Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


Loyihaviy moliyalashtirishning yuzaga kelish tarixi



Download 6,3 Mb.
bet4/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

Loyihaviy moliyalashtirishning yuzaga kelish tarixi

Loyihaviy moliyalashtirish usullari G‘arbiy Evropa mamlakatlarida o‘tgan asrning 80-yillarining boshida turli xil moliyaviy operatsiyalarni bajarish maqsadida foydalana boshlandi. Bu operatsiyalar loyiha tashabbuschilariga qarz to‘lovlariga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishga, moliya-kredit institutlarining yordamidan foylanishga imkoniyat yaratgan edi.


Dastlab, loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozori unchalik ko‘p bo‘lmagan Amerika, Kanada, Germaniya va YAponiya banklari o‘rtasida bo‘lib olingan edi. Bir muncha vaqt o‘tib, SHimoliy dengizda neft va gaz qazib olishning keskin rivojlanishi natijasida ular qatoriga Buyuk Britaniya tijorat banklari ham qo‘shildi. Keyinchalik Fransiya, SHveysariya, Gollandiya, Belgiya, Italiya va boshqa mamlakatlar banklari loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorida faol ishtirok eta boshlashdi.
90-yillarning birinchi yarmida jahon xo‘jaligi rivojlanishi uchun xos bo‘lgan iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari loyihaviy moliyalashtirish shakllariga katta talabni vujudga keltirdi. Bu talab, eng avvalo, rivojlanayotgan bozorlarga tegishli edi. 1997-1998 yillardagi jahon moliyaviy inqiroziga qadar, loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorida etakchilikni Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari egallashgan edi. 1996 yilda Gonkongda 19,3 mlrd. doll. qiymatdagi 36 ta investitsiya loyihasi, Indoneziyada 14,1 mlrd. doll. qiymatdagi 72 ta loyiha, Taylandda 9,4 mlrd. doll. qiymatdagi 31 ta loyiha amalga oshirilgan edi. 1996 yilda Osiyo davlatlarida jami 86,2 mlrd. doll. qiymatdagi 400 ta investitsiya loyihasi moliyalashtirilgan. Bu ko‘rsatkich Amerika va Evropa kontingentlari mamlakatlarinikiga qaraganda ko‘pdir.
1990-yillarning oxirlariga kelib, Osiyo davlatlari loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorida birinchilikni yo‘qotishdi va etakchilikni yana AQSH va G‘arbiy Evropa davlatlari egallashdi. Biroq, oxirgi yillarda Osiyo va SHarqiy Evropa davlatlari inqiroz zarbalaridan o‘zini o‘nglab olgach, YAna xorijiy investitsiyalarni jalb qilish evaziga iqtisodiy o‘sishning yuqori templarini ta’minlashga harakat qilishmoqda. Bunday davlatlar qatoriga, eng avvalo, Xitoy, Indoneziya, Fillipin, Malayziya kabi Osiyo davlatlarini va SHarqiy Evropa davlatlarini kiritishimiz mumkin. Bu davlatlarda investitsiyalash templari oxirgi 2-3 yil ichida ancha sezilarli bo‘lib bormoqda.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda loyihaviy moliyalashtirishning turli shakl va sxemalari asosida amalaga oshirilgan yirik loyihalarga misol qilib, loyihaviy moliyalashtirishning “sof” namunasi bo‘lgan Buyuk Britaniyani Evropa kontengenti bilan bilashtiruvchi “Evrotunnel” loyihasini keltirishimiz mumkin. Mazkur loyiha davlat organlari va xalqaro tashkilotlar ishtirokisiz xususiy sektor investitsiyalari asosida amalga oshirilgan. Loyihani moliyalashtirishning umumiy qiymati 7 mlrd. funt sterlingni tashkil etib, loyihada 15 davlatdan 198 ta bank ishtirok etgan.
Loyihaviy moliyalashtirishning globallashuv xususiyatini hisobga olib, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) va Jahon banki (JB) tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy boyliklarni qayta ishlash bilan bog‘liq yirik investitsiya loyihalarini, shuningdek, kapital taqchilligi mavjud bo‘lgan SHarqiy Evropa mamlakatlarida qator loyihalarni moliyalashtirish uchun keng foydalanilayotganligini ta’kidlab o‘tish kerak.
Jahon tajribasida loyihaviy moliyalashtirishning muhim tamoyillari quyidagilardan iborat: loyihani amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor bo‘lgan ishonchli sheriklarning loyihada ishtirok etishi; yuqori malaka darajasida tayyorlangan texnik-iqtisodiy asosnoma va loyiha-smeta hujjatlari; loyihaning etarli darajada kapitallashuvi; loyiha qurilishi va ekspluatatsiyasining barcha aspektlarini mayda bo‘laklar holida ishlab chiqilganligi; loyiha risklarining baholanishi va ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanishi; muayyan vaziyatga muvofiq ta’minot va kafolatlarning mavjudligi.
Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda sindikatli kreditlash shaklidan keng foydalaniladi. Amaliyotdagi kredit operatsiyalari jarayonida bank birinchi o‘ringa qarz oluvchining kredit tarixini o‘rganishga, uning iqtisodiy, moliyaviy ahvoliga va ta’minot turlari, garovga berilayotgan mulkni baholashga diqqat e’tiborini qaratsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa asosiy e’tibor loyiha tahliliga ajratiladi. Loyihaviy tahlilning asosiy ob’ekti, bu loyihaviy xujjatlar (loyihani texnik-iqtisodiy asosi)dir. Loyihaviy taxlilning asosiy maqsadi bu investitsion loyihasini moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini aniqlab berish, investitsion loyihasining smeta xarajatlari va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash hamda rikslarni baholash va samarali boshqarishdir.
Loyiha taxlilining asosiy yo‘nalishlariga texnik tashkiliy, xuquqiy, ekologik, tijorat iqtisodiy, moliyaviy yo‘nalishlarini kiritishimiz mumkin.
Yirik masshtabli loyihalarni amalga oshirishda ko‘pgina ishtirokchilar jalb qilingan bo‘ladi. Jumladan:

  • loyiha tashkilotchilari;

  • tashkilotchilar ta’sis etgan loyihaviy kompaniya;

  • kreditorlar (tijorat banklari, bank konsorsiumi);

  • pudratchilar (bosh pudratchi, subpudratchilar);

  • asbob-uskunalarni etkazib beruvchilar;

  • sug‘urta kompaniyalari;

  • loyihaviy kompaniya chiqarayotgan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi institutsional investorlar;

  • moliyaviy maslahatchilar;

  • operator-kompaniyalar, ob’ektni ekspluatatsiya (ishlab chiqarish)ga kiritgandan so‘ng, uning investitsion faoliyatini boshqaradi.

Investitsion loyihalarni baholashda loyihaning ishonchligini ta’minlovchi quyidagi mezonlardan foydalaniladi:

  • texnik-iqtisodiy asoslanganlik va moliyaviy rejaning qoniqarligi;

  • loyiha tomonidan ishlatiladigan mahsulot va xom-ashyo manbalari va qiymatlarining kafolatganligi;

  • loyihaning ma’qul narxlarda yoqilg‘i bilan ta’minlaganligi;

  • loyiha mahsulotlari va xizmatlarini sotish uchun bozorning mavjudligi va bozorgacha transport xarajatlari ma’qul narxlarda mavjudligi;

  • qurilish materiallarini kutilgan narxlarda sotib olish mumkinligi;

  • pudratchi, foydalanuvchi va boshqaruvchi personallar tajribali va ishonchligi;

  • loyiha ishonchsiz texnologiyalarini o‘z ichiga olmasligi;

  • hamkorlar va manfaatdorlar tomonlar bilan shartnomaviy kelishuvlar tuzilgan, litsenziya va ruxsatnomalar olinganligi;

  • valyuta rikslarining taqsimlanganligi;

  • loyiha qo‘shimcha ta’minoti sifatida qimmatli aktivlarga egaligi;

  • etkazilayotgan resurs va aktivlarning tegishli sifatlari ta’minlanganligi;

  • tegishli sug‘urta to‘lovlari qarab chiqilganligi;

  • fors-major holatlari, to‘xtab qolishlar xavfi (etkazib berishda, qurilishda va boshqalar) xarajatlarning o‘sishi hisobga olingan va ularning taqsimlanganligi;

  • loyihaning investorlarni qoniqtiruvchi ko‘rsatkichlarga egaligi;

  • foiz stavkalari va inflyasiyaning haqiqiy olati hisobga olinganligi.

Haqiqiy investitsion loyiha har doim ham yuqorida sanab o‘tilgan barcha mezonlarga mos kelavermaydi. YUqoridagi mezonlar loyihaviy moliyalashtirishni muvaffaqiyatli kechishi uchun beshta asosiy tamoyillarni belgilab olishni taqozo etadi.

  1. investitsion loyihalarni hayotiyligi;

  2. loyihani amalga oshirishda tajribali, kuchli va vijdonli xamkorlarning ishtiroki ;

  3. loyiha barcha risklarining hisobi va taqsimoti;

  4. barcha xuquqiy jixatlarni tartibga solib borish;

  5. loyihani amalga oshirishda sifatli biznes-rejaning mavjudligi va aniq muvofiqlashgan harakat rejalarini ishlab chiqish.





  1. Download 6,3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish