B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/301
Sana06.08.2021
Hajmi2,97 Mb.
#139922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

 
Reja: 
 
1. Til qanday paydo bo`lgan? 
2. Tilning paydo bo`lishida biologik va ijtimoiy aspekt. 
3. Tilning paydo bo`lishi haqidagi turli nazariyalar, ularning talqini va ilmiy asosi. 
 
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha: 
Tilning kelib chiqish muammosi, “til~ong~jamiyat” mushtarakligi, avstralopiteklar davri, paleantroplar davri, hozirgi zamon kishilari 
bosqichi,  biologik  aspekt,  ijtimoiy  aspekt,  ovozga  taqlid  nazariyasi,  undov  nazariyasi,  mehnat  qiyqiriqlari  nazariyasi,  imo-ishoralar 
nazariyasi, ijtimoiy kelishuv nazariyasi, dialektik materializm qarashlari, ilmiy farazlar. 
 
  Til qanday paydo bo`lgan, degan savolning javobi qadim zamonlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bu jumboqning yechimi 
juda  murakkab  bo`lib,  uni  inson  nutqining  paydo  bo`lishi  masalasi  bilan  tenglashtirib  bo`lmaydi.  Yuqoridagi  savol  faqat  tilshunoslik 
fanigagina tegishli bo`lib qolmay, bu muammo antropologiya, psixologiya, etnografiya kabi o`nlab fanlarning ham o`rganish obyektidir. 
Hozirgacha yer  yuzida umuman  bashariyatga xos bo`lgan tilning  qachon, qanday paydo bo`lganligi, dastlabki tillardagi so`zlar, uning 
leksik, sintaktik, morfologik, semasiologik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va hal etilishi mumkin ham emas. 
Tilning paydo bo`lishi bilan ayrim aniq tillarning yoki til oilalarining paydo bo`lishi masalalarini aralashtirmaslik lozim.  Hozir yer yuzida 


 

mavjud bo`lgan millat, elatlarga tegishli jonli tillarning, ba‟zi bir o`lik tillarning ham kelib chiqish tarixi o`rganilgan, o`rganilmoqda. Bu u 
qadar qiyin masala emas. Chunki ba‟zi bir muayyan tillar va shi tillarga qardosh bo`lgan tillar turli davrlarda , har xil shart – sharoitlarda, 
bilvosita va bevosita sabablarga ko`ra paydo bo`lgan. 
  “Til~nutq~nutq  sharoiti”  aspektida  olib  borilgan  uzoq  yillik  tadqiqotlar  samarasiga  tayangan  holda  komil  ishonch  bilan  ayta 
olamizki, tilning paydo bo`lishi ong va jamiyatning  paydo bo`lishi bilan, qolaversa, yer yuzida inson zotining paydo bo`lishi bilan uzviy 
bog`liqdir. Ilmiy gepoteza(taxmin)lar odamning paydo bo`lish evolyutsiyasi va jamiyatning shakllanishini uch bosqichga bo`lib ko`rsatadi: 
1. Yuqori  darajada  taraqqiy  etgan  avstralopiteklar  davri.  Bu  bosqichda  ilk  ibtidoiy  odamlar  ikki  oyoqlab  yurishga  o`tib,  tayoq, 
tosh,suyak parchalaridan qurol sifatida foydalanganlar. Bu bizdan ikki – uch million yil oldingi davrga to`g`ri keladi. 
2. Paleantroplar  bosqichi.  Bu  davrda  paleantroplar,  ya‟ni  eng  qadimgi  odamlar  sun‟iy  qurollar,  turar  joy  tayyorlaganlar,  yirik 
hayvonlarni jamoa bo`lib ov qilish bilan shugullanganlar. Bu bizdan taxminan bir million yillar oldingi davrga to`g`ri keladi. 
3. Hozirgi  zamon  kishilari  bosqichi.  Ilmiy  taxminlar  bu  davr  40-50  ming  yillar  oldin  paydo  bo`la  boshlaganligini  ko`rsatadi. 
Chamasi,  bir  million  yillar  avvalgi  eng  qadimgi  odamlar  uzoq  va  murakkab  jarayon  davomida  insonga  xos  biologik  hamda  sotsial 
xususiyatlarga ega bo`la boshlaydilar. Aniq nutq ularga hayvonot dunyosidan ajralish, jamiyat bo`lib uyushish, uyushgan holatda mehnat 
qilish hamda tafakkurning rivojlanishiga turtki bo`ladi. 
Tilning paydo bo`lishi uchun faqat biologik zaminlargina emas, jamiyatning paydo bo`lishi ham nihoyatda zarur edi. Antropologiya 
(odam hamda irqning kelib chiqishini o`rganuvchi fan), arxeologiya (tarixiy dalillar va madaniy  yodgorliklar asosida odamning o`tmish 
tarixini  o`rganuvchi  fan)  fanlarning  uzoq  davrlardan  beri  olib  borayotgan  tekshirishlari,  ilmiy  izlanishlari  natijasida  kishilik  tarixi  ikki 
davrdan    iborat  degan  fikrga  kelingan.  Bular  –  tarixgacha  bo`lgan  davr  va  tarixiy    davr.  Tarixgacha  kishilarning  ibtidoiy  jamoa  bo`lib 
yashashi ya‟ni kishilik jamiyatining shakllanish, tiklanish, uyushish davridir.  
  Ibtidoiy  kishilar  jamoasi  sotsial  -  biologik  organizm  bo`lgan.  Ularda  instinktiv  mehnat  qobiliyati  rivojlangan  bo`lib,  asosan, 
tabiatdagi tayyor narsalardan foydalanganlar. Instinktiv mehnat ong va tilning paydo bo`lishi uchun shart – sharoit yaratgan. Olimlarning 
faraz  qilishicha,  mehnat,  ibtidoiy  mehnat  qurollarini  yasash  inson  tana  a‟zolarini  asta  –  sekin,  juda  uzoq  muddatli  tabiiy  jarayonda 
takomillashtirib, til va tafakkurning rivoj topishida beqiyos rol o`ynagan. Albatta, dastlab paydo bo`lgan til va nutqni bizning tilimizga yoki 
nutqimizga  aslo  tenglashtirib  bo`lmaydi.  Ehtimol,  dastlabki  tilda  har  biri  alohida  narsani,  harakatni  yoki  holatni  bildiradigan  so`zlar 
bo`lmagandir; o`sha davrdagi tilga xos so`zlar butun boshli voqea - hodisani  ifodalagandir. O`sha davrda insonning tovush chiqaradigan 
a‟zolari hozirgidek takomillashmagani uchun nutqda dastlab paydo bo`lgan so`zlarning talaffuzi aniq bo`lmagan. Demak, mehnat qilish, 
mehnat qurollarini yasash jarayonida odamlar jamoasi borgan sari uyushib boradi, natijada kishilik jamiyatining ilk ko`rinishlari vujudga 
keladi.  Hayvonot  dunyosidan  ajralib  chiqqan  odamlarda  jamoa  bo`lib  mehnat  qilish  jarayonida  bir  –  birlariga  nimadir  deyish  ehtiyoji 
tug`iladi. Ana shu zaruriy ehtiyoj tilning yaralishiga sabab bo`ladi. Til  bilan bir paytda tafakkur ham paydo bo`ladi. Demak, uch omil  -
“mehnat~til~tafakkur”  bir  –  biriga  ta‟sir  etib,  ularning  rivoj  topishiga  sabab  bo`lgan.  Ijtimoiy  mehnat  natijasida  nihoyatda  katta  (kuchli) 
zaruriy  ehtiyoj  talabi  bilan  til  nutq  a‟zosi  sifatida  va  miyaning  asta  –  sekin  takomillasha  borishi  biologik  jihatdan  xarakterlansa,  til  va 
tafakkurning paydo bo`lishi, tasavvurning, fikrning nutqda  voqelana olishi ijtimoiylik, ya‟ni kishilik jamiyati bilan uzviy bog`liqdir. 
  Inson  tovush  tili  tufayli  hayvonot  dunyosidan  ajralib  chiqdi.  Tovush  tili  esa  tafakkursiz  mavjud  bo`la  olmaydi.  Ma‟lumki, 
tafakkurda bor narsa tilda aks etadi, tilda bori esa nutqda voqelanadi. Ayni paytda miyada paydo bo`ladigan har qanday oddiy tushuncha 
ham til orqali nutqqa ko`chmas ekan, ya‟ni nutq tovushlari, so`zlar orqali ifodalanmas ekan, bunday tushuncha o`zicha hech kimga, hatto 
fikr qiluvchining o`ziga ham ma‟lum bo`lmaydi. Qisqasi, tilsiz tafakkur, tafakkursiz til mavjud emas.  
Ko`rinadiki,  tilning  paydo  bo`lishi,  bir  tomondan,  kishilik  tanasining  evolyutsiyasi  bilan,  ikkinchi  tomondan,  ibtidoiy  jamoaning 
jamiyatga  aylanishi  bilan  bog`liq  bo`lgan.  Hozirgacha  tilning  paydo  bo`lishi  haqida  turli  nazariyalar  yaratilgan  Har  bir  nazariyada  bu 
masalaga turlicha yondashiladi. Quyida ularning ba‟zilari bilan tanishamiz. 
  Ovozga  taqlid  nazariyasi.  Bu  nazariya  qadimgi  yunon  olimlari  Demokrit  va  Platonlar  davrida  paydo  bo`lib,  XX  asrgacha 
yashab  keldi.  Ovozga  taqlid  nazariyasi  talqiniga  ko`ra,  yer  yuzida  paydo  bo`lgan  dastlabki  odamlar  ongli    ongsiz  ravishda  tevarak-
atrofdagi turli – tuman predmetlarning tovushlariga, chunonchi, yirtqich hayvonlarning o`kirishi,  qushlarning sayrashi, tezoqar suvning 
shildirashi,  shamolning  uvillashi  kabilarga  taqlid  qilish  natijasida  nutq  paydo  bo`lgan.  Masalan,  sharshara,  qarg`a,  kaklik,  chirillamoq, 
shildiramoq, g`urillamoq; rus tilida: шипет,шипение, гавкат, кукушка kabi. Agar tillardagi, jumladan, o`zbek yoki rus tilidagi so`zlar 
faqat  taqlidlardan,  to`g`rirog`i,  tovushga  taqlidlardan  iborat  emasligini  hisobga  oladigan  bo`lsak,  bu  nazariyaning  u  darajada  asosli 
emasligini  sezamiz.  Va  yana  aytish  mumkinki,  tabiatda  tovush  chiqaradigan  predmetlar  soni  tovush  chiqarmaydigan  narsalar  soniga 
qaraganda  kamroq.  Tovushsiz  narsalarning  (tuproq,  tog`,  quyosh,  osmon,  g`or,  qor  kabi)  nomi  qaerdan  paydo  bo`lgan-u,  til  va 
tafakkursiz nutq qanday yuzaga kelgan? XX asrning          90-yillarida – Avstraliya va Janubiy Amerikada topilgan, ibtidoiy formatsiyani 
boshidan kechirayotgan qabilalarda – o`tkazilayotgan tajribalarning ko`rsatishicha, bu tillarda tovushlarga taqlid asosida paydo bo`lgan 
so`zlar  miqdori  nihoyatda  oz.  Bundan  tashqari,  tabiatdagi  tovushlarga  taqlid  qilish  uchun  insonda  nihoyatda    rivojlangan  nutq  organi 
bo`lishi ham zarur. 
  Demak, ovozga taqlid nazariyasi tafakkur va tilning chambarchas bog`liqligini inobatga olmaydi, til va nutqni farqlamaydi, tilning 
paydo bo`lishidagi ijtimoiy zaruratni e‟tibordan chetda qoldiradi. Bu nazariya tilning paydo bo`lishi masalasini hal etmaydi.  

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish