Banklarining foiz



Download 142,21 Kb.
bet4/4
Sana06.07.2022
Hajmi142,21 Kb.
#744795
1   2   3   4
Bog'liq
9-MAVZU

Omillar

Izoh

1

2

3

1.

Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati

  • Ya’ni bozorda qanday miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa, u kamayadi.

2.

Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi

  • Aniqrog’i shu pulning iste’mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko’p foyda keltirsa, yoki iste’molchi ehtiyojini to’laroq qondirsa, foiz yuqori bo’ladi, aks holda u pasayib ketadi. Bunda

pulni hozir ishlatishdan tegadigan naf taqqoslanadi.

3.

Qarzni to’lash muddati va sharti

  • Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin-asta kichik- kichik qismlarga bo’lib, bemalol qaytarish mumkin bo’lsa, qarzdor past foizni ma’qul ko’radi. Gap shundaki, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad ko’rish mumkin va shu hisobdan foiz to’lash engil

bo’ladi.

4.

Qarzning qanday pul bilan berilishi

  • Agar qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valyutada berilsa, foiz nisbatan past o’rnatiladi. Konvertirlangan pul obro’-e’tiborli bo’lganidan

uni ishlatish oson, undan tezda daromad ko’rish mumkin.

5.

Inflyatsiya darajasi

  • Inflyatsiya yuz bersa, qarzga beriladigan pul egasiga qaytib kelguncha o’z qadrini qisman yo’qotadi. Bunda pul egasi yutkazadi. Shu sababli foiz inflyatsiyani hisobga olib o’rnatiladi. Foiz inflyatsiya shiddatiga nisbatan to’g’ri

mutanosiblikda o’zgaradi.

6.

Pulni qarzga berishdan ko’ra boshqa yo’sinda ishlatishdan tushadigan daromad

  • Bunda pul egasining afzal ko’rish tamoyili amal qiladi. Agar aktsiya dividendi yuqori bo’lsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aktsiyaga 15 % dividend berilsa, foiz undan yuqori bo’lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aktsiya

sotib olishni afzal ko’radi.

7.

Qarz berishning risk darajasi

  • Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli bo’lib, qarz qaytishi shubhali bo’lsa, foiz yuqori bo’ladi. Odatda moliyaviy baquvvat va nufuzli firmalar uchun past foiz belgilanadi. Yuqori va past foiz o’rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz riskini kamaytiradi, chunki bir erda foizning kamligi, boshqa erda uning ortiq bo’lishi bilan

qoplanadi.

Iqtisodiyotda kreditga bo’lgan talab ko’p omillarga bog’liq. Birinchidan, kreditga bo’lgan talab mamlakatdagi baholar darajasi bilan funktsional bog’liqlikka ega. Iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar bahosi ko’tarilishi sharoitida, sub’ektlar qo’shimcha mablag’ga muhtoj bo’ladi. Chunki ishlab chiqarish uchun zarur tovar va xizmatlar bahosi oshishi qo’shimcha mablag’ni talab etadi. Bunday holatda tashqi moliyalash manbalariga, xususan bank kreditlariga talab ortadi.





68 Abdullaev Yo. va boshq. “Bank ishi” TMI., “Moliya-iqtisod” 2009 y. 242 b.



Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonlari rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyoti, texnologik jarayonlarning takomillashuvi, yangi ish o’rinlarining yaratilishi kabilar ham pul mablag’lariga bo’lgan talabning oshishiga olib keladi.


Biz ta’kidlab o’tganimizdek, real daromadning o’sishi kreditga bo’lgan talab va taklifga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida iqtisodiyotda resurslar ko’payib, ular aylanishi tezlashadi. Daromad samarasining mexanizmi iqtisodiy tsikl davridagi foiz stavkasining darajasi bilan tushuntiriladi. Foiz stavkasining o’zgarishi real daromad harakatiga mos keladi. Chunki sub’ektlar real daromadining o’sishi pul mablag’lariga bo’lgan talabni oshiradi. Bunda foiz stavkasi darajasi nisbatan oshadi. Umuman foiz stavkasining oshishi, daromadning real o’sishiga mutanosib ravishda bo’ladi.
2017 yilda banklararo pul bozorida amalga oshirilgan operatsiyalar tahlili mazkur davrda olib borilgan pul-kredit siyosatining ushbu bozordagi foiz stavkalari dinamikasiga sezilarli ta’sir qilganligini ko’rsatmoqda.Xususan, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini 2017 yilning birinchi yarim yilligida 9 foizlik darajada ushlab turilishi sharoitida banklararo pul bozoridagi o’rtacha tortilgan foiz stavkasining 8,0 – 9,1 foiz oralig’ida tebranib turishi iqtisodiyot real sektorini kreditlash jarayonlarida o’z aksini topdi.
Umuman olganda, 2017 yilning ikkinchi yarmida Markaziy bank tomonidan 11 ta tijorat bankiga jami 1,75 trln. so’mlik kreditlar taqdim etilgan bo’lib, mazkur kreditlarning asosiy qismi tizimli ahamiyatga ega bo’lgan banklar hissasiga to’g’ri keldi.
Hisobot yilining birinchi yarim yilligi oxirida Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining
9 foizdan 14 foizgacha oshirilishi banklararo pul bozoridagi operatsiyalar bo’yicha foizlar dinamikasiga o’z ta’sirini o’tkazdi.
Xususan, banklararo pul bozorida o’rtacha foiz stavkalari yanvar-iyun oylaridagi 8,0-9,1 foizdan iyul-dekabr oylarida 12-13,1 foizgacha oshdi.
Qayd etish lozimki, 2017 yilning IV choragida bank tizimida likvidlilik hajmi oshgan bo’lsa-da, uning asosiy qismi alohida yirik banklar hissasiga to’g’ri kelganligi sababli, banklararo pul bozorida foiz stavkalari mos ravishda pasaymadi.
Bunda ayrim yirik banklar bo’yicha likvidlilikning oshirilishi ularning o’z mijozlari oldidagi qisqa muddatli majburiyatlarini bajarish maqsadlarida amalga oshirilgan bo’lib, ushbu moliyaviy resurslar banklararo pul bozorida taklif hajmiga ta’sir qilmadi.
Natijada 2017 yilning oktyabr-dekabr oylarida banklararo pul bozoridagi o’rtacha tortilgan foiz stavkasining 11,8 foizdan 13,1 foizgacha oshishi kuzatildi.
Ta’kidlash joizki, banklararo pul bozoridagi foiz stavkalarining oshib borishi, o’z navbatida, tijorat banklari kreditlari bo’yicha foiz stavkalarining oshishiga o’z ta’sirini o’tkazdi.
Xususan, bank kreditlari bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi (imtiyozli kreditlar hisobga olinmaganda) 2017 yilning birinchi yarim yilligida 14,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, hisobot yilining oxiriga kelib ushbu ko’rsatkich 18,5 foizgacha ko’tarildi.
Foiz stavkalarining o’zgarishiga, shuningdek, banklarda likvidlilik miqdorining kamayishi va banklararo pul bozorida tijorat banklari o’rtasidagi operatsiyalar hajmining qisqarishi ham ta’sir ko’rsatuvchi omillardan bo’ldi.
Tijorat banklarining raqobatbardoshligini va bank xizmatlari samaradorligini oshirish tijorat banklarining muhim strategiyalaridan hisoblanadi. Tijorat banklari faoliyatining samaradorligi bank xizmatlarining samaradorligi bilan bevosita bog’liq. Bank xizmatlarining samaradorligi esa, xizmatlar bahosi darajasiga chambarchas bog’liq. Banklarning xizmatlar bozorida etakchi bo’lish, xizmatlar soni va sifatini oshirish bugungi kunda tijorat banklari baho siyosatining muhim strategik yo’nalishi hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar

  1. Foiz stavkalarining qanday turlari mavjud?

  2. Tijorat banklari foiz siyosatining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  3. Oddiy foizlar qanday hisoblanadi?

  4. Murakkab foizlar qanday hisoblanadi?




  1. Tijorat banklari jalb qilgan resurslar bahosiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?

  2. Tijorat banklari kreditlarining bahosiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?

  3. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalari o’rtasida qanday aloqadorlik mavjud?

  4. Pul bozorida foiz stavkalari qanday shakllanadi?

  5. Kapitallar bozorida foiz stavkalari qanday shakllanadi?

Download 142,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish