Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007



Download 2,99 Mb.
bet14/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

Qayta aloqa tushunchasi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, markaziy nutq apparati tomonidan keladigan nerv impulьslari periferik nutq apparati a’zolarini harakatga keltiradi, lekin shu bilan birgalikda qayta aloqa ham mavjud. U qanday amalga oshiriladi? Bu aloqa ikki yo‘nalishda: kinestetik va eshituv yo‘li orqali o‘z funksiyasini bajaradi.
Nutq aktini to‘g‘ri amalga oshirishda uni nazorat qilish zarur. Bu nazorat eshitish va kinestetik sezish orqali amalga oshiriladi.
Bunda nutq a’zolarining bosh miya po‘stlog‘iga keluvchi kinestetik sezgilar asosiy rolь o‘ynaydi. Aynan kinestetik nazorat qilish xatolarni bartaraf etishga va tovush talaffuziga qadar tuzatishlar kiritish imkoniyatiga ega.
Eshituv nazorati esa faqat tovush talaffuzi vaqtida amalga oshiriladi. Eshituv nazorati orqali inson o‘z talaffuzidagi kamchiliklarni sezadi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun artikulyatsiyani to‘g‘rilash va uni nazorat qilish kerak.
Qaytish impulьslari nutq organlaridan nutq organlarining qay holatida xato
(kamchilik) sodir bo‘lganligini nazorat qiluvchi markazga boradi. So‘ng markazdan aniq artikulyatsiyani hosil qiluvchi impulьslarni yuboradi. Shundan so‘ng yana hosil qilingan natija haqida impulьs sodir bo‘ladi. Eshituv nazorati artikulyatsiya bilan kelishmagunga qadar bu davom etaveradi. Qayta aloqa xuddi doira bo‘yicha o‘z funksiyasini bajaradi deyish mumkin. Bunda impulьslar markazdan periferiyaga va periferiyadan markazga tomon intilishda davom etadilar.
Shunday qilib, qayta aloqa amalga oshiriladi va ikkinchi signal tizimi shakllanadi. Qayta aloqa tizimi nutq organlari ishining avtomatik boshqariluvini ta’minlaydi.
Bolalar nutqining rivojlanishida ko‘rish va eshitishning roli Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi shakllari paydo bo‘ladi.
“Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, – deb yozgan edi I.P. Pavlov, – odam fazasiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qo‘shimcha qo‘shildi”1. Bu qo‘shimcha odamda nutq paydo bo‘lishi va yangi signal tizimi vujudga kelishidan iborat bo‘ldi. Organik dunyo taraqqiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi, faqat odamga xos bo‘lgan ikkinchi signal tizimi qaror topdi.
“Bo‘lg‘usi odamda, – deb yozadi I.P. Pavlov, – ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signallari – talaffuz etiladigan, eshitiladigan va ko‘riladigan so‘zlar ko‘rinishida paydo bo‘lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga yetdi”2.
Bolaning nutqi rivojlanayotgan ikkinchi signal tizimining birinchi signal tizimi tomonidan doimo aniq impulьslar bilan qo‘llab-quvvatlangandagina to‘g‘ri shakllanadi. Birinchi signal tizimi sezgi hosil qiluvchi signallarga ega. Nutqning to‘g‘ri rivojlanishi uchun bola normal eshitadigan bo‘lishi muximdir.
Eshitish organi bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ishga tushadi. 1. Hayotining ikkinchi haftasiga kelib, bolaning ovozga quloq solayotganini kuzatish mumkinki, bu eshituv analizatorining funksional jihatdan yetarlicha yetukligi hamda markaziy nerv tizimida eshituv dominantasi paydo bo‘la olishini ko‘rsatadi. 1. Hayotining 2oyiga kelib bola sifat jihatdan har xil tovushlarni ajrata boshlaydi. 3-oydan boshlab ovoz kelgan tomonga qarash odati paydo bo‘ladi, bola 3 – 4 oylik bo‘lib qolganda tovushlarning tonini ajrata boshlaydi.
Bolalarda nutqning eshitish bo‘sag‘asi yosh ulg‘aygan sari o‘zgarib boradi, 6,5 – 9,5 yashar bolalarda nutqni eshitish bo‘sag‘asi katta yoshli bolalardagiga qaraganda yuqori bo‘ladi.
Nutqning rivojlanib borishida bolalarning kattalar bilan aloqa bog‘lab, suhbatlashishi katta ahamiyatga ega. Bu esa bolaning eshitib eslab qolish qobiliyati va lug‘at boyligini boyib borishiga yordam beradi.
Shunday qilib, bola o‘zining artikulyatsion apparat faoliyatini eshituv analizatoridan kelayotgan signallarga bo‘ysundirish malakasini egallab boradi. Eshituv yordamida bola atrofdagilarning nutqini idrok etadi, unga taqlid qiladi va o‘z talaffuzini nazorat qiladi.
L.V. Neyman va V.I. Belьtyukovlarning olib borgan tekshirishlarining ko‘rsatishicha, eshituvning oz pasayishida ham (20-25 Dbdan ko‘p bo‘lmagan) ayrim tovushlarni idrok qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Eshitishning bunday pasayishi nutq rivojlangunga qadar yoki eng ilk rivojlanish davrida yuzaga kelsa, odatda, nutqning umumiy rivojlanmaganligiga olib keladi. Tovushlar talaffuzida buzilishlar bo‘lar ekan, lug‘at boyligi va grammatik tizim ham yetarli darajada rivojlanmaydi.
Tug‘ma kar tug‘ilgan bolalarda atrofdagilar nutqiga taqlid qilish rivojlanmaydi. Gugulash ularda normal eshitishga ega bo‘lgan tengdoshlaridagidek paydo bo‘ladi. Lekin u eshituv idroki tomonidan mustahkamlanmaganligi sababli asta-sekin so‘nib boradi. Bu holatlarda maxsus pedagogik ta’sirsiz bolalarda nutq rivojlanmaydi. Ilk yoshlik paytida bola tovush, bo‘g‘in va atrofdagilarning so‘zlarini noaniq buzilgan holda idrok etadi. SHu sababli bolalar bir fonemani ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar, nutqni yomon tushunadilar. Juda ko‘p hollarda bolalar o‘zlarining noto‘g‘ri talaffuzlarini sezmaydilar. Natijada u odat tusiga kirib, turg‘un bo‘lib qoladi. Keyinchalik bu holat qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi.
Fonematik idrok asta-sekin, talaffuzning shakllanishi bilan parallel ravishda rivojlanadi. Odatda, bola 4 yoshga yetganda o‘z ona tilidagi barcha fonemalarni eshitish orqali ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Ko‘rish ham bola nutqining rivojlanishida muhim rolь o‘ynaydi. Nutqning paydo bo‘lishi va uning idrok qilinishida ko‘rish analizatorlarining muhim rolь o‘ynashi, tug‘ma ko‘r bolalarning kech gapira boshlaganligi bilan tasdiqlanadi. Ko‘radigan bola gapirayotganlarning til va lab harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatadi, ularni qaytarishga harakat qiladi. Odatdagi artikulyatsion harakatlarni yaxshi taqlid qiladi.
Bolaning rivojlanishi jarayonida ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar o‘rtasida shartli aloqalar tizimi yuzaga keladi va u takrorlanib turuvchi aloqalar bilan doimo rivojlanib, mustahkamlanib boradi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish