Baxshili el botir el rasulbek abdurahmonov



Download 375,88 Kb.
bet1/2
Sana17.07.2022
Hajmi375,88 Kb.
#812314
  1   2
Bog'liq
Maqola Baxshili el botir el R.Abdurahmonov


BAXSHILI EL BOTIR EL


RASULBEK ABDURAHMONOV
O‘zMMSI “Doston ijrochiligi” kafedrasi o‘qituvchisi,
O‘zDSMI 2-bosqich magistranti
Shuhrat medali sohibi


Annotasiya: Ushbu maqolada Xorazm dostonchilik maktabining yirik vakili, O‘zbekiston xalq dostonchisi Bola baxshi-Qurbonnazar Abdullayevning hamda O‘zbekiston, Tukmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Komiljon Otaniyozovlarning shogirdi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Otaxon baxshi Matyoqubov o‘zining ilmiy-ijodiy izlanishlari va doston ijrochilik mahorati, hayoti va ijodiy faoliyati, doston ijrochiligidagi ustoz-shogird an’anasi ilmiy tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar: baxshi, doston, xalq ijodi, ijrochilik san’ati, doston ijrochiligi.

Xalq hayotini orzu umidlarini, kurash va intilishlarini, quvonch va tashvishlarini badiiy ifodalash an’anasi ko‘p ming yillik tarixga egadir. Xalqimizning badiiy tafakkur tarzini teran taxlil qilishda dostonchilik san’ati muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dostonlar xalqlarning bebaho nomoddiy madaniy merosidir. Ularda el-elatlarning tarixiy qadriyatlari, kundalik maishiy hayoti, bahodirlik yurishlari, qahramonlarining yorqin obrazlari o‘z aksini topgan. Xalqimizning o‘zanlari, jirov, oshiq, oqin, baxshi va xalfalari san’atning turli janrlarini sinkretik ravishda qo‘llagan holda bu qadriyatni shinavandalar qalbiga singdirib kelganlar.


Dostonlarning ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini chuqur anglagan holda hukumatimiz, qolaversa Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan katta e’tibor berilayotgan xalq ijodiyotiga bo‘lgan g‘amxorlikning yorqin ifodasidir. Jumladan, “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali”ni har ikki yilda bir martda o‘tkazilishi, baxshichilik san’atini ta’lim tizimiga kiritilishi, mahalliy uslublarga mos ravishda bolalar musiqa va san’at maktablarida dostonchilik sinflarini ochilishi, Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutini va unda “Doston ijrochiligi” kafedrasi tashkil etilishi olamshumul ishlardan biri bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, baxshichilik san’ati 2021-yil 16-dekabrda YUNESKO tashkilotining nomoddiy madaniy me’ros reprezentativ ro‘yxatiga kiritilishi ushbu soha vakillari zimmasiga yanada ulkan vazifalarni yukladi.
Mamlakatimizda “Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat sohalarini yuksaltirish ijtimoiy sohani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi sifatida belgilangan. Bugungi kunda aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini oshirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda maʼnaviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish, ustoz-shogird an’anasini davom ettirish masalalari davlatimizning ustuvor vazifalariga aylanib bormoqda.
Ushbu maqolada ustoz Otaxon baxshi Matyoqubovning hayoti va ijodiy faoliyati, doston ijrochiligidagi ustoz-shogird an’anasi, bosib o‘tgan hayot yo‘llariga to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.
Bola baxshining dastlabki shogirdlaridan bo‘lgan Otaxon Matyoqubov 1930-yilning 4 - aprelida Xorazmning avvalgi poytaxti Ko‘hna Urganch shaxridan yuz chaqirim kunchiqarda, Xivadan yuz chaqirim kunbotarda hozirgi Tukmanistonda joylashgan Ilonli qal’asida dunyoga kelgan. U o‘zining tarjimayi holida yozishicha: Padari buzrukvorim Matyoqub Safar o‘g‘li (1885-1970) millati o‘zbek, tijoratchi chaponfurush edi. Volidam O‘g‘iljon Ollabergan qizi (1898-1980) millati o‘zbek, uy bekasi edilar. Ilonli qal’asining aksariyati o‘zbeklar bo‘lib, ko‘pchilik erkaklar hunarmandchilik bilan shug‘ullangan.
Aholining asosiy ota-bobolari Xorazmning Xiva, Urganch, Shovot, Gurlan va Honqa shaxarlaridan ko‘chib kelishgan bo‘lib, qal’a atrofi qishloqlariga joylashgan va dexqonchilik qilar edilar. Ular qishloqlari nomini o‘zlarining ota-bobolari yashagan Xorazmdagi qishloqlar nomi: Qoramozi, Kenegas, Og‘ar, Chandir, Do‘rman, Xo‘ja, Maxtum va shunga o‘xshash nomlar bilan atashgan. Dunyoga mashxur Maxmud Zamaxshariy bobomizning tug‘ilib o‘sgan Sharlovuq qishlog‘i ham qal’amizdan 7-8 chaqirim narida joylashgan. Butun yoshligim shu joylarda o‘tdi - deb eslaydi Otaxon baxshi.
U yoshligidan xotirasi juda o‘tkir bo‘lib, o‘zining qishloqdoshi Oliyli-Chuval baxshi-Maxtimquli Garliev ijrosidagi dostonlarni tinglagan va yod olishga harakat qilgan.
Musiqaga va dostonchilikka juda qiziqqanligidan 7-8 yoshlarida o‘ndan ortiq dostonlarni yod bilgan. 1948-yili Komiljon Otaniyozov Ilonliga to‘yga kelgan va yosh Otaxonni eshitib ko’rib: Bu bolaga xudo bergan ekan deb, Toshkentga borishini tavsiya qilgan ekan. Shu yili Bola baxshi ham o‘sha qishloqqa to‘yga keladi va yosh Otaxon bu baxshini eshitib ko‘rib dostonchilikga yanada mehr qo‘yadi. Keyin momosiga shu baxshiga shogird bering deydi, momosi yosh Otaxonni olib Xivaga Bola baxshini uyiga boradi. Bola baxshi o‘sha davrning mashhur baxshisi bo‘lgan va shogird tanlashda juda talabchan bo‘ladi. Ustoz yosh Otahonni eshitib ko‘rib bu boladan baxshi chiqmaydi. Olib ketavering deydi. Momosi iltimos qilib bola xafa bo‘lmasin hech bo‘lmasa bir hafta sizni yoningizda bo‘lsin keyin ketar deydi. Hullas yosh Otaxon mehnatsevarligidan musiqaga dostonchilikga qiziqishidan Bola baxshini etiborini qozonib sevikli shogird bo‘ladi.
Bola baxshidan ta’lim olish jarayonida ko‘pchilik san’atkorlar bilan muloqotda bo‘ladi. Bir necha yillar ustozni uyida shogird bo‘lib birga to‘y hashamlarga bayram sayllarga doston kechalariga borib yurib Xorazm dostonchilik san’atini chuqur o‘rganadi va ustozdan fotiha olib o‘z yurtiga qaytadi.
1951-1954 yillarda Boltiqbo‘yi Respublikalarida armiya xizmatida bo‘ladi. 1956-yilda Toshkentga kelib “Baxor” ansambliga ashullachi sozanda bo‘lib ishga kiradi. 1968-1972 yillarda “Lazgi” ansamblida musiqa rahbari va xonanda. 1972-2005-yillari Muhiddin Qori-Yoqubov nomidagi O‘zbekiston davlat filarmoniyasida respublikada birinchi bo‘lib “Doston” guruhini tashkil etib, Maorif vazirligining yo‘llanmasi asosida Respublika bo‘ylab oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida olti ming to‘rt yuzga yaqin uchrashuv va “Doston kechalari” o‘tkazadi. 2005-2014-yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmasi tashabbusi bilan “Sog‘lomlashtirish” dam olish sihatgohlarida konsert va doston kechalarini tashkil qiladi.
Otaxon baxshining ijodiy faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2015-yili “Madaniyat va ma’rifat” kanali orqali “San’atga baxshida umr”, 2017-yili “Mahalla” telekanalida “Ustoz shogird an`analari” nomli ko‘rsatuvlar taqdim etildi. Shuningdek, “Saodat” jurnalining 2018-yil 3-sonida “Tojixon Tanovari”, 2019-yil “Guliston” jurnalida “Dostonlar teran dunyolar” mavzularida maqolalar nashr qilingan.
Otaxon Matyoqubovning repertuaridan Go‘ro‘g‘li turkum dostonlaridan “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Xirmondali”, “Boziryon”, “Avazxon”, “Avazni uylanishi”, “Arab Rayhon”, “Chambil Qamali”, “Shahidlar maskani”, “Oshiq Mahmud va Nigorxon”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Toxir va Zuhra” dostonlari bilan birga Xorazm va Toshkent klassik ashulalari, xalq yalla qo‘shiqlari joy olgan.
Hozirda Xorazm dostonchilik maktabining yirik vakili, O‘zbekiston xalq dostonchisi Bola baxshi-Qurbonnazar Abdullayevning hamda O‘zbekiston, Tukmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Komiljon Otaniyozovlarning shogirdi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1989-yil taqdirlangan) Otaxon Matyoqubov o‘zining ilmiy-ijodiy izlanishlari va doston ijrochilik mahorati natijasida, o‘zbek baxshilik san’atiga yuksak hissa qo‘shib kelmoqda.


Download 375,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish