Banklarda elektron pullar hisobi va auditi



Download 18,56 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi18,56 Kb.
#416195
Bog'liq
Asosnoma


Toshkent moliya instituti magistratura bo‘limi BIA- 3k guruhi talabasi Bekmurodov Shaxzodning “Banklarda elektron pullar hisobi va auditi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi

ASOSNOMASI


Tayanch so‘zlar: ayirboshlash operatsiyasi, bir emitentli elektron pullar tizimi, ko‘p emitentli elektron pullar tizimi, oldindan to‘langan karta (prepaid card), xavfsizlik tartib-taomili, elektron pullar egasining shaxsiy kabineti, elektron hamyon, elektron hamyonni bloklash, emitent.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi.
Emitent, operator, elektron pullar tizimining agenti, elektron pullar egasi, shuningdek emitent bilan shartnoma tuzgan banklar, to‘lov tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar elektron pullar tizimining subyektlari hisoblanadi.
Elektron pullar tizimining ishlashini ta’minlaydigan bank va tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan to‘lov tashkiloti operator hisoblanadi.
Emitent yoki emitent bo‘lmagan boshqa bank operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining hisob-kitob banki bo‘lishi mumkin.
Emitent elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlashi to‘g‘risida Markaziy bankka mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboradi.
Xabarnomada operatorning (tovar belgisining) nomlanishi va operatorga berilgan litsenziya raqami, emitent, operatorning hisob-kitob banki va elektron pullar tizimi agentlari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Emitent Markaziy bankka xabarnoma bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
emitent operator bo‘lmagan hollarda va unga elektron pullar tizimining tovar belgisi tegishli bo‘lmagan taqdirda emitentning elektron pullar tizimidagi o‘rnini tasdiqlovchi hujjatlarni;
elektron pullar tizimi subyektlari bilan tuziladigan shartnomalar namunalarini.
Elektron pullar elektron pullar tizimida har bir elektron pullar egasiga elektron pullar tizimining qoidalari, elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnoma hamda emitent va operator o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq elektron hamyon shakllantiriladi yoki oldindan to‘langan karta (prepaid card) ko‘rinishida emitent, operator yoki elektron pullar tizimining agenti tomonidan beriladi.
Elektron pullar egasining shaxsiy kabineti orqali ko‘rsatiladigan to‘lov xizmatlari ro‘yxati va ularni ko‘rsatish tartibi elektron pullar tizimi qoidalari hamda elektron pullar egasi va emitent yoki operator o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
Tadqiqotning maqsadi banklarda elektron pullar tizimini yaratish va tartibga solishning nazariy va amaliy jihatlarini, shu jumladan O‘zbekiston tijorat banklarida elektron pullar hisobini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy asoslarni, xulosalar va tavsiyalarni ishlab chiqishni tahlil qilishdir.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Banklarda elektron pullar tizimini yurutish;

  • Elektron pullar boshqarish uchun bankning tashkiliy tuzilmasini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

  • banklarda elektron pullarni boshqarish bo‘yicha mavjud metodologiyalarni tahlil qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida elektron pullar bo‘yicha xorijiy tajribadan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va baholash;

  • O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida elektron pullar tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar, shuningdek ularni boshqarish taktikasi va strategiyalarini ishlab chiqish.

Tadqiqotning metodlari. Dissertatsiyada umummantiqiy (induksiya, deduksiya, tahlil va sintez, analogiya, umumlashtirish) va xususiy-ilmiy (taqqoslash, guruhlash, statistik tahlil va iqtisodiy-matematik) metodlardan foydalaniladi.
Tadqiqotning obyekti O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Infin bankning faoliyati hisoblanadi. Mavzuni ishlab chiqishda xorijiy banklar tajribasini o‘rganishga ham e’tibor qaratiladi.
Tadqiqotning predmeti banklarda elektron pullar hisobi va auditini tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Olinishi kutilayotgan natijalar va ularning yangiligi quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida elektron pullar bo‘yicha tavsiyalar;

  • O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida xorij amaliyotini o‘rgangan holda elektron pullarni boshqarish tizimini takomillashtirish;

  • O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida elektron pullarni to‘g‘ri baholash natijasida risklarni kamaytirish amaliyotini joriy qilish.

Amaliy ahamiyati. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqiladigan taklif va tavsiyalarni amaliyotga joriy etish O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida elektron pullar xajmini oshirish chora tadbirlarini ko’rib chiqish.
Tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi. Magistrlik dissertatsiya ishida xorij amaliyotini o‘rgangan holda ishlab chiqiladigan ilmiy taklif va tavsiyalar, mamlakatimizda o‘z faoliyatini olib borayotgan tijorat banklari faoliyatiga keng miqyosda tatbiq qilinishi natijasida, banklar faoliyatiga ijobiy ta’sir qilishi va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish ehtimolligi yuqori.
Qo‘llanish sohasi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar, shuningdek, berilgan amaliy takliflarni, elektron pullar hisobi va ularning bank faoliyatiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida keng qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, tadqiqot ishining asosiy natijalari universitetda o‘qitiladigan “Bank ishi” va “Bank hisobi va audit” mutaxassislik fanlarini o‘qitishda hamda ularning bazasida tayyorlanadigan mutaxassislarning malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Download 18,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish