Barcha davlatlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jamoat joylaridagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq­buzarliklarning oldini olish muhim masalalardan biri bo‘lib



Download 17,25 Kb.
Sana23.05.2022
Hajmi17,25 Kb.
#607078
Bog'liq
Yaponiya


Barcha davlatlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jamoat joylaridagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq­buzarliklarning oldini olish muhim masalalardan biri bo‘lib, ushbu vazifa bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy bo‘linmalarning faoliyatini takomillashtirish masalalari turli yo‘llar va usullar orqali amalga oshiriladi. Ya’ni o‘ziga xos milliy tizimlar ishlab chiqilib, jamoat xavfsizligini ta’minlash tatbiq etilib kelinmoqda.
Ularni o‘rganish mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlashning muhim yo‘nalishlari va yo‘llarini, bu boradagi davlat siyo­satini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Osiyo davlatlari orasida jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida o‘ziga xos jihatga ega bo‘lgan tizim Yaponiyada shakllangan. Yaponiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri hisoblanib, fuqarolarning qonunga so‘zsiz amal qilishi bilan mashhur. Dunyoning aholisi zich joylashgan davlatlardan biri bo‘lishiga qaramasdan, jinoyatchilik ko‘rsatkichlari past mamlakat bo‘lib qolmoqda. Shunga qaramasdan o‘lim jazosi ham qo‘llanilib kelinmoqda. Mamlakatda qurol bilan sodir etiladigan jinoyatlar deyarli yo‘q, giyohvandlik, zo‘ravonlik va jamoat joylaridagi boshqa jinoyatlarning ko‘rsatkichlari ham past darajada.
Mamlakatda kunduzgi va tungi vaqtlarda harakatlanish xavfsiz hisoblanib, voyaga yetmagan yoshlar jamoat transportlarida erkin yurishadi. Yaponiyaning aholisi jamoat joylarida velosipedlarini qulfsiz qoldirishi yoki buyumlarini qarovsiz tarzda tashlab ketishdan qo‘rqishmaydi. Transport vositalarini ochiq holda tashlab ketish, uyni qulf­lamasdan chiqish holatlari ko‘p uchraydi. Jamoat joylarida topib olingan buyumlar fuqarolar tomonidan egalariga qaytariladi, aholi yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilgan holda harakatlanadi. Ushbu natijalarga erishishda Yaponiya polisiyasining o‘rni muhim.
Yaponiyada 1954 yildagi «Polisiya to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, davlat apparatida polisiya kuchlariga rahbarlik va umumiy nazoratni amalga oshirish vazifasi bevosita Bosh vazirga bo‘ysunuvchi Jamoat xavfsizligi davlat komissiyasiga topshirilgan. Joylardagi polisiya organlari esa mahalliy prefektura gubernatoriga bo‘ysunadi. Yaponiya polisiyasining tashkiliy tuzilishi va faoliyatida muayyan markazlashganlik mavjud bo‘lib, qonunga muvofiq, jamoat xavfsizligi davlat komissiyasi o‘z funksiyalarini amalda Yaponiya milliy polisiya agentligiga ko‘rsatmalar berish orqali bajaradi.
Keyingi pog‘ona prefekturalar shtablar ustidan jamoat xavfsizligi komissiyalari bilan Polisiya okruglar boshqarmasi va mahalliy polisiya boshqarmalarining bosh­liqlari rahbarlik va nazoratni amalga oshiradilar. Shuningdek, mamlakat poytaxtida boshqa prefekturalar kabi o‘z yurisdiksiyasi doirasida harakat qiladigan Poytaxt polisiya boshqarmasi faoliyat ko‘rsatadi.
Yaponiyada aholi turarjoylarida jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash polisiya post va punktlari tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatda jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish polisiya faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilishini yaxshi tushungan Yaponiya hukumati shaharlarda «Koban» polisiya punktlarini hamda qishloq joylarida esa «Chuzaisho» polisiya postlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratgan. Ushbu punkt va postlarda Yaponiya polisiyasining deyarli 40 foiz shaxsiy tarkibi tomonidan xizmat olib borilib, jinoyat sodir etgan shaxslarning 60-65 foizi ushbu xodimlar tomonidan ushlanadi. Shu sababli, Yaponiya polisiyasi quyi pog‘onasi shaxsiy tarkibining asosiy vazifasi jinoyatchilikning oldini olish va bartaraf etish hisoblanadi.
Bunday tizimga Yaponiyada 1 874 yilda asos solingan. 1 982 yilga kelib mamlakatda 9 446 ta polisiya posti va 6 053 ta polisiya punkti o‘z faoliyatini olib borgan. 2020 yilga kelib mamlakatda 6300 ta «Koban» polisiya punkti va 6200 ta «Chuzaisho» polisiya posti faoliyat olib bormoqda.
«Koban» va «Chuzaisho» Yaponiya polisiya faoliyatining muhim markazlaridan biri hisoblanadi. «Koban» polisiya punktlari shaharlardagi jamoat joylarida joylashgan bo‘lib, bunday punktlarda uchtadan beshtagacha polisiya xodimi xizmat olib boradi va jamoat tartibini saqlashni ko‘p sonli videokuzatuv va aloqa vositalari orqali nazoratda ushlab turadi. Shuningdek, «Chuzaisho» polisiya postlari qish­loqlarda joylashtirilgan bo‘lib, ularda bir nafar xodim o‘z oilasi bilan istiqomat qiladi va xizmat faoliyatini yuritadi.
Ushbu polisiya punktlari yagona tizim asosida faoliyat olib boradi va butun davlatda qonuniylikka rioya qilinishida muhim rol o‘ynaydi. «Koban»da xizmat olib boradigan polisiyachilar aholining ijtimoiy muammolarini hal qilishda ham ko‘maklashadi. Yaponiya post va punktlarida xizmat faoliyatini olib boradigan patrul-post xizmati xodimlari o‘ziga biriktirilgan hududlarda piyoda, velosipedda yoki transport vositasida doimiy patrullikni amalga oshirib, har bir oila, tashkilot, muassasa bilan yaqin hamkorlik qiladi. Xodimlar shubhali shaxslarni so‘roq qilish, jinoyat sodir bo‘lgan hududlarda fuqarolarni ogohlantirish, voyaga yetmaganlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, yo‘qolgan buyumlarni qidirib topish kabi vazifalarni bajaradi.
Har bir polisiya xodimiga o‘rtacha 400 ta oila biriktiriladi. Xodimlar aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi, kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi va ijtimoiy fikrni o‘rganib boradi.
Yaponiya polisiyasi jamoatchilik bilan hamkorlik qilish bo‘yicha katta taj­ribaga ega bo‘lib, «Akalar va opalar», «Ota-onalar va o‘qituvchilar» jamiyatlari, o‘z-o‘zini boshqarish qo‘mitalari hamda polisiya bilan aloqa punktlari bu boradagi hamkorlikning teng huquqli sub’yektlaridir. Huquq-tartibotni ta’minlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik­lar profilaktikasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan «Akalar va opalar» jamiyati ilk marta 1947 yilda Kioto shahrida talabalar tomonidan tashkil etilgan. Hozirda jamiyat Yaponiyaning barcha hududlaridagi yuzlab mahalliy jamoalarda minglab a’zolar ishtirokida harakat qiladi. Jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasida polisiyaga ko‘maklashuvchi «Ota-onalar va o‘qituvchilar» jamiyati har bir maktabda o‘z o‘rniga ega. Ushbu jamiyatning butun davlat miqyosidagi faoliyati Umumyapon kengashi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Aholi jinoyatchilikning oldini olishda polisiya bo‘linmalariga yaqindan yordam ko‘rsatib keladi. Ko‘ngillilar assosiasiya shaklida birlashgan. Alohida fuqarolar aholi orasida jinoyatchilikning oldini olish va ayollarni jinoiy tajovuzlardan saqlash bo‘yicha polisiya idoralarining instruktori vazifasini bajaradi. Bunday assosiasiyalar turiga «Onalar assosiasiyasi» va «Hayot sharoitlarini yaxshilash» jamiyati kiradi. «Polisiya bilan bog‘lanish punkt­lari» mavjud bo‘lib, bu punktlar fuqarolarning ko‘ngilli birlashmalarining faoliyatini ta’minlaydi. Har biri 50 ga yaqin oilani qamrab oluvchi 700 mingga yaqin ana shunday punkt mavjud.
Yaponiyada jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda volontyorlik harakatlarining o‘rni muhim. Volontyorlik harakatlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan bir qatorda asosiy vazifalariga o‘quvchilarni kuzatib yurish, jinoyat ko‘p sodir etiladigan joylarni ko‘zdan kechirish va jamoat joylarida patrullik qilishdan iborat.
Volontyorlik harakatlarining o‘sishi 2003 yildan boshlangan bo‘lib, bu Yaponiya polisiyasi va mahalliy ijro hokimiyatlari fao­liyatining natijasidir. Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasi bo‘yicha «Plus Bouhan» nomi bilan tarqalgan volontyorlik harakatlariga alohida yondashuv bilan qaraladi. Bu aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarning soni ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Misol uchun, kriminogen hududlarda kunlik patrullik qilish sport bilan shug‘ullanuvchi yugurish­lar va yurish­lar shaklida namoyon bo‘ladi.
Mamlakatda jazo muddatini o‘tab chiqqan shaxslarga amaliy yordam ko‘rsatuvchi volontyorlik harakatlarining o‘sishi ham kuzatilmoqda. Volontyorlarning vazifasiga ushbu shaxslarga yashash manzilida amaliy yordam ko‘rsatish, ish qidirish va band­ligini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu faoliyatning yo‘lga qo‘yilganligi nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurashish, balki aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ham yordam bermoqda.
Yaponiyada polisiya siyosiy bosimdan xoli bo‘lgan holda o‘z xizmat faoliyatini tashkillashtiradi va olib boradi. Polisiya tizimining daxlsizligini ta’minlash, siyosiy bosimdan saqlash va polisiyaning boshqaruvida demokratik uslublarni ushlab turishni Yaponiya Vazirlar Mahkamasida tashkil etiladigan «Ijtimoiy xavfsizlik bo‘yicha milliy komissiya» ta’minlaydi.
Ta’kidlash zarurki, jamoat xavfsizligini ta’minlashda Yaponiya tajribasining samarali tashkil etilganligi, avvalambor huquqni muhofaza qiluvchi organlarning aholi bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishi bilan izohlanadi. Shu bilan bir qatorda, mamlakatda polisiya faoliyati markazlashgan vertikal tarzda shakllangan bo‘lib, dunyoda birinchilardan bo‘lib jamoat xavfsizligini ta’minlashda aholini keng miqyosda jalb qilishga mo‘ljallangan. Bugungi kunda Yaponiyada fuqarolik jamiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligining samarali mexanizmi tashkillashtirilgan.
Dilshod XALMUXAMEDOV,
mustaqil tadqiqotchi
Download 17,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish