Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi



Download 48,04 Kb.
bet1/4
Sana07.01.2022
Hajmi48,04 Kb.
#328628
  1   2   3   4
Bog'liq
Kamola Hisobot






Mundarija




Kirish




1.

”Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” ning tarixi, tashkiliy tuzilmasi va bo’limlar funksiyalari




2.

”Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” faoliyatida foydalaniladigan asosiy, me’yoriy va uslubiy hujjatlarni o’rganish




3.

”Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” da mehnatni tashkil etilganlik holati




4.

”Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi”da xodimlar tarkibi va ulardan foydalanish




5.

Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish







Xulosa va takliflar







Ilovalar





Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aholi bandligi, mehnat migratsiyasi va mehnat munosabatlari sohasida yagona siyosat olib boruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.

Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

Vazirlik, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy va idora bo‘ysunuvidagi bo‘linmalar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, o‘zining mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy hisobvaraqlariga ega. Vazirlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, qisqartirilgani — Mehnat vazirligi;

b) ingliz tilida:

to‘liq nomi — Ministry of Employment and Labour Relations of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — Ministry of Labour;

v) rus tilida:

to‘liq nomi — Министерство занятости и трудовых отношений Республики Узбекистан, qisqartirilgani — Министерство труда или Минтруда.


  • Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili): 100031, Toshkent shahri, Mirobod ko‘chasi, 15.


Quyidagilar Vazirlik tizimiga kiradi:

  • Vazirlikning markaziy apparati;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari;

  • Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, unga bo‘ysunadigan fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha hududiy filiallar, xorijga ketayotgan fuqarolarni jo‘nab ketishdan oldin moslashtirish markazlari va Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari;

  • Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi;

  • Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslari;

  • Toshkent shahrida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi;

  • ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish hududiy markazlari;

  • malakani baholash markazlari;

  • “Mehnat.uz” axborot-kompyuter markazi” MCHJ;

  • Toshkent va Farg‘ona shaharlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari;

  • kasb-hunar kollejlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi;

  • Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi;

  • “Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Monomarkaz” MCHJ;

  • O‘zbekiston-Malayziya kasb-hunar ta'limi markazi;

  • chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish markazlari;

  • oldindan ko‘niktirish va kasbga tayyorlash markazlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari Vazirlikka va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) hokimliklariga bo‘ysunadi va hisob beradi.

Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini bajarishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


Download 48,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish