Bank balansi, uning moddalari va tuzish tartibini takomillashtirish



Download 128,5 Kb.
bet7/8
Sana14.07.2022
Hajmi128,5 Kb.
#793706
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bank balansi, uning moddalari va tuzish tartibini takomillashtirish (2)

Korxonalar balansi hisobot bir shakli sifatida urnatilgan tartib Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Solik inspektsiyasining korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisoboti shakllarini tuzish buyicha kursatmasiga asosan andozadagi blankalarga tuziladi. Undagi kursatkichlar umumiy bir ulchov birligida, yaʼni pul kursatkichida aks ettiriladi.

Bu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nechta bulib, moddalari ham turlichadir. Аmmo undagi moddalarning nechtasida kursatkichlar aks ettirilishi, korxonaning xalq xujaligining qaysi tarmoyoiga qarashliligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga, uning faoliyat mikyosi qay darajadaligi kabi omillarga boyoliq buladi.

Balansning ahamiyati shundaki, undagi maʼlumotlar asosida korxona faoliyati urganiladi, taxlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari iqtisodiyotdagi tub uzgarishlar natijasida vujudga kelgan turli mulkchilik sharoitidagi tashqi foydalanuvchilar (aktsiyadorlar, investorlar) uchun ham korxona haqida maʼlumotga ega bulishida katta ahamiyat kasb etadi.

Balans ikkala qismi jami summalari teng bulishi shart Bu tenglik aktivda xujalik mabla\lari passivda esa shu mabla\larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi Balans suzi tenglik tarozuning ikki pallasi degan maʼnolarni bildiradi.

4. BANKLARDA BUXGALTERIYA BALANSINI TUZISH TARTIBI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH


Bankning buxgalteriya balansi – bank moliyaviy faoliyati natijalarini ko‘rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shaklidir.
Balans yordamida bank faoliyati tahlil qilinadi va nazorat olib boriladi.
Banklarda balans har bir ish kuni bo‘yicha kunlik balans tuziladi.
Balansning birinchi bo‘limi “AKTIVLAR” bo‘limi bo‘lib, o‘z ichiga bir qator asosiy hisobvaraqlarni birlashtiradi. Bank aktivlari naqd pullardan boshlab hisobga olinadi. Naqd pullarni hisobga olish uchun 10100 hisob raqami ajratilgan. Bu hisob raqam nomi “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” bo‘lib, o‘z ichiga “Kassadagi naqd pullar”, “Naqd pullar zaxirasi”, “Yo‘ldagi naqd pullar”, “Valuta almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”, “Bankomatlardagi naqd pullar”, “Bank binosidan tashqarida joylashgan kassalardagi naqd pullar” kabi bir qator subhisob varaqamlarni birlashtiradi.
Bundan tashqari, ushbu bo‘limda:
10300 – “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankidagi hisob varaqamlari”
10500 – “Bankning boshqa banklardagi hisob raqamlari” nomli asosiy hisobvaraqlar va ularga tegishli bo‘lgan bir qator subhisob raqamlari ochilgan. Respublikadagi mavjud qonun qoidalarga asosan barcha Respublika tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida o‘z vakillik hisobvaraqlarini ochadilar.
Oldi-sotdi uchun mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar hisobini yuritish uchun 10700 hisob raqam ajratilgan 10900 hisob raqami esa oldi-sotdi uchun mo‘ljallangan qimmatbaho metallarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Bu ikkala asosiy hisobraqamlar ham bir necha subhisob raqamlarni o‘ziga birlashtiradi.
Balansda kredit muddatlari va iqtisodiyotdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qaysi mulkchilik shakliga berilishiga qarab tasnif qilinadi.
Balansda kredit muddatlari va iqtisodiyotdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qaysi mulkchilik shakliga berilishiga qarab tasnif qilinadi.
Sud jarayonidagi kreditlar va avanslar 15300 asosiy hisobraqamda olib boriladi.
Bank investitsiyalari 15900 asosiy hisob raqamda hisobga olinadi va ikki kategoriyaga bo‘linadi:
1. Hukumat obligatsiyalariga investitsiya qilingan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining obligatsiyalariga hamda xususiy obligatsiyalarga investitsiya qilingan mablag‘lar;
2. O‘z qimmatbaho qog‘ozlariga qo‘yilgan investitsiyalar. Bu qimmatli qog‘ozlarning hisobi yuqorida ko‘rsatilgan hisob raqamda olib borilmaydi.
Bankning asosiy vositalari 16500 hisob raqamlarida hisobga olib boriladi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar – bank aktivlarining asosiy moddalaridan biri hisoblanadi, chunki bank o‘z faoliyatini tashkil qilish uchun moddiy bazaga, operatsiyalarni bajarish uchun shart-sharoitg ega bo‘lishi lozim.
Bankning asosiy vositalari 16500 hisob raqamlarida hisobga olib boriladi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar – bank aktivlarining asosiy moddalaridan biri hisoblanadi, chunki bank o‘z faoliyatini tashkil qilish uchun moddiy bazaga, operatsiyalarni bajarish uchun shart-sharoitg ega bo‘lishi lozim.
II bo‘lim «MAJBURIYATLAR» bo‘limi bo‘lib, bank balansining majburiyatlar bo‘limi depozitlardan boshlanadi. Depozit majburiyatlari muddati va uni qo‘ygan mijozning mulkchilik shakliga taalluqligicha tasniflanadi.
Bank balansining III bo‘limi «XUSUSIY KAPITAL» bo‘limidir.
Ushbu bo‘lim o‘z ichiga 30300 – «Ustav kapitali», 30600 – «Qo‘shimcha kapital» va 30900 – «Zaxira kapitali» deb nomlangan asosiy hisob raqamlarini oladi. Tijorat bankining aksiyadorlik kapitali bankning o‘z mablag‘lari hajmini ifodalaydi. Markaziy Bank tijorat banklarining kapital hosil qilish darajasini va tuzilmasini tartibga solib turadi, bu esa bank daromadlarini yaxshilaydi.
BANK DAROMADLARINI HISOBGA OLISH UCHUN IV BO‘LIM – “DAROMADLAR” BO‘LIMI AJRATILGAN.
“Daromadlar” bo‘limi o‘z ichiga bankning hisobot davridagi barcha daromadlarini oladi. Barcha foizli daromadlar 4020044900 hisob raqamlarda aks ettiriladi. Bankning aktivlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalari natijasida olgan foizli daromadlari 40201-44901 hisob raqamlarda hisobga olib boriladi. Balans hisoboti davrida hisoblangan, lekin xali olinmagan daromadlar summasiga 16300 – «Aktivlar bo‘yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag‘idagi tegishli balans hisob raqamlari debetlanadi va unga mos kelgan daromadlar balans hisob raqami kreditlanadi.
Bank balansining V bo‘limi bu «XARAJATLAR» bo‘limidir..
Bank balansining V bo‘limi bu «XARAJATLAR» bo‘limidir.Bu bo‘limda hisobot davrida bankning barcha xarajatlari aks ettiriladigan hisob raqamlar ochilgan. Bankning depozit majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlarining hisobi 50101-54902 balans hisob raqamlarida yuritiladi. Barcha xarajatlar majburiyatlarning turlari bo‘yicha tasniflangan.
Bank bino-inshootlarini, jihozlarini, ko‘chmas mulkni sotishdan ko‘rilgan zararlar hamda yuqorida ko‘rsatilgan hisob raqamlarda, hisobga olingan zararlarning hech biriga tegishli bo‘lmagan boshqa foizsiz xarajatlar 55900«Boshqa foizsiz xarajatlar» asosiy hisob raqamda aks ettiriladi.
VI bo‘lim «KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR BO‘YICHA HISOB RAQAMLAR» bo‘limidagi balansdan tashqari hisob raqamlar ham xuddi balans ichidagi hisob raqamlar kabi ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi.
Buning uchun hisob raqamlar rejasidagi har bir balansdan tashqarida joylashgan hisob raqam uchun kontr – hisob raqam biriktirib qo‘yilgan bo‘lib, ular buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirish maqsadida ishlatiladi.
Shunday qilib, banklarda yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarni o‘z ichiga olgan balans tuziladi, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalter unga imzo qo‘yishlari lozim. Shundan so‘ng, bank ish kuni to‘liq yakunlangan hisoblanadi.

Download 128,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish