B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/102
Sana01.05.2023
Hajmi1,97 Mb.
#933746
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102
Bog'liq
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

4. Ontogenetik usul. 
Bu usul yordamida o‘simlik organlarining 
(organogenezi) rivojlanishi va shakllanishi, ularning o‘ziga xos taraqqiyoti 
(ontogenezi), to‘qimalar (gistogenezi) o‘rganiladi. SHuningdek S. G. Navashin to-
monidan gulli o‘simliklardagi qo‘shaloq urug‘lanish hodisasi ham ana shu usulda 
o‘rganilgan. 


29 
5. Teratologiya usuli. Bu 
usul bilan o‘simliklarning kamchilik va 
nuqsonlari o‘rganiladi hamda ayrim organlarning kelib chiqishi aniqlanadi. A. B. 
Beketov, A. A. Fedorov va boshqalar gul morfologiyasini o‘rganishda bu usuldan 
foydalanganlar.
6. Eksperimental 
usul. Bu usul o‘simliklardagi ma’lum shakl va 
tuzilishlarining sababini, ularning tabiatini va kelib chiqishini tug‘ri aniqlab, 
tushuntirib beradi. Masalan, suv bug‘lari bilan to‘yingan atmosferada zirk va 
tikandaraxt (gledichiya) degan o‘simliklar o‘stirilsa, zirkning tikoni bargga, 
tikandaraxtning tikani novdaga aylanadi. Bu, tikanning morfologik jihatdan har xil 
manbadan kelib chiqishini ko‘rsatadi. 
7. Evolyusion yoki filogenetik usul. 
Bu usul evolyusion taraqqiyot 
jarayonida o‘simlik guruhlari yoki ayrim turlarning paydo bo‘lishini hamda 
ulardagi morfologik shakl tuzilishidagi organlarning rivojlanish tarixini o‘rganadi. 
Evolyusion va filogenetik usul asosan solishtirma morfologik va fitopoleontologik 
(paleobotanika) izlanishlarga asoslangan holda tekshirish olib boradi va o‘simlik 
ontogenezini tug‘ri tushunishga yordam beradi. YUqorida keltirilgan usullarning 
hammasi ham o‘zicha mustaqil ahamiyatga ega bo‘la olmaydi, albatta. SHu sababli 
har bir usul yuzasidan olingan ma’lumotlar birbiri bilan taqqoslanishi yaxshi natija 
beradi. 
3. O’simlik hujayrasining tuzilishi 
XVI asr oxiri va XVII asrining boshlarida optik asboblar ustasi gollandiyalik 
Gans va Zahariy Yansonlar mikroskop kashf etdilar. 
XVII asrda o‘simlik organizmlarining hujayra tuzilishi aniqlandi. 1665 yili 
ingliz fizigi R. Guk (1636–1703) o‘zi takomillashtirgan mikroskop orqali turli 
narsalarni: po‘kak bo‘lagi, marjon daraxti o‘zagi, ukrop va boshqa o‘simliklarni 
o‘rganib uning natijalarini o‘zining “Ba’zi bir mayda narsalarni tasvirlash” asarida 
bayon etdi. Bu asarda Guk birinchi bo‘lib “Hujayra” atamasini ishlatgan. 
O‘simliklar anatomiyasi haqidagi birinchi asar angliyalik Gryu va italiyalik 
Malpigilar tomonidan yozildi. Gryu o‘z ishlarni “O‘simliklar anatomiyasining 


30 
boshlanishi” (1682). Malpigi esa ikki jildli “O‘simliklar anatomiyasi haqida 
tasavvurlar” (1671) nomli asarlarida chop etdilar. 
1831 yili R. Braun hujayra yadrosini aniqladi va yadro hujayra hayotida 
muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi fikrni olg‘a surdi. 1884 yili rus olimi P.F. 
Goryaninov (1796 - 1856), keyinchalik chex olimi Purkinye va uning shogirdlari 
hujayra ichidagi tiriklik massaga katta ahamiyatberdilar. 1830 yili Purkinye u 
massani 
protoplazma
deb atadi. 1838 yili Shleyden tamonidan piyoz po‘sti 
hujayralaridagi yadrocha aniqlandi. 
I.D. Chistyakov (1874), E. Strasburger (1875) lar yadroning kario-kinetik 
bo‘lishini yoki mitozni, V.I. Belyayev (1892 -1894) reduksion bo‘linish yoki 
meyozni. S.G. Navashin (1898 y.) gulli o‘simliklardagi qo‘sh urug‘lanish kabi 
muhim yangiliklarni ochdilar.
Hujayra haqidagi ta’limotni rivojlantirishning yangi taraqqiyot bosqichi 
asrimizning elliginchi yillariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda elektron mikroskop kashf 
etildi.
Elektron mikroskoplar kashf etilishi bilan birga molekular biologiya, oradan 
20 yil o‘tgach gen injeneriyasi kabi yangi fanlar kelib chiqdi. Bu esa o‘z navbatida 
biotexnologiyani yangi uslub va usullar bilan qurollantirdi, inson ixtiyori bilan 
ba’zi mahsulotlarni tirik organizmlar hayot faoliyatidan foydalanib hosil qilish 
imkoniyati yaratildi. 
Hujayra injeneriyasining yangi uslublarini ishlab chiqish na-tijasida fanning 
ushbu sohasini rivojlantirish va uning natijalarini amalda qo‘llash imkoniyatiga 
ega bo‘lindi. 
O‘simlik hujayrasi tashqi tamondan qobiq bilan o‘ralgan jism bo‘lib, 
qobiqning ichida hujayraning tirik qismi – protoplast joylashgan. Uning asosiy 
tarkibi sitoplazma va mag‘zidir. Hayvon hujayralarida qobiq vazifasini 
sitoplazmaning o‘ziga xos tuzilish va tarkibga ega bo‘lgan tashqi pardasi 
bajaradi.O‘simlik hujayralari esa plastik parda, tashqarisidan nibatan pishiq va 
qalin hujayra qobig‘iga ega. U sitoplazmaning hayot faoliyati natijasida hosil 
bo‘lgan mahsuli hisoblanadi.


31 

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish