Bazidioomikota filumi. Uredinales tartibi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana14.06.2023
Hajmi1,22 Mb.
#951328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
18-мавзу



BAZIDIOOMIKOTA FILUMI. UREDINALES TARTIBI. 
Zang zamburug’larining tarqalishi va ahamiyati. 
Uredinales 
tartibiga mansub 
turlar, ular bilan zararlangan o’simliklar apelsin yoki qizg’ish-qo’ng’ir tusli 
yostiqchalar bilan qoplanishi tufayli, zang zamburug’lari nomini olgan. Ushbu 
tartibga 140-150 ta turkum va taxminan 5000 ta tur kiradi. Iqtisodiy nuqtai-nazardan 
bu tartib 
Basidiomycota 
filumining eng muhim guruhidir. Bu zamburug’larning 
barchasi o’simlik parazitlari bo’lib, ular odatda o’zlari zararlaydigan xo’jayin 
o’simlik turlariga nisbatan yuqori darajada ixtisoslashgan. Ko’p qishloq xo’jalik 
ekinlariga nihoyatda katta zarar keltiradigan turlarning misollari sifatida dunyoning 
har xil mamlakatlarida tarqalgan g’alla ekinlarining poya, sariq va qo’ng’ir 
zanglarini hamda qarag’ay daraxtlarining pufakli zangi va urchuq shaklli gall hosil 
qiluvchi zangi, kofe daraxti zangi, sarsabil (sparja) zangi, loviya zangi, archa-
olmaning gall hosil qiluvchi zangi, itog’iz (lvinыy zev) zangi, chinnigul zangi
yeryong’oq zangi va juda ko’p boshqalarni ko’rsatish mumkin. Bularning ko’p 
turlari, masalan, g’alla ekinlarida zang qo’zg’atuvchi har xil turlar, dunyoning ushbu 
ekinlarning chidamsiz navlari ekiladigan barcha joylarida uchraydi va ular qadim 
zamonlardan beri ma’lum. 
Zang zamburug’larining ko’p turlarining rivojlanish sikllari murakkab bo’lib, 
odatda bir tur taksonomik o’rni har xil bo’lgan xo’jayin o’simliklarni zararlashi va, 
bazidiosporalardan tashqari uch xilgacha sporalarni hosil qilishi mumkin. Ular 
maxsus jinsiy a’zolarni ham hosil qiladi. Bu a’zolar xo’jayin o’simliklar 
to’qimalarida, gomokariotik bazidiosporalardan o’sib chiqadigan birlamchi 
miseliylarda shakllanadi. Septalangan birlamchi miseliyning har bir hujayrasi odatda 
bitta gaploid yadroli (ya’ni, monokariotik). Bir-biriga jinsiy mos bo’lgan tuzilmalar 
qo’shilishi natijasida ikkilamchi miseliy shakllanadi va uning har bir hujayrasi 
odatda dikariotik (ikkita, har xil jinsga mansub bo’lgan, gaploid yadroli). 
Ikkilamchi miseliyda hosil bo’ladigan 


dikariotik sporalar xo’jayin o’simliklarga tarqalib, dikariofaza uzoq vaqt davom 
etadi. Boshqa ko’p bazidiomisetlardan farqli o’laroq, zang zamburug’lari ikkilamchi 
miseliyning dikariotik fazasida saqlanishi to’qalar mavjud bo’lishi bilan bog’liq 
emas. 
Zang zamburug’lari obligat biotroflar bo’lib, tabiatda saprotrof sifatida 
saqlanmaydi. Xo’jayin o’simlik to’qimalariga ular ustisalar orqali yoki bevosita 
epidermis hujayralarini teshib kiradi. To’qimalarda ham birlamchi, ham ikkilamchi 
miseliy hujayralar oralarida o’sadi va o’ziga xos gaustoriylar hosil qiladi. Birlamchi, 
kamroq rivojlangan miseliyda jinsiy a’zolar shakllanadi, ikkilamchi, yaxshiroq 
rivojlangan miseliyda esa, ustida har xil tipli sporalar hosil bo’ladigan har xil 
soruslar shakllanadi. Ko’p boshqa bazidiomisetlardan farqli o’laroq, zang 
zamburug’lari bazidiokarplar hosil qilmaydi. Ularning ichida kariogamiya yuz 
beradigan maxsus sporasi 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish