Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Investitsiya vositachisining depozitar operatsiyalarni amalga oshirish chog‘idagi faoliyati



Download 94,14 Kb.
bet37/58
Sana09.06.2022
Hajmi94,14 Kb.
#648789
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
Bog'liq
2-JN Bank huquqi

27-modda. Investitsiya vositachisining depozitar operatsiyalarni amalga oshirish chog‘idagi faoliyati
Investitsiya vositachisi depozitar operatsiyalarni amalga oshirayotganda:
manfaatdor shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni va pul mablag‘larini hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi;
deponentlarning har biriga tegishli qimmatli qog‘ozlarning soni va nominal qiymati hisobini yuritishi;
qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzish va mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar bajarish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
depo hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakil qilgan shaxslarning yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(27-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
deponentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvarag‘idan tegishli ko‘chirma bergan holda tasdiqlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlarning hisobvaraqlaridagi qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larining mavjudligi va harakati, ularning holati to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligini ta’minlashi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib turishi;
o‘z faoliyatiga taalluqli ma’lumotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining yozma talablariga ko‘ra qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda taqdim etishi;
o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq kafolat fondini shakllantirishda ishtirok etish, shuningdek qonunchilikka muvofiq javobgarlikni sug‘urta qilish yo‘li bilan qoplash imkoniyatini nazarda tutishi;
(27-moddaning sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
o‘zida hisobga olinadigan qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlari rekvizitlariga Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan olingan ma’lumotlar asosida o‘zgartirishlar kiritishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiya vositachisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarning pul mablag‘larini hisobga olish va ularning but saqlanishini ta’minlash tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.

Download 94,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish