Bajardi: mengliev eliyor tekshirdi: dots. Avazova sh



Download 65,19 Kb.
bet1/6
Sana16.03.2022
Hajmi65,19 Kb.
#495072
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
diplomatik huquq asoslari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI “MILLIY G’OYA , MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI “ YUNALISHI, 302-GURUH

KURS ISHI

MAVZU: DIPLOMATIK HUQUQ ASOSLARI




BAJARDI: MENGLIEV ELIYOR
TEKSHIRDI: DOTS.AVAZOVA SH.

TOSHKENT-2013
REJA:


KIRISH

  1. TASHQI SIYOSAT VA DIPLOMATIYA TUSHUNCHASI

  2. DAVLATNING TASHQI ALOQALAR OLIB BORUVCHI ORGANLARI TIZIMI

  3. DIPLOMATIK VAKILNING AKKREDITATSIYASI, IMTIYOZ VA IMMUNITETLARI

4.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DIPLOMATIK XIZMATNING HUQUQIY ASOSLARI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Konstitutsiyasi 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi konstitutsiyaviy qonunning muhim jihatlarini rivojlantiradi. Ushbu hujjatda xalqaro huquq suveren davlat qurilishidagi muhim manba sifatida qabul qilinadi. Bu bilan O’zbekiston Konstitutsiya darajasida jahon hamjamiyatiga o’zining xalqaro huquqni umume’tirof etilgan normalari va printsiplariga sodiqligini ko’rsatdi. Ushbu holat yosh davlatni dunyodagi eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga to’la huquqli a’zo bo’lib kirishi uchun imkon tug’diradi va O’zbekistonni diplomatik tan olinishi va mamlakatimizni xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarga jadal kirib borishi uchun zamin yaratdi.
Xalqaro munosabatlar - siyosiy, iqtisodiy madaniy, huquqiy, diplomatik, harbiy va boshqa aloqalarning, davlatlar hamda davlatlar tizimlari, asosiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy tashkilotlar hamda harakatlarning o’zaro munosabatlari majmuidir. Xalqaro munosabatlar o’zining mohiyatiga ko’ra biron-bir davlatning vakolati va yurisdiktsiyasidan tashqariga chiqadi va bir qancha davlatlar yoki xalqaro hamjamiyatning vakolati va yurisdiktsiyasining ob’ektiga aylanadi.
Xalqaro munosabatlarda davlatlararo munosabatlar asosiy o’rinni egallaydi. Bundan tashqari davlatlararo harakaterga ega bo’lmagan Xalqaro aloqalarga-yuridik va jismoniy shaxslar (xorijiy elementlar yoki xalqaro elementlar), shuningdek Xalqaro hukumatga tegishli bo’lmagan va xalqaro xo’jalik tashkilotlari orasidagi aloqalar misol bo’la oladi.
«O’zbekiston-xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti» degan konstitutsiyaviy qoida O’zbekiston Respublikasining hozirgi dunyodagi o’rnini bildiribgina qolmay, mamlakatimizning haqiqatdan ham xalqaro hamjamiyatning ajralmas qismi ekanligini ko’rsatadi.
Bu quyidagilarni anglatadi:
Birinchidan, O’zbekiston suveren davlat sifatida zamonaviy xalqaro huquqni umume’tirof etilgan printsiplari va normalari va o’zi qo’shilgan xalqaro shartnomalar bilan bog’liq bo’lib, davlatimizning roziligisiz boshqa majburiyatlar zimmamizga yuklatilishi mumkin emas;
Ikkinchidan, O’zbekiston hududida davlat hokimiyati chegaralanmaydi va xalqaro huquqning hech qaysi bir sub’ekti bunga aralashish huquqiga ega emas, o’zining hududidan tashqarida u o’z hokimiyatini faqat boshqa manfaatdor davlat roziligi bo’lgandagina amalga oshirishi mumkin;
Uchinchidan, O’zbekiston xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari bilan diplomatik aloqalarni amalga oshirib, ikki tomonlama va ko’p tomonlama xalqaro shartnomalarni tuzib, davlatlararo munosabatlarda bevosita qatnashadi1.
Konstitutsiya asosida O’zbekiston Respublikasini xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti ekanligini ko’rsatuvchi huquqiy asoslar yaratildi. Quyidagilar tashqi aloqalar sohasida qabul qilingan asosiy hujjatlardir:
1996 yilda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari to’g’risida»gi Qonun, 1992 yilda qabul qilingan «Diplomatik vakolatxonalar boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish to’g’risida»gi Qonun, 1992 yilda qabul qilingan «Diplomatik xodimlarning darajalarini o’rnatish to’g’risida»gi Qonun, tashqi iqtisodiy sohada emas, 1992 yilda qabul qilingan «Xorijiy sarmoyalar to’g’risida»gi Qonun, 2000 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi qonun, «Xorijiy sarmoyadorlarning faoliyatini kafolatlash to’g’risida» 1994 yilda qabul qilingan qonun.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi nufuzi ortib borayotgan bir vaqtda davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning negizini tashkil qiluvchi diplomatik munosabatlar huquqi masalasini o’rganish muhim ahamiyatga ega.

Download 65,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish