B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Fakultet 
(nem. “fakultät”, lot. “facultas” – imkoniyat, layoqat) – OTMning bir 
yoki  bir  necha  turdosh  yo’nalishlarda  talabalar,  katta  ilmiy  xodim-izlanuvchilarni 
kasbiy  jihatdan  tayyorlovchi,  mutaxassislarning  kasbiy  malakasini  oshiruvchi, 
shuningdek, kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlikni olib boruvchi  o’quv-


 
63 
ilmiy va ma’muriy tarkibiy bo’linmasi.    
O’quv  muassasalarining  fakultetlarga  bo’linishi  o’rta  asrlarda  joriy  qilingan. 
O’rta asrlarda aksariyat universitetlar odatda to’rtta fakultetdan tarkib topgan. Ular: 1. 
Tibbiyot  fakulteti.  2.  Huquqshunoslik  fakulteti.  3.  Teologik  (diniy  bilimlar 
beriladigan)  fakultet.  4.  San’at  fakulteti  (mazkur  fakultet  umumiy  ta’lim  beruvchi 
bo’linma bo’lib, unda yetti erkin san’at va falsafa bo’yicha bilimlar berilgan. Ushbu 
fakultetda  o’qish  ta’limning  birinchi  bosqichi  sanalgan.  Mazkur  fakultetni 
tamomlagan talaba yuqorida ko’rsatilgan qolgan uchta fakultetdan birida ta’lim olish 
imkoniyatiga  ega  bo’lgan.  XVI  asrda,  ya’ni  islohotlar  davrida  Germaniyada  san’at 
fakulteti  falsafa  fakultetiga  o’zgartirildi.  XVIII-XIX  asrlarda  ilm-fan  va  texnika 
sohalarining rivojlanishi bilan birga universitetlarda fakultetlarning soni oshib bordi. 
Umumiy ta’lim beruvchi falsafa fakultetining o’zi tabiiy-ilmiy va gumanitar fakultet 
kabilarga ajratildi. Tabiiy-ilmiy fakultet fizika-matematika (keyinchali matematika va 
tabiiy  fanlar  (biologiya  va  texnika))  fakulteti,  gumanitar  fakultet  –  tarix-falsafa 
fakulteti deb nomlandi. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida fakultetlarga muqobil 
sifatida yangi bo’linmalar shakllandi. Ular bo’limlar deb yuritila boshlandi. 
Zamonaviy  sharoitda  fakultet  ham  o’zining  tarkibiy  tuzilmasiga  ega.  Unga 
rahbarlik  dekan  tomonidan  olib  boriladi.  Fakultet  negizida  o’quv  va  ilmiy-tadqiqot 
ishlarini  olib  boruvchi  kafedralar  mavjud  bo’ladi.  Odatda  kafedralarning  tarkibida 
seksiya  (sho’’ba)lar  ham  faoliyat  yuritadi.  O’quv  ishlarini  to’g’ri  tashkil  etish 
maqsadida  fakultet  tarkibida  turli  bo’limlar  ham  tashkil  etilishi  mumkin.  Bo’limlar 
ixtisoslik,  maxsus  yoki  shakliga  ko’ra  turlicha  bo’ladi.  Zaruriyatga  ko’ra  fakultet 
negizida  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib  borish  uchun  laboratoriya  yoki  ilmiy-tadqiqot 
markazlarining faoliyati ham yo’lga qo’yiladi.   
O’zbekiston  mustaqilligiga  qadar  fakultetlarning  negizida  talabalarga  ta’lim 
berishning  shakliga  ko’ra  kunduzgi,  kechki,  sirtqi  va  tayyorlov  bo’limlari  mavjud 
bo’lgan.  Bugungi  kunda  esa  fakultetlarda  talabalar  faqatgina  kunduzgi  bo’limlarda 
tahsil oladi. Shuningdek, ayni vaqtda  fakultetlar tarkibida kadrlar malakasini oshirish 
yoki  turli  yo’nalishlar  bo’yicha  qayta  tayyorlash  kurslari  ham  tashkil  etilgan.  M: 
Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika  instituti  Pedagogika-psixologiya 
fakulteti negizida ham Psixologik qayta tayyorlash, ham Pedagogik qayta tayyorlash 
kurslari tashkil etilib, unda umumiy o’rta va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilarini har 
ikki soha bo’yicha qayta tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.  

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish