Badiiy detal va badiiy tasvir



Download 27,17 Kb.
bet1/2
Sana27.05.2022
Hajmi27,17 Kb.
#611110
  1   2
Bog'liq
Гафурова Дилобар 1-курс


BADIIY DETAL VA BADIIY TASVIR
Gafurova Dilobar G’ayrataliyevna
Farg’ona davlat universtiteti
1-bosqich magistiri
Annotatsiya
Ushbu maqolada badiiy detalning asar mazmunini ochib berishdagi ahamiyati, bajaradigan vazifasi hamda badiiy tasvir vositalari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar: badiiy detal, badiiy tasvir, milliy xarakter, portret, peyzaj
Annotation
This article discusses the importance of artistic detail in revealing the content of the work, its function and the means of artistic representation.
Key words: artistic detail, artistic image, national character, portrait, landscape
Adabiyot hayotning ko‘zgudagi aksi. U kishiga ma‘naviy zavq beribgina qolmay, inson ruhiyatini tubdan o‘zgartirib yuborishga qodir bo‘lgan ko‘zga ko‘rinmas, ammo buyuk kuchdir. Adabiyot insonni o‘ziga sezdirmay tarbiyalaydi, his-tuyg‘ularini teranlashtiradi, estetik didini oshiradi. Adabiyotning quroli so‘zdir. Yozuvchi ularni mahorat bilan o‘rnida qo‘llab mukammal asarlarni yarata oladi. Demak, adabiyot yozuvchini ilhomlantiradi, unga bisotidan turli iboralarni, jumlalarni tortiq qiladi, evaziga adib o‘zining nodir asari bilan adabiyot hazinasini boyitadi.
Ammo badiiy asarning o‘quvchiga ta‘siri, albatta, yozuvchining iste‘dodiga bog‘liq bo‘ladi. Agar yozuvchi o‘z asarida olg‘a surgan ma‘lum fikrni sodda va samimiy, shu bilan birga aniq va ta‘sirli qilib yetkazib bera olsagina, asar kishi qalbiga yetib boradi. Ijodkor asarini, avvalo, yuragidan o‘tkazishi lozim. Mashhur adibimiz O‘tkir Hoshimov suhbatlaridan birida har bir asar dardning mahsuli bo‘lishini aytgan edilar. Mana shu dardni asarda aks ettirish uchun muallif badiiy detallardan unumli foydalanadi.
Badiiy asarning mazmun-mohiyatini, undagi qahramonlarning tashqi qiyofasidan tortib, ichki kechinmalari, o‘y –hayollarigacha chizib beradigan asosiy komponent badiiy detaldir. Badiy detal vositasida muallif butun borliqni, shamolni, yomg‘irni, jilg‘ani hatto yaproqni so‘zlata oladi. Xonadagi ko‘zdan pana, arzimas bo‘lib tuyulgan buyum (ko‘pincha bunday narsalar asarda yo‘l-yo‘lakay tilga olib o‘tib ketiladi) aslida ko‘p vazifalarni bajaradi. Aksariyat hollarda oddiy o‘quvchi detallarga e‘tibor qaratmasligi mumkin.
Taniqli olim D.Quronovning detal haqida shunday fikrlari bor: “Detal asarda tasvirlangan obrazning kichik bir qismi bo‘lib, detallarning birikuvi natijasida o‘sha obraz ko‘z oldimizda butun holda namoyon bo‘ladi. Badiiy detal ortida bir realiya mavjud, maishiy turmush va joy tafsilotlari, portret chizgilari va sh.k.”1 Fikrimizning tasdig‘i sifatida A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar ” asaridagi Otabek portretini yana bir eslaylik: “ Og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshlik va endigina murti sabz urgan bir yigit..”2 Ushbu tasvirlarni o‘qir ekan, Otabek obrazi o‘quvchi ko‘z oldida yaqqol namoyon bo‘ladi. Yuzining oqligi, ko‘z va qoshning qoraligi ko‘rkamlikni ifoda etsa, og‘ir tabiati mulohazalilik va aqlga dalolat qiladi. Ulug‘ gavdasi jismonan chiniqqanligini ko‘rsatsa, “endigina murti sabza urgan”i juda yosh ekanini ta‘kidlaydi. Bu portret chizgilari qahramonini o‘z davrining yuqori tabaqasiga mansub, o‘qimishli, kelishgan yigit sifatida ko‘rsatadi, o‘quvchida ijobiy munosabat uyg‘otadi.
Ba‘zan detal asarda obraz darajasiga ko‘tarilishi kuzatiladi. A.Qahhorning
“Anor” hikoyasi misolida detalning obrazlashgan qiyofasi ko ‘rinadi. Anor shu hikoyaning ichidagi bir detaldir. Ushbu asar yuzasidan D.Quronovning tahlilida detalning bir necha turlarini sanash mumkin: Turobjonning eshikdan hovliqib kirishi, uni ko‘rgan xotini kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopishi -harakat, qalami yaktak-portret, eshik zulfini-peyzaj, keli, jo‘xori, tuguncha-maishiy turmush detallari deb ko‘rsatiladi. “Bundan tashqari, zulfin detali umumlashtiruvchi vazifani bajaradi, odam kirganda yengi zulfinga ilinib yirtilishi uchun eshik kichkina bo‘lishi kerak, demak, hovli ham shu eshikka yarasha kichkina.”3 Birgina detal oilaning kamtarona yashash sharoiti haqidagi ma’lumotni yetkazib beradi.
Adabiyotshunos olim Oxunjon Safarovning “Erkin Malik publitsistikasi” nomli maqolasida adibning “Xayrli tush” hikoyasiga to‘xtalib o‘tarkan, “tush ko‘rish” detali hikoyaning sarlavhasiga asos bo‘lganligini aytadi. Hikoya qahramoni Dadaxonning tushida rahmatli ayolini ko‘rishi orqali muallif tushlarning karomati, marhumlarning tiriklardan boxabarligiga ishora qiladi.
Badiiy asarlarda detal ayrim hollarda tabiat unsurlari qiyofasida qahramonlar holatini ochib berishga ham xizmat qiladi. Professor Y.Solijonovning “Detallar tilga kirganda” nomli maqolasida bunga bir qancha misollarni ko ‘rish mumkin. Y.Solijonov Sh.Xolmirzayevning “Bulut to‘sgan oy“ hikoyasini tahlil qilar ekan, undagi yomg‘ir, shamol, bulutlarni yorib chiqishga urinayotgan oy, irmoq kabi detallarning asar mazmuniga, qahramonlar taqdiriga mos ekanini ko‘rsatib beradi. Shamol, undagi shijoat Tavakkalga ishora qilsa, yomg‘ir va uning g‘amginligi Gulsaraga qiyoslanadi. Yomg‘ir kishida hamisha mungli qo‘shiqday taassurot uyg‘otadi. Shoir ta’kidlaganidek:
“Yomg‘irli kun kabi ezildi dardim..”
Yoki
“ Yuragimning oynasiga yog‘ar yomg‘ir..”
kabi.
Gulsaraning ruhiyati ham yomg‘irdek mayus va yig‘loqi. Aksincha, Tavakkalning xarakteridagi shiddat va beqarorlik shamolga tenglashtirilgan. Bunda tabiat hodisalari inson xarakterini ifoda etadi.
Detal asardagi badiiy tasvirni turli chizgilarda ifodalaydi. U voqye‘likni kuchaytirishi, ta’sirchanlikni oshirishi mumkin. Masalan, A.Qodiriyning “Dahshat ” hikoyasidagi shamolning tasviri asardagi voqealarga uyg ‘un tarzda keltiriladi: “Shamol goh och bo‘riday uvillar, goh o‘lim changaliga tushgan mushukday pixillar, vag‘illar, hech narsa-hech narsa ko‘rinmasdi.” 4 Bu tasvir asarda dahshatni aniq namoyon qiladi va o‘quvchiga kontekstdagi umumiy tasvirni ishonarli yetkazish vazifasini bajaradi. Bunda kuzak shamolining yaydoq daraxtlar shoxida chiyillashi, tomlarda vishillashi, bo‘yrani ko‘tarib urishi bo‘lajak fojeadan xabar beradi.
Detalning badiiy asarda milliy xarakterni ochib berishi holatini A.Qayumovning “Detal va badiy tasvir ” nomli maqolasida ko‘rish mumkin. Bunda A.Qayumov N.Jaloliddinning “Erkagi bor uy” hikoyasi orqali detallarning badiiy asardagi ahamiyati, alohida o‘rni va vazifasi borligini ta‘kidlaydi. Xususan, hikoyada tasvirlangan darvoza, mahalla, tarvaqaylab o‘sgan o‘rik daraxtini hikoyadagi milliylikni ta‘minlovchi detallar deb ko‘rsatadi. Hali kichkina bo‘lishiga qaramasdan ko‘nglida mardlik, vatanparvarlik va dovyuraklik hislatlari kamol topayotgan bolakayning haqiqiy er yigit bo‘lib ulg‘ayishida u yashayotgan muhit, Badal buva singari atrofidagi odamlar, milliy qadryatlar, qolaversa, o‘z uyining erkagi bo‘lish istagi muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.
Qadimgi yunon mif va afsonalarida ham detalning turli shakllarini uchratish mumkin. Masalan, M.Otajonova o‘zining “Mifopoetik talqin imkoniyatlari” nomli maqolasida “Shoxli Iskandar “ haqidagi epik syujetga to‘xtaladi. Bunda “shox” detali ahamiyatli bo‘lib, uning paydo bo‘lishiga qadimgi yunon miflaridan “Uzun quloqli Midas” afsonasi asos bo‘lganini aytib o‘tgan. “Zamonlar o‘tishi bilan quloq detali o‘rniga shox detali ommalashgach, afsona ijtimoiy mohiyat kasb etib, didaktik mazmun ustivorlik qila boshlagan.” Aleksandr Makedonskiyning sharq xalqlari orasida “Iskandar Zulqarnayn” ya‘ni, “Shoxli Iskandar” nomi bilan atab kelinishida bu afsonaning hissasi borligi ta‘kidlanadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, detal badiy asarning ajralmas bo‘lagi hisoblanib, u orqali o‘quvchi voqye‘likni his qiladi, tasavvurda jonlantiradi. Qahramonlarga baho beradi, ular bilan asarda yashaydi. Tabiat manzaralaridan zavqlana oladi. Demak, yozuvchinning badiiy detallardan unumli foydalanishi asar qiymatini oshirishga salmoqli hissa qo‘shadi.

Download 27,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish