Barcha dasturlash tillari kabi Python dasturlash tili ham rivojlanib, zamonga va talabga qarab ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’zgarishlar kiritib borilmoqda



Download 4,22 Mb.
bet2/52
Sana23.12.2022
Hajmi4,22 Mb.
#894684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Python дастурлаш тили Lotin yangi

Pythonni o’rnatish.

Python tili ham boshqa dasturlash tillari kabi rivojlanib boradi. Shu kunga qadar uning bir qator versiyalari ishlab chiqilgan. Uning oxirgi versiyalarini ko’chirib olish, o’rnatish tilning rasmiy sayti www.python.org ga kirib o’zimizga kerakli bo’lgan versiyasini ko’chirib olish mumkin. Masalan, shu saytda kirib, undagi Download bo’limidan Download Python 3.10 taklif etilgan versiyasini ko’chirib olamiz va uni o’rnatamiz.



1-rasm. Python rasmiy sayti
Dasturni o’rnatish jarayoni juda sodda bo’lib, qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’lish talab etilmaydi.

2-rasm. Python ni o’rnatish oynasi
Dasturni o’rnatishdan oldin Add Python 3.10 to PATH maydoniga bayroqcha belgisini o’rnatib qo’yish lozim bo’ladi. So’ngra Install Now tugmasini ishga tushirish orqali dastur to’la o’rnatiladi.

3-rasm. Python ni o’rnatish jarayoni


Dasturni ishga tushirish.
Dastur o’rnatilganidan so’ng “Pusk” menyusidan IDLE (Python 3.10 64 bit) tugmasi orqali dasturni ishga tushirish mumkin bo’ladi. IDLE (Integrated Development and Learning Environment) - bu Python tili o’qitish va unda ishlashning integrallashgan muxiti hisoblanadi u Tkinter1 kutubxonasi yordamida yaratilgan.
IDLE asosan ikkita standart va tahrirlash oynalariga ega. U bir vaqtning o'zida bir nechta tahrirlovchi oynalar bilan ishlash imkoniyati berilgan. Har bir oyna o’z menyusiga ega.

4-rasm. Python ni ishga tushirish tugmachalari

IDLE ishda tushirilganda uning standart oynasi ishda tushadi (5 rasm). Ushbu oynani ko’pincha integrallashgan rejim oynasi, qobiq oyna yoki terminal oynasi deb ham yuritiladi


Python ning standart oynasi quyidagi 5- rasmdagi ko’rinishda bo’lib, dastur bilan ishlash imkonini beradi.

5-rasm. Python ning standart muxiti



“-”, “ ”, “х”
Ushbu oynani ayrim adabiyotlarda “terminal” oynasi deb yuritiladi, keling biz bu oynani Pythonning standart oynasi deb ataylik. Windows muxitidagi oynalar kabi ushbu oynaning birinchi satri sarlavxa satri deb yuritilib, uning chap tomonida muxit nomi, versiyasi, o’ng tomonida esa uchta tugmalari joylashgan. Ikkinchi satr menyu satri bo’lib, standart oynasining asosiy menyulari (File, Edit, Shell, Debug, Options, Window, Help) joylashgan. Undan keyin asosiy oyna joylashgan bo’lib, oynaning birinchi satrida Python versiyasi, o’rnatilgan vaqti va boshqa ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’ladi. Oynaning keyingi qismida “>>>” ko’rinishdagi taklif belgisi joylashgan bo’lib, shu qatorga turli ko’rinishdagi ma’lumotlarni kiritish va natijalarni ko’rish mumkin bo’ladi. Masalan, ko’pgina muxitlarda ishni boshlashdan avval shu muxit bilan salomlashish odat tusiga kirgan. Keling biz ham ishimizni Python bilan salomlashishdan boshlaylik. Buning uchun taklif belgisidan so’ng
>>> print (“Salom Python”) yozuvini kiritamiz Enter tugmasini bosamiz. Natijada oynada:
Salom Python yozuvi hosil bo’ladi.
Muxitdan chiqish uchun CtrlQD tugmalar kombinatsiyasi yordamida yoki taklif satrida exit() byurug’ini kiritish orqali, shuningdek, standart holda sarlavha satridagi  tugmasini ishga tushirish orqali amalga oshiriladi.

Download 4,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish