Azotning tabiatda aylanishi



Download 36 Kb.
Sana07.12.2022
Hajmi36 Kb.
#880295
Bog'liq
Azotning tabiatda aylanishi


AZOT ELEMENTLARINING TABIATDA AYLANISHI.
Nitratlarning xalq xo‘jaligida ishlatilishi. Nitrat kislotani olinishi va ishlab chiqarish asosidagi kimyoviy reaksiyalar.
Fosfor tabiatda uchrashi, olinishi, fizik hossalari, allatropiyasi. Kimyoviy xossalari.
Fosforning vodorodli, galogenli birikmalari. Fosfor (V)–oksid. Metafosfat, ortofosfat, pirofosfat kislotalar. Ortofosfat kislotaning xossalari. Fosfatlar, gidrofosfatlar va digidrofosfatlar. Fosfor birikmalarini halq ho‘jaligida ishlatilishi.
O‘g‘itlar. O‘g‘itlar klassifikatsiyasi. Azotli. Fosforli. Kaliyli o‘g‘itlar. Murakkab o‘g‘itlar: ammofos. O‘g‘itlarni tabiiy manbalari, o‘g‘itlarni ishlab chiqarishdagi eng muhim kimyoviy jarayonlar. Xom ashyo.
Nitratlashuv (lot. nitrum — azot va facio — bajaraman), nitrifikatsiya — ammoniy tuzlarining mikrobiologik yoʻl bilan nitratlarga aylanish jarayoni. Nitratlar oʻsimliklarning azot bilan ozikdanishidagi asosiy shakldir. Bu jarayon tuproq va suv havzalarida kechadi. Azotning tabiatda doiraviy aylanishi uchun muhim ahamiyatga ega. N.da ammoniylashuv jarayonida boshlangan azotli organik birikmalarning minerallashuvi nihoyasiga yetadi. N. nitratlashtiruvchi bakteriyalar taʼsirida roʻy beradi. N. jarayoni 2 bosqichdan iborat. N. jarayoni faqat suvda eruvchan organik moddalarning boʻlishiga bogʻliq. N. jarayoniga aeratsiya, tuproqning kimyoviy tarkibi va reaksiyasi (muhi-ti), harorati katta taʼsir koʻrsatadi. Nitrifikatorlarning rivojlanishi uchun tuprok, reaksiyasi rN 5—8 boʻlgani maʼqul. Tuproq nami moʻʼtadil (umumiy suv sigʻimining 40—70% i miq-dorida), muhiti yaxshi (neytral yoki kuchsiz ishqoriy), t-rasi 28 — 30° boʻlib, shoʻrlanmagan boʻladi. N. jarayoni shunday tez kechadiki, hatto tuproqdagi minerallashgan azotning asosiy qismi nitrat shaklida qoladi. Bunda nitrat kislota oʻsimlikni faqat azot bilan taʼminlab qolmasdan, balki qi-yin eriydigan mineral tuzlar (kalsiy fosfat)ni oson eriydigan holatga oʻtkazishga va oʻzlashtiruvchanligini oshirishga katta taʼsir qiladi. Lekin nitratlar oʻzining yaxshi eruvchanligi tufayli tuproqning pastki qatlamlariga tushib va yuvilib ketadi. Yetarli aeratsiya boʻlmaganda ular yana denitratlashtiruvchi bakteriyalar yordamida molekulyar azotgacha qaytarilishi mumkin, bu esa tuprok, azotining sezilarli darajada yoʻqolishiga olib keladi (q. Denitrifikatsiya). Jadal N.da azot yoʻqolishini kamaytirish uchun tup-roqqa organik oʻgʻitlar solish kerak. [1]
Atmosferada azot denitrifikatsiya jaryonida (nitrat va nitritlarning molekulyarli azotgacha biokimyoviy qayta tiklanishi), vulkon gazlari va sanoat chiqindilaridan (tutun, chiqindi gazlar) paydo bo’ladi. Denetrifikatsiya asosan, Psendomonus and Micrococcus mikrooorganizmlar turi orqali amalga oshiriladi.

Havodan azotni o’zlashtirish azotfiksatsiya jaryonida, bakteriyalar va suv o’tlari orqali (ko’k-yashil o’simliklar), atmosferada foto – va elektrofikatsiya (m: momaqaldiroq) va sanoatda ammiakini sintezlashda sodir bo’ladi.

Azotfikatsiya azotbakteriya deb nomlangan hayot faoliyatida amalga oshadi. Ba‘zi bir bakteriyalar o’simliklar ildiziga joylashib tavsif-li tugunchalar hosil qilganligi uchun klub bakteriyalar nomini olgan.

Azot birikmalarining o’simlik uchun foydalanish imkoniyati bor bo’lgan qismi oqsilning parchalanishidan hosil bo’ladi. Bu jarayon bir qancha bosqichlardan iborat. Birinchi bosqichda, mikroorganizmlar ishlab chiqadigan proteaz fermentlari ta‘sirida, oqsillar aminokislotagacha parchalanadi. Ikkinchi bosqichda, bakteriyalar ta‘siri ostida, aktinomitset va aminokislota qo’ziqorini parchalanishida ammiak hosil qiladi. Shuning uchun ushbu bosqich ammonifikatsiya deb nomlanadi.

Ammonikatsiyada boshqa moddalar ham hosil bo’lib, ularning ko’pchilligi yoqimsiz hidga (sulfid kislotasi, indol, markaptan) ega bo’ladi, shuning uchun oksillarning parchalanishi ko’pincha chirish deb ataladi.

Ajralib chiqqan ammiak ko’pincha o’simliklarni oziqlantirish uchun foydalaniladi, qolgan qismi bakteriyalar yordamida kislorod ishtirokida avval azotli kislotaga (yoki nitritlarga) keyin esa azotgacha (yoki nitratgacha) oksidlanadi. Bu bosqichda azotga aylanish nitrifikatsiya deb ataladi. Netrifikatsiya reaktsiyasida energiya ajralib chiqadi va undan bakteriyalar o’zining hayot faoliyatida foydalanadi, ya‘ni ular xemoavtotroflardir. Nitrifikatsiyada nitrit va nitratlarning hosil bo’lishi anaerob sharoitida kislorodning potentsial manbai hisoblanadi.



BMT huzuridagi YuNYeSKO FAO (Oziq-ovqat va qishlok xo’jaligi tashkiloti) ma‘lumotlari va boshqa manbalar bo’yicha, hozirgi vaqtda biosferada azotning yillik muvozanati barqaror (umumiysi 92 ·106 t., xuddi shunday biologik fiksatsiya 54·106 t., industrial fiksatsiya 30·106 t., sarf bo’lishi 83(106 t., koldig’i 9(106 t.) xisoblanadi. Biroq, bir qancha holatlarda tabiiy denitrifikatsiya zahirasi (azotning umumiy muvozanatidan 20-25%) su v havzalari va to’proqlardagi ortiqcha nitrat va ammiaklarni tuzatolmaydi, natijada ularni ifloslanishiga va oqibatda inson va hayvonlarni og’ir kasalliklarga olib keladi.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish