Bakalavr bosqichi 2



Download 260,89 Kb.
bet5/91
Sana23.08.2021
Hajmi260,89 Kb.
#154562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

Dala toshni kuydirgan saraton haroratini bag‘riga yashirgan o‘sha mash’um tutzor, azamat yigitning pahlavon ko‘ksiga bosh qo‘ygan qoq tush pallasi…

U damlar Dildorga katta baxt, tush kabi shirin hayot va’da qilgandi. Aldangan qiz hamon tush pallasi o‘zini unutgan daqiqalarning dardini tortardi.

Ayol kishiga vafo degan narsa qanchalar qimmatga tushushini ko‘plar hali bilmaydi.

Dildor hech kimni qoralay olmasdi. Faqat birgina o‘zim aybliman deb bilardi. Agar u Nizomjonga bevafolik qilmaganda, bu kunlar boshiga tushmasdi.

Ba’zi tilshunoslar gapni uzil-kesil “matnning minimal birligi” deb hisoblaydilar.

Bu munosabat bilan M.Ya.Bloxning mulohazalari alohida e’tiborga molik. Uning fikricha, yaxlit tekst strukturasining bevosita elementi faqat frazadan katta birlik, ya’ni gaplarning qo‘shilmasigina emas, balki ayni paytda matn tuzuvchi tomonidan mazmunan muhim maqomga qo‘yilgan alohida gaplar hamdir. Bunday gaplarning ayni maqomi monologik yozma nutqda ularni alohida abzats sifatida ajratishni taqozo etadi.

Matn lingvistikasi, xususan, matn birliklarini belgilashdagi eng munozarali va behad ko‘p tadqiq etilgan masalalardan biri abzatsning mohiyati, tabiati va matn tarkibidagi maqomi masalasidir.

O.I.Moskalskaya supersintaktik butunlik va abzasni solishtirar ekan, supersintaktik butunlikning sintaktik mohiyatga ega hodisaligini, abzats esa kompozitsion sath birligi ekanligini ta’kidlaydi.

Hozirgacha mavjud bo‘lgan abzats haqidagi mulohazalardagi asosiy nuqtalarni shunday guruhlashtirishimiz mumkin:



  1. abzats – sintaktik birlik;

  2. abzats – sintaktik birlik emas, balki

  3. abzats – kompozitsion-stilistik birlik;

  4. abzats – kompozitsion-grafik usul.

N.A.Levkovskayaning ko‘rsatishicha, matnni bo‘laklarga ajratish – ko‘p aspektli murakkab jarayon, bu jarayon, umuman, ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni, birinchidan, u matnning funksional yo‘nalishi – matnning pragmatic maqsadi bilan bog‘liq bo‘lgan obyektiv jarayon. Matnni bo‘laklarga ana shunday, ya’ni matnning pragmatik maqsadi tarzidagi o‘ziga xos dixotomiya mavjud bo‘ladi.

Ye.A.Referovskayaning ilmiy kuzatishlarida ham abzats mohiyatidagi subyektivlikka asosiy e’tibor qaratilgan. Uningcha, “abzats muallifning individual manerasiga muvofiq tarzda mavzuning mazmuniy rivojiga, supersintaktik birlik esa fikr ifodasining structural shakllanishiga qaratilgan”dir.

O‘zbek tilshunosligida matn haqidagi ishlarning aksariyatida matn birliklari haqida gap borganda, shunday birliklar sifatida, asosan, jumla, murakkab sintaktik butunlik, abzats sanab o‘tiladi.

Nemis tadqiqotchisi V.G.Admoni abzatsning, eng avvalo, grafik butunlik ekanligini ta’kidlaydi.

Rus tilshunosligida abzatsni punktuatsion vositalar sistemasi ichida qarash an’anasi ham mavjud.

I.R.Galperin ham bu kitobida abzats xuddi tinish belgilari kabi matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni alohida ta’kidlab, uni ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan vosita, kompositsion-grafik usul ekanligini asoslagan. Galperin ham R.V.Arnold kabi abzatsni matnda birlik emas, balki muayyan fikrni ta’kidlash, emotsionallikni kuchaytirish, muhim jihatni ajratib ko‘rsatish usuli ekanligini ta’kidlaydi.

Ma’rufjon Yo‘ldoshevning “Badiiy matn lingvopoyetikasi” nomli asarida matnning tarkibiy qismlari sifatida gap va supersintaktik birlik olingan. Abzats esa bu guruhga kiritilmagan. Ammo, abzats ham, shubhasiz, matnning tarkibiy qismi bo‘la oladi. Shunday ekan, matn lingvistikasida hali chuqur o‘rganilishi kerak bo‘lgan muammolar anchagina.


Download 260,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish