Bank haqida ma'lumot (investitsiyaviy imkoniyatlar)



Download 16,72 Kb.
Sana21.02.2022
Hajmi16,72 Kb.
#677

Bank haqida ma'lumot (investitsiyaviy imkoniyatlar)
“Orient Finans” xususiy aksiyanerlik tijorat banki aktivlarning barqaror o‘sish dinamikasiga ega bo‘lib, aholi bilan bir qatorda bankning koorporativ va xususiy mijozlarga kompleks moliyaviy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bankning ishonchli moliyaviy holati, xalqaro va milliy reyting agentliklar tomonidan berilgan kredit reytinglar orqali o‘z tasdig‘ini topadi. Hozirgi vaqtda bank «Standard&Poor,s» reyting agentligining “V-/S” darajasidagi “Barqaror” prognozi bilan xalqaro reytingga ega. Xalqaro standartlarga muvofiq, 2012-2014 yillardagi bank moliyaviy hisobotining ishonchliligi «Ernst & Young» MChJ xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan. 2015 yildan boshlab bank auditi «PricewaterhouseCoopers» MChJ xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazib kelinadi.
Bankda, ISO 90001:2008 xalqaro standart talabiga muvofiq, bank mijozlariga taklif etiladigan xizmatlarning sifatini doimiy yaxshilab borishga qaratilgan xalqaro sifat tizimi joriy etilgan. 2013 yilda bank «Global Trade Leaders Club» tashkilotining yillik o‘tkaziladigan “Sifat uchun” xalqaro yevropa mukofotining sovrindori bo‘ldi. 2014 yilda esa, bank “Imej va sifat ilg‘ori” xalqaro yevropa mukofotining takroriy sovriniga ega bo‘ldi. Klubning asosiy faoliyati, butun dunyo tashkilotlari o‘rtasida iqtisodiy va professional munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, asosiy urg‘u kichik va o‘rta biznes korxonalariga, shuningdek transmilliy kompaniyalarga qaratiladi.
«Orient Finans» XATB dunyoning yirik moliyaviy institutlari bilan faol hamkorlik olib boradi. Bankning Raiffeisen Bank international AG (Vena, Avstriya), Commerzbank AG (Frankfurt, Germaniya), Aziya-Invest Bank (Moskva, Rossiya) kabi xalqaro banklarda korrespondent hisoblarning mavjudligi, bankka xalqaro tranzaksiyalar va hujjatlar operatsiyasini tezkorlik bilan amalga oshirish imkonini beradi.
2015 yilda «Orient Finans» XATBga Xususiy Sektorni Rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasi tomonidan, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun loyihaviy moliyalashtirishga 5,0 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini ajratish masalasi tasdiqlandi.
2012 yildan boshlab, bank «Mastercard» to‘lov tizimining to‘laqonli prinsipial a'zosi (Principal Member) hisoblanadi. 2016 yilda bank prinsipial a'zo sifatida «China Union Pay» va «Visa International» kabi xalqaro to‘lov tizimlarini joriy etishni rejalashtirgan.
«Orient Finans» XATB biznesining asosiy yo‘nalishi korporativ va xususiy mijozlar, shuningdek mahalliy va xalqaro moliyaviy institutlar bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish hisoblanadi. Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish asosida kompleks va sifatli xizmat ko‘rsatish tamoyili, xizmat ko‘rsatishda individual yondashuv va xalqaro standartlarga muvofiq standart texnologiyalar uyg‘unligi yotadi.

Банк ҳақида маълумот (инвестициявий имкониятlar)
“Ориент Финанс” хусусий акциянерлик тижорат банки активларнинг барқарор ўсиш динамикасига эга бўлиб, аҳоли билан бир қаторда банкнинг коорпоратив ва хусусий мижозларга комплекс молиявий хизмат кўрсатиб келмоқда. Банкнинг ишончли молиявий ҳолати, халқаро ва миллий рейтинг агентликлар томонидан берилган кредит рейтинглар орқали ўз тасдиғини топади. Ҳозирги вақтда банк «Standard&Poor,s» рейтинг агентлигининг “В-/С” даражасидаги “Барқарор” прогнози билан халқаро рейтингга эга. Халқаро стандартларга мувофиқ, 2012-2014 йиллардаги банк молиявий ҳисоботининг ишончлилиги «Ernst & Young» МЧЖ халқаро аудиторлик компанияси томонидан тасдиқланган. 2015 йилдан бошлаб банк аудити «PricewaterhouseCoopers» МЧЖ халқаро аудиторлик компанияси томонидан ўтказиб келинади.
Банкда, ISO 90001:2008 халқаро стандарт талабига мувофиқ, банк мижозларига таклиф этиладиган хизматларнинг сифатини доимий яхшилаб боришга қаратилган халқаро сифат тизими жорий этилган. 2013 йилда банк «Global Trade Leaders Club» ташкилотининг йиллик ўтказиладиган “Сифат учун” халқаро европа мукофотининг совриндори бўлди. 2014 йилда эса, банк “Имеж ва сифат илғори” халқаро европа мукофотининг такрорий совринига эга бўлди. Клубнинг асосий фаолияти, бутун дунё ташкилотлари ўртасида иқтисодий ва профессионал муносабатларни қўллаб-қувватлашга йўналтирилган бўлиб, асосий урғу кичик ва ўрта бизнес корхоналарига, шунингдек трансмиллий компанияларга қаратилади.
«Ориент Финанс» ХАТБ дунёнинг йирик молиявий институтлари билан фаол ҳамкорлик олиб боради. Банкнинг Raiffeisen Bank international AG (Вена, Австрия), Commerzbank AG (Франкфурт, Германия), Азия-Инвест Банк (Москва, Россия) каби халқаро банкларда корреспондент ҳисобларнинг мавжудлиги, банкка халқаро транзакциялар ва ҳужжатлар операциясини тезкорлик билан амалга ошириш имконини беради.
2015 йилда «Ориент Финанс» ХАТБга Хусусий Секторни Ривожлантириш бўйича Ислом Корпорацияси томонидан, хусусий тадбиркорликни ривожлантириш учун лойиҳавий молиялаштиришга 5,0 миллион АҚШ доллари миқдорида кредит линиясини ажратиш масаласи тасдиқланди.
2012 йилдан бошлаб, банк «Mastercard» тўлов тизимининг тўлақонли принципиал аъзоси (Principal Member) ҳисобланади. 2016 йилда банк принципиал аъзо сифатида «China Union Pay» ва «Visa International» каби халқаро тўлов тизимларини жорий этишни режалаштирган.
«Ориент Финанс» ХАТБ бизнесининг асосий йўналиши корпоратив ва хусусий мижозлар, шунингдек маҳаллий ва халқаро молиявий институтлар билан ўзаро муносабатларни ривожлантириш ҳисобланади. Мижозлар билан ўзаро муносабатларни ривожлантириш асосида комплекс ва сифатли хизмат кўрсатиш тамойили, хизмат кўрсатишда индивидуал ёндашув ва халқаро стандартларга мувофиқ стандарт технологиялар уйғунлиги ётади.

Download 16,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish