Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borishga doir cheklovlar



Download 94,14 Kb.
bet36/58
Sana09.06.2022
Hajmi94,14 Kb.
#648789
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58
Bog'liq
2-JN Bank huquqi

25-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borishga doir cheklovlar
Investitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan birga qo‘shib olib borilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiya maslahatchisi, agar u emitentlarga qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish xizmatlarini (transfer-agent xizmatlarini) ko‘rsatayotgan bo‘lsa, investitsiya vositachisi professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001)
Professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishga doir qo‘shimcha cheklovlar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
26-modda. Investitsiya vositachisining faoliyati
Mijozning topshirig‘iga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi investitsiya vositachisidir.
Investitsiya vositachisi mijozlarining qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari, agar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya vositachisining o‘z hisobvaraqlaridan alohida hisobvaraqlarda turishi kerak.
Investitsiya vositachisi har bir mijozning qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari hisobini yuritishi, qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi, tuzilgan bitimlar va amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida unga hisobot berishi shart.
Investitsiya vositachisi mijozlarning qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishga buyurtma berish, o‘tkazish borasidagi topshiriqlarini vijdonan hamda ularning kelib tushishi tartibida bajarishi kerak. Mijozlarning topshirig‘iga binoan amalga oshiriladigan bitimlar investitsiya vositachisining o‘z dilerlik operatsiyalariga nisbatan ustun ravishda bajarilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar investitsiya vositachisi tomonidan tegishli topshiriq olinguniga qadar investitsiya vositachisi va uning mijozi o‘rtasidagi mijoz xabardor qilinmagan manfaatlar to‘qnashuvi mijozga zarar yetkazilishiga olib kelsa, investitsiya vositachisi zararning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashi shart.
(26-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Investitsiya vositachisi tomonidan investitsiya vositachisi sifatidagi faoliyatni to‘xtatib turish, tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan yoki u tugatilgan taqdirda, tegishli axborot qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran ikki ish kuni ichida ommaviy axborot vositalarida va fond birjasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Investitsiya vositachisi sifatida o‘z faoliyatini to‘xtatib turayotgan, tugatayotgan yoki tugatilayotgan investitsiya vositachisida hisobi yuritilayotgan qimmatli qog‘ozlar mijozning qaroriga ko‘ra bir haftalik muddatda boshqa investitsiya vositachisiga o‘tkaziladi, bunday qaror mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, qimmatli qog‘ozlarning egasi tanlagan investitsiya vositachisiga qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik o‘tkazish uchun Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga (faoliyatni to‘xtatib turish hollari bundan mustasno) o‘tkaziladi.
Yuridik shaxsni — investitsiya vositachisini tugatish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi ushbu moddaning oltinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlar yakunlanganligini yozma ravishda tasdiqlaganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.

Download 94,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish