B. T. Toshmuhamedov



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/180
Sana18.04.2022
Hajmi6,59 Mb.
#560016
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   180
Bog'liq
Umumiy geologiya. Toshmuxamedov B

izostaziya, 
ya’ni muvozanat holatini tushuntiradi. Yerning magnit 
va elektrik xossalarini o ‘rganish esa geologiya qidirish ishining eng 
muhim usuli bo‘lgan 
magnitometriya 
razvedkasida juda ahamiyat- 
lidir. Qazilma boyliklami qidirishda bu usul ko‘p ishlatiladi.
14


Yerni geofizik jihatdan tekshirishda uning eng chuqur qismini 
tekshiruvchi seysmometrik usuldan foydalaniladi. Bu usul Yer 
qatlamlaridagi seysmik (zilzila) to'lqinlarning tarqalish tezligi, 
yutilish va qaytish qonuniyatlarini, Yerning fizik va kimyoviy 
xususiyatlarini o ‘rganadi.
Shuningdek, geologiyada geokimyoning yutuqlari ham katta 
o ‘rin tutadi. Geokimyoviy tog‘ jinslarini tashkil etgan kimyoviy 
moddalami aniqlaydi, metallogeniya va vulqon otilishi jarayonlarida 
vujudga kelgan kimyoviy elementlarning tarqalish qonuniyatlarini 
o'rganadi.
Geologiyada tarixiy usul. 
Tabiat va jam iyatni o'rganishda 
tarixiy usul dialektikaning eng asosiy jarayonlaridan hisoblanadi. 
Bu usulda har qanday voqea va hodisa tarixiy rivojlanish sharoiti 
asosida o ‘rganiladi. Geologiyada tarixiy usul geologik tushunchalar 
paydo bo‘lgandan keyin, ayniqsa ilmiy geologiya paydo bo ‘lishi 
munosabati bilan qo'llanila boshladi.
Yer sharining qazilma boyliklari bo ‘shliqda tasodifan joylash­
gan emas, balki ular Yer sharidagi kimyoviy m oddalarning fizik- 
kimyoviyjarayoni natijasida paydo bo‘lgan. Mineral va tog‘jinsla­
rining hosil bo‘lishida geologik jarayonlar katta rol o ‘ynagan. Shu- 
ning uchun ham har bir geologik mahsulotni tarixiy geologik vo- 
qealar bilan bog‘lab tekshirilsa, uning asl mohiyati ochib beriladi.
Geologiyada aktualizm usulining roli. 
G eolog Y erning 
tuzilishini o ‘rganganda, avvalo Yer po ‘sti bilan to'qnashadi. 
M a’lumki, Yer po ‘sti turli geologik jarayonlar natijasida hosil 
bo'lgan m inerallar va tog‘ jinslaridan tarkib topgan. Lekin bu 
jarayonlar qachonlardir o ‘tib ketgan. Tog' jinslari esa hozir ham 
hosil bo‘lmoqda. Ularning paydo bo‘lish jarayonlarini sinchiklab 
o'rganish, ko‘l, dengiz va daryo yotqiziqlarini va foydali qazilma- 
larning vujudga kelish qonuniyatlarini tekshirish qadimgi geologik 
davrlardagi geologik jarayonlarni va mineral xomashyolarining 
paydo bo ‘lishini aniqlashda m uhim aham iyat kasb etadi. Bu tek­
shirish usuli geologiyada aktualizm usuli (aktualizm jarayoni) 
deb yuritiladi.
Shunday qilib, aktualizm geologiyada tarixiy usulning bir 
formasidir. Astual — inglizcha hozirgi zamon demakdir: aktualizm
15


«hozirgi zam on o ‘tgan davrning kalitidir» degan ta ’birdan kelib 
chiqadi. Binobarin, aktualizm, ya’ni hozirgi davrda Yer sharida 
yuz beradigan fizik, kimyoviy, geologik jarayonlarni o'rganish 
qadimgi geologik davrdagi tabiiy-geografiк jarayonlarni o ‘rganishga 
yordam beradi.
Aktualizm usulining qo‘llanishi hoziigi zamongeologiyasining 
asosiy qismi bo‘lgan dinamik geologiyaning vujudga kelishiga sabab 
bo‘ldi.
Aziz diyorimiz — ulug‘ Turon Yeri hamma zamonlarda va 
hamisha ham katta iste’dod soxiblariga - ulug‘ siymolaiga boy makon 
bo‘lib kelgan. Bu yurtda Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Abu Rayxon 
Beruniy, al - Farg‘oniy, al - Xorazmiy, Ulug‘bek kabi buyuk fan 
davlat, madaniyat arboblari tug‘ilib o ‘sganlar, ijod qilganlar.
Geologiya fanining rivojlanishida ham 0 ‘zbekiston hududida 
yashab o ‘tgan olimlarning o ‘rni juda katta. 0 ‘rta asrda yashab 
o ‘tgan Abu Ali Ibn Sino (973—1048) «Kitob ul — shifo» asarida 
turli tabiiy ilmlarga oid ko‘p m a’lum otlam i keltirdi. Kitobning 
bir «tabiat» degan bolim i Yer yuzining davrlar o ‘tishi bilan o'zgarib 
borishi, zilzilalar natijasida Yer po ‘sti ko‘tarilib borishi, tog‘ va 
vodiylarni paydo b o lish sharoitlari, tog‘ jinslari va minerallarni 
paydo bo‘lish yoMlari haqidagi nazariyasi, hayvon va o ‘simliklarni 
toshga aylanishi haqida o ‘z fikrlarini bayon etgan. Bulardan 
tashqari Ibn Sino X V III asrga q ad ar foydalanib kelingan 
minerallarning tasnifini ishlab chiqdi.
Abu Rayxon Beruniy (978—1048), bir qator asarlarida, geologik 
jarayonlar, mineral rudalar, Yerning tuzilishi haqida, o ‘zining ajoyib 
fikrlarini bayon etdi. Uning astronomik tizimli xaritasi eski dunyoni 
yaxshi bilganligidan, g‘arb olimlaridan oldin turganligini ko‘rsatadi. 
Beruniy o ‘zining «mineralogiya» asarida minerallar haqida chuqur 
va aniq ilmiy m a’lumotlar bergan. Minerallarni aniqlash va tasnifiga 
ajratishda faqat ularning rangi va tiniqligi emas, balki qattiqligi va 
solishtirma og‘irligidan ham foydalangan. Abu Rayxon Beruniy 
Yer yuzasining har bir qismi o ‘zining uzoq tarixiy taraqqiyotga ega 
ekanligi, dengiz quruqlikka, quruqlik dengizga aylanadi degan 
tog'larni paydo bo'lishi va yo‘q bo‘lib ketishi tabiiy omillar asosida 
yuz berishini talqin etuvchi nazaryalarni yaratdi.
16


XX asrda yashab ijod qilgan o ‘zbek xalqining yirik yershunos 
va m a’danshunos olimlaridan biri X.M. Abdullayev (1912—1962) 
edi. Uning izlanishlari natijasida davlat ahamiyatiga molik yirik- 
yirik konlar topildi. Uning «Olrta Osiyo metallogeniyasi», «Ruda- 
larni intruzivlar bilan genetik bog‘liqligi» kabi monografiyalar Ros- 
siya va chet el olimlari tom onodan yuksak baholandi. X.M. Abdul­
layev Fransiya geologiya va Buyuk Britaniya mineralogiya jam iyat- 
larining haqiqiy a ’zosi edi.
G ‘.0 . Mavlonov gidrogeologiya va m uhandislik geologiyasi 
ham da Seysmalogiya institutlarini tashkil qilgan, birinchi bo‘lib 
Toshkent zilzilasining teng kuchlarga ega b o ‘lgan (izoseysta) 
xaritasini tuzdi. G ‘.0 . Mavlonov zilzilani oldindan aytib berish 
masalasida Yer p o ‘stining tektonik harakatlariga muhandis-geolog 
va gidrogeologiya omillarini ta ’sirini o ‘rganish lozimligini aniqladi. 
Bu omillarni o ‘rganish tektonik zilzilalarda Yer osti suvlarining 
kimyoviy va gaz tarkibini o'rganish zarurligini ko‘rsatdi.
Markaziy Osiyoda metallageniya va petrografiya fanlarining 
rivojlantirilishida I.M. Isamuhamedov, I.X. Hamroboyev, X.N. Boy- 
muhamedov, T.N . Dolimov, I.M . Mirxojayev, «Gidrogeologiya 
va muhandislik geologiyasi» sohasidaA.N. Sultonxo‘jayev, neft va 
gaz geologiyasi sohasida A.R. Xadjayev, Z.S. Ibragimov, P.K. 
Azimov Geotektonika sohasida Ahmedjonov, O.M. Borisovlar katta 
xissa qo‘shganlar.
Quyosh turkum iga 9 ta katta sayyora, bir necha ming kichik 
sayyoralar, asteroidlar, m eteorit va kometalar kiradi.
Quyosh turkum i diametri 12 mlrd km bo ‘lib, yorug‘lik nuri 
uni 11 soatda kesib o ‘tadi.
Butun osmonni belbog1 kabi o ‘raydigan, yorug‘ tasm a-Som on 
yo‘lidagi yulduzlar bizning yulduz sistemamiz — galaktikamizning 
asosiy qismini tashkil etishi asta-sekin aniqlanib borildi.
Somon yo‘li — osm onda bizga ko‘rinadigan yulduzlardan 
tashkil topgan yorug‘-yorug‘ halqa bo ‘lib, bizning G alaktikam iz 
esa yulduzlarning gigant orolidi] 
a barcha yulduzlarning

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish