Bayonnoma



Download 3,11 Mb.
Sana22.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#692175
Bog'liq
A. Навоий тадбир баённома


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
“MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI
9A,B-20 TMJ guruhlari o’rtasida o’tkazilgan “Navoiy vorislari” nomli
badiiy kecha tadbiri


BAYONNOMA
09.02.2022 yil Ohangaron shahri


Qatnashdilar: “Energetika va mashinasozlik” fakulteti dekani Sattarov O.E, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ochilov M, kafedra mudiri Boboyev X.X, kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar.

2022-yilning 9-fevralida “Energetika va mashinasozlik” fakulteti binosida “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasining 9A,B-20 TMJ guruhlari talabalaridan tashkil topgan buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosiga nazar tashlagan holda “Navoiy vorislari” nomli badiiy kecha bo’lib o’tdi.


So’zga chiqdi: Fakultet dekani O.E Sattarov so’zga chiqib talabalarga so‘nggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning o‘lmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilinayotganligi, hamda xotirasini abadiylashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligi haqida tа’kidlab o’tdi.
Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasining mudiri X.X. Boboyev so’zga chiqib, ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egallaganligi haqida aytib o’tdi.



Shuning bilan tadbir buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy g’azallarini yod olish bilan boshlandi. Guruh talabalari tomonidan Kosimova Umida “Qora ko’zum”, Asadov Anisxon “Orazin yopqach ko’zimdin”, G’aniyev Shoxrux “O’n sakkiz yosh xayratlari”, Namozova Muharram “Mubtalo bo’ldim sanga”, Abdusattorova Sevara “Oshiq o’ldum”, Dushaboyeva Omina “Istadim”, Mirzakamolov Shoxjahon “Lablaringkim hayf erur”, Shaxanov Jasur “Meni men istagan kishi” kabi g’azallari maromiga yetkazib ijro etildi. Tadbir davomida guruh talabalari Ibrohimov Islom “Lison ut-tayr”, Saidov Umarxon “Xamsa”, Anvarov Mardon va Tursunboyev Oybeklar tomonidan “Xazoyin ul-maoniy” asarlari chuqur talqin qilindi. Tadbir ko’tarinki ruxda va turli xildagi baxs-munozaralar bilan yanada boyidi.






Tadbir so’ngida “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi M. Ergashev so’zga chiqib, Navoiyni anglash bugungi kundagi dolzarb mavzu bo’lishi kerakligi, uning meros qilib ketgan boy asarlari yoshlar tarbiyasida nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligi haqida ta’kidlab o’tdi. Kafedra katta o’qituvchi Z.Sh. Sadullayev yuqoridagi fikrlarga qo’shimcha qildi.
Tadbir tashkilotchisi A.X.Abdullayev talabalarga chuqur minnatdorchilik birdirgan holda, O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning Alisher Navoiy haqida yozgan “Navoiy baytlari bizning hayotimizga bolalikdan, dastlabki o‘qish kitoblari bilan kirib keladi. Biz ilk bor buyuk shoirni donishmand muallim sifatida taniymiz, “Olim bo‘lsang, olam seniki” deb aytgan ustoz sifatida o‘rganamiz. So‘ng o‘smirlik, yigitlik faslida bizga Navoiy muhabbat, vafo darsini beradi. Yoniq ishqiy baytlarni yon daftarimizga ko‘chirib yozamiz, ilk sevgi maktublariga qo‘shib bitamiz. Vaqt o‘tishi bilan buyuk Alisher ko‘z oldimizda faylasuf sifatida namoyon bo‘ladi, bizga hayot darsini o‘rgatadi, uning sevinch va anduhlari, zavqu jafolarini so‘zlab dunyo haqidagi tasavvur doiramizni kengaytiradi” degan iliq fikrlari bilan tadbirga yakun yasadi.
Tadbir qatnashchilari Navoiy qalamiga mansub bo’lgan asarlar bilan taqdirlandilar.

Kafedra mudiri: Boboyev X.X.
Ma’sul: Abdullayev A.X.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish