Bajardi: Ziyodullayeva Dilnoza Tekshirdi: Safoev Nuriddin Mavzu: Axborot xavfsizligi risklarini tahlil qilish



Download 57,3 Kb.
bet1/2
Sana30.05.2022
Hajmi57,3 Kb.
#621093
  1   2
Bog'liq
kiber


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


Amaliy ish
Guruh: 715-20
Bajardi: Ziyodullayeva Dilnoza
Tekshirdi: Safoev Nuriddin


Mavzu: Axborot xavfsizligi risklarini tahlil qilish.
Davlat test markazi



  1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi haqida umumiy ma’lumot. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi — ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda test sinovlarini oʻtkazish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Tarixi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 11-martdagi “Respublika oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga qabul qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-361-sonli farmoni bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida oʻqishga qabul qilish tajribadan oʻtkazilgan edi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq 1992-yil 9-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga qabul qilish boʻyicha eksperimentni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” gi 181-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga qabul qilish boʻyicha eksperimentni tashkil etish va oʻtkazish belgilandi va 1992-yil 15- apreldan Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga abiturientlar tanlash boʻyicha Respublika markazi tashkil etildi. Markaz zimmasiga oliy oʻquv yurtlariga talabalar tanlab olish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish va oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirayotgan yoshlar uchun yagona mezonlar joriy etish, qabul va test texnologiyasi qoidalarini, eng qobiliyatli yoshlarni qidirib topish metodlarini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklatildi. 1993-yilda 46 ta oliy ta’lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari oʻtkazildi. 1994- yil 14-maydagi 258-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish toʻgʻrisida” gi qarori bilan Oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga abiturientlar tanlash boʻyicha Respublika markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi. Davlat test markazi zimmasiga oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish yuklatildi. 1994- yildan boshlab oliy oʻquv yurtlarida abiturientlarni bilimlariga baho berishning test usulini qoʻllagan holda tanlash amaliyotga joriy etildi. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida test sinovlari natijalari boʻyicha abiturientlar tanlash 1994-yilda ayrim oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga, 1995-yildan boshlab esa — idoraviy boʻysunishidan qat’i, nazar barcha oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga joriy etildi. 2017-yil 17-iyulda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 508-sonli qarori qabul qilindi. Test tizimi 1992-yilda ikki variantli modellari hamda cheklangan hajmdagi test materiallaridan tashkil topgan universal savollar kitobchasi bilan boshlangan edi. 1992-yilda testlar ikki variantli (A, B) boʻlib, ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo, xorijiy tillar boʻyicha 50 tadan savollardan tashkil topgan. Abituriyentlar ta’lim yoʻnalishiga qarab 3 tadan fanni tanlaganlar. 1993- 1994-yillarda testlar ikki variantli (A, B) boʻlib, kunduzgi va kechki boʻlimlar uchun ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, xorijiy tillar boʻyicha 48 tadan savollar, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo boʻyicha 72 ta savollardan tashkil topgan. 1995-yilda testlar 3 variantli (A, B, C) boʻlib, ona tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya, istoriya, geografiya, xorijiy tillar, oʻzbek tili, rus tili boʻyicha 36 tadan savollardan tashkil topgan. Kam miqdordagi variantda yetarlicha cheklangan hajmdagi test materiallaridan foydalanish bilimlar darajasini baholash, aniqlashda xolislik va muvofiqlik, moslikni ta’minlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini murakkablashtirdi. 1996-yilda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari qabuli jarayonidagi test sinovlarida test topshiriqlari variantlarini ta’lim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar va ta’lim tillari boʻyicha kompyuter yordamida generatsiyalash (tuzish)ga asoslanuvchi yangi, koʻpvariantli test tizimi yaratildi va qoʻllanildi. Ushbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanilmoqda. 2009-yilda 80 ta har bir tipdagi savollar kitobi uchun 30 tadan variant joriy etildi. 2010-yilda har bir abituriyent uchun individual variantli test tizimiga oʻtish amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq har yili quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda test sinovlari oʻtkaziladi: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish uchun; Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning bilim saviyasini aniqlash uchun; Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish uchun; Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan maktab-internatlarining 5-sinfiga qabul qilish uchun; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlarini aniqlash uchun; Respublika fan olimpiadalarining 4-bosqichi gʻoliblarini aniqlash uchun; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi magistraturasiga qabul qilish uchun; Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy-tibbiyot fakultetiga tanlov uchun. Korxona turi: YOPIQ Korxona haqida umumiy ma’lumot 1992-yil 15-apreldan Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga abiturientlar tanlash boʻyicha Respublika markazi tashkil etildi. Markaz zimmasiga oliy oʻquv yurtlariga talabalar tanlab olish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish va oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirayotgan yoshlar uchun yagona mezonlar joriy etish, qabul va test texnologiyasi qoidalarini, eng qobiliyatli yoshlarni qidirib topish metodlarini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklatildi. Davlat test markazi qisqacha (DTM) deb ham yuritiladi. DTM o’z zimasiga oliy ta’lim muasasalariga qabul qilish bilan shug’ullanadi. DTM haqida ochiq ma’lumot nomi: 1 Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishlariga talabalarni qabul qilish uchun o'tkazilgan test sinovlarining ta'lim yo'nalishlari boyicha o'tish ballari 2 Oliy ta'lim muassasalariga qabul rejasi 3 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi rahbariyati bilan bog’lanish ma’lumotlari va ularning qabul qilish vaqti 4 Bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ma'lumot 5 Manzili haqida ma'lumot 6 Tashkilotning quyi tashkilotlari, filiallari va hududiy boʻlinmalari haqida maʼlumot 7 Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash malaka toifasi bo‘yicha sertifikat 8 Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 9 Mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bog‘liq xarajatlar (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma'lumotlar bundan mustasno) 10 Davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma'lumotlar (tezkor-qidiruv, harbiy va boshqa maxsus xizmatlarda foydalaniladigan ashyolar bundan mustasno) 11 Tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi, shu jumladan ob'ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar 12 Davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bo‘yicha tashkil etiladigan xarid komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi ma'lumotlar, shu jumladan: xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi qaror; xarid komissiyasi a'zolarining ma'lumotlari (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi) 13 Davlat test markazi qoshidagi Jamoatchilik kengashi tarkibi 14 Davlat test markazi qoshidagi Jamoatchilik kengashi ish rejasi 15 Davlat test markazi qoshidagi Jamoatchilik kengashi 1-son bayoni 16 Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobiga xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat test markazining sifat sohasidagi siyosati Bizning vazifamiz: Iste'molchilar, shuningdek fuqarolar, boshqa manfaatdor tomonlarning talab va istaklarini qondirish, tashkil etish va test o'tkazish sifatini ta'minlash bo'yicha faoliyatni doimiy ravishda takomillashtirish asosida. Umumiy maqsad: Turli sohalardagi yuqori malakali mutaxassislarning bilim va tajribasiga asoslangan noyob Davlat Test Markazi bo'lish, bilimlarni baholash, test savollarini yuqori sifatli tayyorlash, testlarni tashkil qilish va o'tkazish, test natijalarining aniqligi kafolati. Sifat siyosatining asosiy yo'nalishlari:

 iste'molchilarning hozirgi va kelajakdagi talablarini doimiy ravishda o'rganish;
 xodimlarni o'qitish, malakasini oshirish va stajirovkadan o'tkazish;
 intellektual va moddiy-texnik resurslardan samarali foydalanish orqali moddiy-texnik bazani mustahkamlash;
 yangi moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarni yaratish;
 test natijalari sifatini ta'minlashni kuchaytirish;
 ijtimoiy javobgarlik tizimini takomillashtirish;
 manfaatdor tomonlarni xabardor qilish, ularning sinov va tadqiqotlarni tashkil etish va tayyorlash jarayonini rejalashtirishda faol ishtirokini ta'minlash;
 markazning yagona avtomatlashtirilgan sifat menejmenti tizimini yaratish;  ISO 9001: 2015 talablariga muvofiq SMTni qo'llab-quvvatlash, rivojlantirish va doimiy ravishda takomillashtirish;
 talablar va mijozlar ehtiyojini hisobga olgan holda, SMT doimiy monitoring va tahlil qilish;
 SMTni doimiy ravishda takomillashtirish va samaradorligini oshirishga barcha xodimlarni jalb qilish. Davlat test markazi rahbariyati tomonidan:
 test savollarini tayyorlash, testlarni tashkil etish va o'tkazish hamda test natijalarini berish sohasidagi Markazning obro'sini mustahkamlash;
 o'z xodimlari, arizachilar va boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan siyosat to'g'risida tushuncha va e'tirofga ega bo'lish;
 xodimlarni sifatli maqsadlarga erishishda jalb qilish uchun korporativ muhitni yaratish va qo'llab-quvvatlash. Qo'llanma ta'minlash majburiyatini oladi:
 sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 talablariga muvofiqligi va uning samaradorligini doimiy ravishda oshirish;
 strategik rejalashtirish va markazni boshqarish;
 zarur va kerakli resurslarni ajratish;
 Markazning asosiy jarayonlarini baholash va tegishli profilaktik tadbirlarni aniqlash;
 ijodiy tashabbus va har bir xodimning Markaz sifatini oshirishga qo'shadigan hissasini rag'batlantirish.

Download 57,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish