B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vazifalari



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/143
Sana20.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#681445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI (1)

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vazifalari
Ustavga muvofiq, 
JSST Sog‘liqni Saqlash bo‘yicha halqaro faoliyatda boshqaruvchi va 
nazorat qiluvchi organ sifatida faoliyat olib boradi.
JSST 
halqaro 
standartlar, 
nomenklaturalar 
va 
kasalliklar 
klassifikatsiyasini ishlab chiqib, ularni tarqatadi.
Bundan 
tashqari, 
JSST 
tibbiy 
tadqiqotlar 
o‘tkazishni 
tashkillashtiradi, 
milliy 
sog‘liqni 
saqlashni 
mustahkamlashda 
xukumatlarga texnik yordam beradi. JSST sog‘liqni saqlashda halqaro 
konvensiya, bitimlar va qoidalarni qabul qilish va amalga oshirishda 
ko‘maklashadi. 
JSST faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat; 

sog‘liqni saqlash xizmatini mustahkamlash va takomillashtirish; 

yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi
kurash; 

atrof – muhitni muhofazalash; 

ona va bola salomatligini muhofazalash; 

tibbiy kadrlarni tayyorlash; 

sanitar statistika; 

tibbiy – biologik tadqiqotlarni rivojlantirish. 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti strukturasi. 
JSSTining yuqori 
organi bu halqaro Sog‘liqni Saqlash assambleyasi bo‘lib, JSSTga a’zo - 
mamlakatlar vakillaridan tashkil topgan. Har qaysi mamlakatdan 3tadan 
ko‘p bo‘lmagan vakillar tayinlangan, ularning bittasi delegatsiya 
boshlig‘i. Vakillar o‘z mamlakatining sog‘liqni saqlash idora xodimlari 
hisoblanadi. Ular sog‘liqni saqlash doirasida maxsus bilim va yuqori 
malakaga ega bo‘lishlari kerak. Odatda vakillarni maslahatchilar, 
ekspertlar va texnik xodimlar kuzatib boradi. 
Assambleya sessiyasi har yili bo‘ladi. Assambleyalar JSST faoliyat 
yo‘nalishini aniqlaydi, ishlarning yillik va perspektiv rejalarini, byudjet, 
yangi a’zolarni qabul qilish va ovoz berish huquqidan maxrum qilish 
masalalarini qayta ko‘radi va tasdiqlaydi, JSST bosh direktorini 
tayinlaydi, boshqa tashkilotlar bilan xamkorlik masalalarini ko‘rib 
chiqadi, sanitar va karantin talablarni belgilab, zararsizlik, halqaro 
savdoga aloqador farmatsevtik va biologik mahsulotlar kuchi va tozaligi 
standartlar va qoidalarini ishlab chiqadi. Bundan tashqari JSST 
Assambleyasi sog‘liqni saqlash masalalari buyicha BMT havfsizlik 


14 
kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash va Bosh Assambleya 
tavsiyalarini ko‘rib chiqib, shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadida 
JSST qabul qilgan choralar haqida ularga dokladlar taqdim etiladi. 
Assambleya sessiyasi oralig‘i JSST yuqori organi ijroiya qo‘mita 
hisoblanadi. Ijroiya qo‘mita 32 a’zo - davlatlar vakillaridan tashkil 
topgan, ular 3 yilda bir marotaba saylanadi. Har yili uning tarkibi 1\3 
yangilanib turadi. Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Buyuk britaniya, 
Fransiya va Xitoy vakillari doimo qayta saylanadi, ammo 3 yilda 1 
yillik tanafus bilan. 
Ijroiya qo‘mita tashkilot byudjeti va dasturini, JSST faoliyati bilan 
bog‘liq ma’muriy va yuridik masalalarni ko‘rib chiqadi, qo‘mita, 
ekspertlar, tadqiqotchi guruh ma’ruzalari eshitiladi, Assambleya 
qarorlarini hayotga tadbiq etadi va uning uchun tavsiyalar tayyorlaydi. 
Ijroiya qo‘mita favqulotda holatlarda (epidemiya yuzaga kelganda, 
falokat yuz berganda va b.) keskin choralar qabul qilish huquqi berilgan.
JSST markaziy ma’muriy organi – bu Sekretariat, uni bosh direktor 
boshqaradi. Ijroiya qo‘mita taqdimoti buyicha, Assambleya tomonidan 5 
yillik muddatga saylanadi. Sekretariat shtab-kvartirasi Jenevada 
joylashgan. Bosh direktor Assambleya va Ijroiya qo‘mita topshiriqlarini 
bajaradi, har yili Assambleyaga tashkilot ishlari haqida hisobotlar 
beradi, Sekretariatdan tashkil topgan apparat faoliyatini boshqaradi, 
moliyaviy hisobot va byudjet smetalarini tayyorlaydi. 
Bosh direktorning 6ta yordamchisi bor. JSSTning umumiy 
xodimlar soni 4 ming kishidan ortiq. JSSTning Sekretariat bo‘limlari 5ta 
guruhga birlashtirilgan: atrof muhit gigienasi bo‘limi va sanitar statistika 
bo‘limi, SS xizmatini mustahkamlash va oila salomatligini 
muhofazalash bo‘limi, SS kadrlar va dori vositalarini rivojlantirish, 
yuqumsiz kasalliklar bo‘limi, ma’muriy raxbarlik va xodimlar bo‘limi, 
byudjet va moliya bo‘limi. Mahalliy sharoitlarni yaxshiroq o‘rganish va 
har bir mamlakatning alohida shu mamlakat uchun SS masalalari 
buyicha ehtiyojlarini hisobga olib unga yordam berish uchun, JSSTda 
6ta regional tashkilot tashkil qilindi. Har bir bunday tashkilot regional 
qumitaga ega, shu mamlakat geografik tumanga kiradigan JSSTga a’zo 
mamlakat vakillaridan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda quyidagi regional 
tashkilotlar mavjud: Kopengagenda (Daniya) – evropa byurosi, 
Brazzavilada (Kongo) – afrika byurosi, Aleksandriyada (ARE) – 
Sharqiy – O’rtadengiz byurosi, Delida (Indiya) – Janubiy – Sharqiy 
Osiyo byurosi, Manilda (Filippin) – Tinch okeanning G‘arbiy qismi 
byurosi, Vashingtonda (AQSH) – Amerika byurosi.


15 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish