Bajardi: mengliev eliyor tekshirdi: dots. Avazova sh


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DIPLOMATIK XIZMATNING HUQUQIY ASOSLARI



Download 65,19 Kb.
bet5/6
Sana16.03.2022
Hajmi65,19 Kb.
#495072
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
diplomatik huquq asoslari

4. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DIPLOMATIK XIZMATNING HUQUQIY ASOSLARI
Avvalambor, diplomatik xizmatga oid eng muhim masalalar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. Konstitutsiya: birinchidan, O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy printsiplarini mustahkamlagan (17-modda)10; ikkinchidan, xalqaro huquqning umum e’tirof etgan printsiplari va normalari milliy qonunchilikdan ustunligini e’tirof etgan (Muqaddima): uchinchidan, O’zbekistonning tashqi aloqalar olib boruvchi organlari tizimini o’rnatgan.
Bundan tashqari, O’zbekistonda tashqi siyosat va diplomatik huquqqa oid bir qator maxsus qonunlar qabul qilingan. Bunday qonunlar jumlasiga quyidagilar kiradi: «Diplomatik darajalar va martabalarni o’rnatish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni (1992) va «O’zbekiston Respublikasining chet davlatlarda diplomatik vakolatxona boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni (1992).
Ushbu qonunlar ichida «O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash hamda chaqirib olish tartibi to’g’risida»gi va «O’zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabalari belgilash to’g’risida»gi qonunlar O’zbekistonda diplomatik xizmatni tashkil etishning huquqiy asoslarini tashkil etadi.
Agar birinchi qonun O’zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash hamda chaqirib olish tartibini «Diplomatik munosabatlar to’g’risida»gi 1961 yildagi Vena konventsiyasiga hamda boshqa umum e’tirof etgan xalqaro-huquqiy normalar va qoidalarga muvofiq belgilab bersa, ikkinchi qonun esa, O’zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya darajalari va martabalarini belgilab bergan.
O’zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatiya vakolatxonasining boshlig’i O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tayinlanadi va chaqirib olinadi. Bu lavozim nomzodligiga doir taklifni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tegishli idoralar bilan kelishgan holda kiritadi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti ma’qullagan diplomatiya vakolatxonasi boshlig’ining nomzodini O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vakolatxona joylashgan mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga (yozma) taqdim etib, uning roziligini (agreman) so’raydi.
O’zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonasining boshlig’ini tayinlash vakolatxona joylashgan mamlakatning rasmiy roziligi olinganidan keyin amalga oshiriladi. Vakolatxona joylashgan mamlakatdan javob olingunga qadar diplomatiya vakolatxonasining boshlig’i lavozimiga nomzod xususidagi ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi.
Favqulodda va muxtor elchi yoki favqulodda va muxtor vakil tayinlangan mamlakatga jo’nab ketgunga qadar O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi unga boradigan davlatining rahbariga topshirishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan hamda O’zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vaziri imzosi bilan tasdiqlagan ishonch yorlig’ini tayyorlaydi.
O’zbekiston Respublikasining ishonchli vakiliga O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining qabul qiluvchi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi nomiga yozilgan maktubi beriladi.
O’zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonasining boshlig’i quyidagi hollarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan chaqirib olinadi:
1) diplomatiya vakolatxonasining boshlig’i almashtirilganda;
2) diplomatiya vakolatxonasining boshlig’i nomaqbul shaxs (persona non grata) deb e’lon qilinganda;
3) davlatlar o’rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilganda;
4) davlatlar o’rtasida urush holati e’lon qilinganda;
5) davlat xalqaro huquq sub’ekti sifatida yo’qolganda.
O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalarining boshqa a’zolari O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining buyruqlari bilan tayinlanadilar va chaqirib olinadilar11.
O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarining 3 darajasi belgilangan:
1) chet davlat boshlig’i huzurida akkreditatsiya qilinadigan favqulodda va muxtor elchi;
2) chet davlat boshlig’i huzurida akkreditatsiya qilinadigan favqulodda va muxtor vakil;
3) chet davlat tashqi ishlar vaziri huzurida akkreditatsiya qilinadigan ishonchli vakil.
O’zbekiston Respublikasi vakolatxonalarining boshliqlari mansub bo’lishi loyiq ko’rilgan daraja diplomatiya munosabatlari o’rnatayotgan davlat o’rtasidagi ahdlashuvda belgilab qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasida quyidagi diplomatiya martabalari - O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi vakolatxonalarining diplomatiya xodimlariga beriladigan alohida xizmat unvonlari belgilanadi:
1) favqulodda va muxtor elchi;
2) birinchi darajali favqulodda va muxtor vakil;
3) ikkinchi darajali favqulodda va muxtor vakil;
4) birinchi darajali maslahatchi;
5) ikkinchi darajali maslahatchi;
6) birinchi darajali birinchi kotib;
7) ikkinchi darajali birinchi kotib;
8) birinchi darajali ikkinchi kotib;
9) ikkinchi darajali ikkinchi kotib;
10) uchinchi kotib;
11) attashe.
Favqulodda va muxtor elchi, birinchi va ikkinchi darajali favqulodda va muxtor vakil martabalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan beriladi. Ana shu masalalar yuzasidan takliflarni O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri kiritadi. Boshqa diplomatiya martabalari O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining buyrug’i bilan beriladi. Bu martabalarni berish haqidagi takliflarni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining malaka komissiyasi kiritadi. Malaka komissiyasining tarkibi va u haqidagi nizomni O’zbekiston Respublikasining tashqi ishlar vaziri tasdiqlaydi. Diplomatiya martabalari O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rahbar va mas’ul xodimlariga ham beriladi.
Birlamchi diplomatiya martabasi - attashe diplomatiya xizmatida kamida bir yil ishlagan kishiga beriladi. Diplomatiya vakolatxonalarining xodimlariga navbatdagi uchinchi kotib, ikkinchi kotib martabalari malakasiga hamda xoh markaziy devonda, xoh O’zbekiston Respublikasining chet ellardagi vakolatxonalarida kamida 2 - 3 yil, birinchi kotib, maslahatchi martabalari esa kamida 3-4 yil xizmatni muvafaqiyatli o’taganligiga qarab beriladi. Ishdagi katta yutuqlari uchun diplomatiya vakolatxonasining xodimi belgilangan muddatdan oldin yuqoriroq diplomatiya martabasi berishga tavsiya etilishi mumkin.
Favqulodda va muxtor elchi, favqulodda va muxtor vakil martabalari bir umrga beriladi. Boshqa diplomatiya martabasiga ega bo’lgan shaxslar O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan pensiyaga chiqqanlari taqdirda ularning bu martabalari saqlanib qoladi.
Favqulodda va muxtor elchi, favqulodda va muxtor vakil, diplomatiya martabalaridan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan mahrum etiladi. Diplomatiya vakolatxonalarining boshqa a’zolari xususida bu masala yuzasidan qarorni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining malaka komissiyasi taqdimiga ko’ra, tashqi ishlar vaziri qabul qiladi12.

XULOSA
Mazkur kurs ishini yozish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:

  • Xalqaro munosabatlar - siyosiy, iqtisodiy madaniy, huquqiy, diplomatik, harbiy va boshqa aloqalarning, davlatlar hamda davlatlar tizimlari, asosiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy tashkilotlar hamda harakatlarning o’zaro munosabatlari majmuidir. Xalqaro munosabatlar o’zining mohiyatiga ko’ra biron-bir davlatning vakolati va yurisdiktsiyasidan tashqariga chiqadi va bir qancha davlatlar yoki xalqaro hamjamiyatning vakolati va yurisdiktsiyasining ob’ektiga aylanadi.

  • Diplomatiya davlatning tashqi siyosati maqsadi va vazifalarini tinch vositalar bilan amalga oshirish, shu bilan birga davlat va fuqarolarning xorijda xuquq va manfaatlarini muhofaza qilish bo’yicha uning tashqi munosabat organlari rasmiy faoliyati bilan belgilanadi.

  • Davlatning tashqi siyosiy faoliyati ijtimoiy faoliyatning o’ziga xos mazmun kasb etuvchi shakllaridan biridir. U davlatning muayyan organlari bilan davlat siyosiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha, avvalombor, xalqaro munosabatlarning turli sohalarida hukumronligini qo’lga kiritishi, saqlabturish va undan foydalanish bo’yicha shunga vakil qilingan shaxs o’rtasidagi sa’y-harakatlar mujassamligini o’zida namoyon etadi.

  • Xalqaro tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilari immuniteti hamda imtiyozlariga doir masalalar, qoidaga ko’ra, muayyan xalqaro tashkilot a’zolari yoxud xalqaro tashkilot va u hududida o’z faoliyatini amalga oshirayotgan tegishli davlat o’rtasida tuziladigan maxsus shartnomalarda tartibga solinadi.

  • Xalqaro munosabatlarni muayyan davlat nomidan harakat qiladigan maxsus organlar amalga oshiradi. Har bir davlatning tashqi ishlar organlari shu davlat organlarining muhim tarkibiy qismidir. Davlatning tashqi funktsiyalarini amalga oshirishning muhim shakli diplomatik faoliyat hisoblanadi.

  • Diplomatik munosabatlarni o’rnatish va vakolatxonalar ta’sis etish davlatlar o’rtasidagi bitimga muvofiq amalga oshiriladi.

  • Diplomatik huquq zamonaviy xalqaro huquqning eng kodifikatsiyalangan sohalaridan biridir. Hozirgi kunda diplomatik huquq davlatlarning tashqi siyosiy funktsiyalarini amalga oshiruvchi ichki davlat organlari faoliyatini borgan sari ko’proq tartibga solmoqda. Bundan tashqari, davlatlarning diplomatik faoliyatini tartibga soluvchi ichki davlat qonunchiligi ham jadal rivojlanmoqda




Download 65,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish