Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


Fanning tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi



Download 6,3 Mb.
bet2/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

Fanning tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi

“Loyihaviy moliyalashtirish” fani o‘z tarkibiga 16 ta mavzuni qamrab olgan bo‘lib, unda fanining perdmeti, maqsadi va vazifalari, loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etishning nazariy asoslari, loyihaviy moliyalashtirish uchun loyihalarni tanlab olish va baholash, investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning usullari va shakllari, loyihaviy moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro moliya institutlar tajribasi, investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash, investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda risklar va ularni boshqarish, loyihaviy moliyalashtirish yuzasidan nazorat olib borish hamda O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlari va istiqbollari kabilar keltirilgan.


“Loyihaviy moliyalashtirish” fani “Iqtisodiy nazariya”, “Investitsiya”, “Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish”, “Investitsiyalarni amalga oshirish monitoringi”, “Pul, kredit va banklar”, “Bank risklari va ularni boshqarish”, “Moliya” kabi fanlardan olingan nazariy bilim asoslariga tayanadi. Shu bilan birga, ushbu fan qator maxsus fanlar, jumladan, “Investitsiya loyihalari ekspertizasi”, “Investitsiya loyihalarini boshqarish” kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun nazariy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan mustahkamlash, ustuvor sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning yangidan-yangi bosqichlarini belgilab bermoqda. Maqsad mustaqil, demokratik, hech kimdan kam bo‘lmagan, yuqori turmush darajasiga ega bo‘lgan suveren davlatni barpo etishdir. Bu yo‘lda hozirga qadar ulkan tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, deya bemalol aytishimiz mumkin.
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur ekan, har bir tarkibiy o‘zgarish ma’lum miqdordagi mablag‘lar kiritishga ehtiyoj sezadi, bu ishni muayyan investitsiya loyihasi orqali ro‘yobga chiqarishimiz mumkinligi hammamizga ma’lum. Transport, aloqa, qazilma boyliklar qazib olish, xom ashyoni qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish kabi soha va faoliyat yo‘nalishlarida yirik infratuzilmaviy loyihalarni, yirik sanoat loyihalarini amalga oshirish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadga erishishda muhim masalalardan hisoblanadi. Shunday ekan, investitsiya loyihalarini amlga oshirishdagi asosiy masalalardan biri bo‘lgan moliyalashtirish masalasi mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsion resurslar talab qilinadigan hozirgi vaqtda alohida e’tiborga molik masaladir. Bu borada investitsiya talab soha va faoliyatlarga mablag‘lar jalb qilish maqsadida zaruriy shart-sharoitlar hamda huquqiy asoslar mustaqillik yillarida yaratildi va qator ijobiy natijalarga erishildi. Investitsiya sohasini tartibga soluvchi huquqiy asos 1998 yilda “CHet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilinishi orqali mustahkamlandi. Chet davlatlardan zaruriy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlarida, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarida o‘z amaliy ifodasini topgan juda ko‘plab huquqiy va iqtisodiy, jumladan, soliq imtiyozlari yaratildi va bu harakatlar natijasi o‘laroq so‘nggi yillarda respublikamiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalarning miqdorini o‘sib borish tendensiyasi qayd etildi. Lekin, yirik sanoat ob’ektlarini barpo etish anchagina uzoq davom etadigan jarayonligini hisobga olib, ularga investitsiya kirituvchilarni topish biroz mushkulroq ishligini bilgan holda ularni bari bir amalga oshirish zarurligini ongli ravishda anglab etamiz. Bu yo‘lda yirik miqdordagi mablag‘larni yagona yirik bir loyihaga birlashtira olishi mumkin bo‘lgan usulga, vositaga murojaat qilish imkoniyati mavjud. U jahon amaliyoti tajribasidan ko‘pchiligimizga ma’lum bo‘lgan konsorsium, sindikat tarzida mablag‘larni birlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan loyihaviy moliyalashtirish usulidir.

Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish mablag‘larni birlashtirgan holda loyihalarni moliyalashtirish usuli bo‘libgina qolmay, iqtisodiyotda mulkdorlar sinfini ko‘paytirish, yirik ob’ektlarni ishga tushirish orqali ishsizlik muammosini xal qilish, mamlakatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) miqdorini o‘stirish, iqtisodiyotni texnik-texnologik jihatdan modernizatsiyalash va qayta jihozlash imkoniyatlarini yaratishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy bozorlarni sifatli va arzon mahsulotlar bilan to‘ldirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish sohalarini rivojlantiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni, zamonaviy til bilan aytganda, yirik kompaniya va korporatsiyalarning ko‘payishini ta’minlashi tabiiydir.



Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish