtisodiy katеgoriya (ilmiy tushuncha)lar alohida kishilar tomonidan o’ylab topilmagan, balki rеal iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, krеdit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy katеgoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo’g’inlari, sohalari, bo’laklari orasidagi bog’liqlikni, ularning biri o’zgarsa, albatta ikkinchisi ham o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi. Iqtisodiy katеgoriya (ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab dеgan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o’rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va katеgoriyalar bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.




  1. Iqtisodiyotga oid bilimlarni shakllanilishi va rivojlanishi.

Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo muttafakkirlari qarashlarida ham uchraydi. Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (bizning eramizgacha IV-III asr) ijtimoiy mehnat taqsimoti, xukmronlik va qaramlik munosabatlari mavjud bo‘lishi qayd qilingan.
Qadimgi Xitoy mutafakkirlari xususan Konfutsiy (bizning eramizgacha 551-479
y.y.) asarlarida aqliy va jismoniy mehnatning farqlari ko‘rsatiladi, bunda birinchisi
jamiyat ―yuqori‖ qatlamlari, ikkinchisi asosiy qismi qullardan iborat bo‘lgan
«oddiy kishilar» ga tegishli bo‘lishi qo‘rsatilgan.
Iqtisodiy qarashlarning yanada rivojlanishiga qadimgi Gretsiya mutafakkirlari
munosib hissa qo‘shgan, Ksenofont (430-354 y.y.,), Platon (427-347 y.y. e.o),
Aristotel (384-322 y.y. e.o.) qarashlarini hozirgi zamon iqtisodiy fanining boshlang‘ich nazariy nuqtasi sifatida tavsiflash mumkin. Bu ularning xo‘jalik
ne‘matlari asosi hisoblangan naflilik to‘g‘risidagi, ne‘matlarni to‘g‘ri ayriboshlash,
ekvivalent ayriboshlanishi va boshqa shu kabi qarashlariga tegishli.
Qadimgi Rim mutafakkirlari (S.Katona, Varrona, Kalumella) iqtisodiy
qarashlarida qulchilikning mavjud bo‘lishi asoslanadi, tabiatan barcha kishilar
tengligi qayd qilinadi, adolatli narx printsiplari, mehnat mahsulotlarini ijtimoiy
baholash, mulkchilik tushunchasi, boylik va boshqa shu kabilarga o‘z fikrlarini
bayon qilinadi.
Aristotel birinchilardan bo‘lib tovarning xususiyatini ko‘rsatib, ayriboshlash
nisbatini asoslaydi, pulning kelib chiqishi va vazifalariga o‘zining qarashlarini
bayon qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fani ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda dastlab«siyosiyiqtisod»nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politiko»–ijtimoiy, «oykos»-
uy xo‘jaligi, «nomos»–qonun, ya‘ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari degan
ma‘noni bildiradi. Bu «iqtisod» tushunchasiga yaqin bo‘lib u ilmiy bilishning aniq
sohasini va yaxlit iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Frantsuz iqtisodchisi Antuan
de Monkreten birinchi marta «Siyosiy iqtisod traktati» (1615 y.) nomli asarida, bu
fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.
Iqtisodiyotga oid bilimlarni rivojlanishi. XIX asrning 70-yillaridan boshlab «siyosiy iqtisod» «iqtisod» fani sifatida talqin qilinib, iqtisodiyot nazariyasida yangi yo‘nalish «ekonomiks» (inglizcha ―ekonomiks‖ – iqtisod, xo‘jalik hayoti, iqtisodiy fan) shakllandi.
Bu davrdagi yangi iqtisodiy kontseptsiyalar qiymatning mehnat
nazariyasini inkor qilib diqqat markaziga bir qator umumiy printsiplarni qo‘yadi.
Bular: iqtisodiy ne‘matlar nafliligi uning pasayib borish iqtisodiy muvozanatlik
qoidalari va boshqalar.
XIX asrning ikkinchi yarmidan «marjinalizm» deb atalgan oqim vujudga kelib
(frantsuzcha so‘zidan olingan bo‘lib, «keyingi, qo‘shilgan», degan ma‘noni
beradi) uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari Karl
Menger (1840-1921), Fridrix fon Vizer (1851-1926), Bem Bavrek (1851-1914)
hamda ingliz iqtisodchisi Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) tomonidan keyingi
qo‘shilgan tovar nafliligining, mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi,
qonunlari mazmuni ochib berildi. Bu oqim iqtisod fanida yangi yo‘nalish
neoklassik, ya‘ni yangi klassik deb nom oldi. Mazkur nazariyaning yirik
namoyandalaridan biri A.Marshall iqtisodiy jarayonlarning uzviy bog‘lanishi va
uning nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qiladi, bozor muvozanati va narxni
aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaraydi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri Shveytsariya iqtisodchisi Leon Valras (1834-1910)
umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qiladi.
Neoklassiklar o‘zlarini A.Smit va boshqa liberal iqtisodchilarning izdoshlari
hisoblab iqtisodiy erkinlik va davlatning bozor mexanizmiga aralashmaslik
printsiplarini qo‘llab chiqadi. Ularning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor
iqtisodiyoti muvozanatlikni o‘z-o‘zicha tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga
layoqatli, davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun shart-sharoit yaratishi zarur.
Neoklassik oqim tarafdorlari shaxsiy manfaatga asoslangan bozor iqtisodiyoti
alohida sub‘ektlari hatti-harakatiga e‘tibor qaratadi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi E.Shumpeter «Iqtisodiy
taraqqiyot nazariyasi» (1912 yil) deb nomlangan kitobida iqtisodiy tizimlar
o‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini ko‘rsatishga harakat
qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan
xulosaga keladi.
Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1883-1946) o‘zining «Bandlik, foiz
va pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) nomli kitobida makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste‘mol va jamg‘arishning
o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste‘mol nisbatlarining eng
maqsadga muvofiq tarzda qaror topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb
ko‘rsatadi. Keyns ta‘limoti ta‘sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga
qo‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini
asoslaydi.

Download 16,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish