Belbog‘lilar kenja tipi. Kam tuklilar sinfi. Kamtuklilarning xilma-xilligi va ahamiyati. Zuluklar sinfi, ularning xilma-xilligi va ahamiyati. Halqali chuvalchanglar filogeniyasi



Download 2,15 Mb.
bet5/7
Sana04.07.2022
Hajmi2,15 Mb.
#738436
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ҲАЛҚАЛИ ЧУВАЛЧАНГЛАР ТИПИ.

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Zuluklar (Hirudinea) sinfining 400-500 ta turi bor. Ular asosan, chuchuk suvlarda yashaydi. Zuluklarning tuzilishi boshqa halqali chuvalchanglardan keskin farq qiladi. Ularning tanasi dorzoventral (orqadan qorin tomonga) yo‘nalishda sezilarli darajada yassilangan. Terisida hech qanday o‘simta (parapodiylar, qillar, paypaslagichlar, jabralar) bo‘lmaydi. Faqat sodda tuzilgan qadimgi zuluklar va qildor zuluklarning dastlabki beshta halqalarida kamtuklilarnikiga o‘xshash qillar bo‘ladi. Tanasining oldingi va keyingi uchida bittadan so‘rg'ichlari bor. Oldingi so‘rg'ichi og'iz teshigini o‘rab turadi, keyingi nisbatan kuchli rivojlangan so‘rg'uchi ustida anal teshigi joylashgan. Ikkala so‘rg'ich ham qorin tomoniga biroz siljigan (90-rasm).



90-rasm. Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis).

Zuluklar tanasi halqalari boshqa halqali chuvalchanglarga nisbatan doimiy bo‘ladi. Ko‘pchilik zuluklar tanasi 33 (Acanthobdella turkumi vakillarida 30) ta halqadan iborat. Ulardan dastlabki 4 tasi birga qo‘shilib oldingi so‘rg'ichni, oxirgi 7 ta halqalari qo‘shilib keyingi so‘rg'ichni hosil qiladi. Lekin zuluklarda haqiqiy ichki tana halqalar soni tashqi halqalar soniga mos kelmaydi. Odatda bitta haqiqiy ichki halqaga 3 dan 5 tagacha tashqi halqalar to‘g'ri keladi. Tashqi halqalar faqat tana qoplag'ichi va qisman muskullarga tegishli bo‘ladi.


Zuluklar tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ostidagi epiteliyda shilimshiq bezli hujayralar ko‘p bo‘ladi. Epiteliy hujayralar asosida pigment hujayralar joylashgan. Zuluklar tanasi rangi ana shu pigment hujayralar bilan bog'liq. Epiteliy ostida halqa va kuchli rivojlangan bo‘ylama muskullar joylashgan. Ichki organlar oralig'i g'ovak parenxima bilan to‘lgan. Faqat qildor zuluklarning voyaga yetgan davrida selom bo‘ladi. Boshqa zuluklarda selom lakunar nay shaklida toraygan. Hazm qilish sistemasi oldingi, o‘rta va orqa ichakdan iborat (91-rasm).
Og'iz teshigi so‘rg'ichi tubida joylashgan bo‘lib, og'iz bo‘shlig'iga va so‘ngra halqumga ochiladi. Xartumli zuluklarda halqum muskulli nay, ya'ni xartumni hosil qiladi. Xartum og'izdan chiqarilib, o‘ljasini tutish uchun xizmat qiladi. Jag'li zuluklarning og'iz bo‘shlig'ida 3 ta (l ta orqa va 2 ta yon) valiklari bor. Valiklar qirralaridagi xitinli tishchalar arraga о`xshash jag'ni hosil qiladi.
Zuluklar oziqlanganida jag'lar xo‘jayin terisida uch burchak shakldagi jarohat paydo qiladi. Zuluk shu jarohatdan qon so‘rib oziqlanadi. Halqumga bir hujayrali so‘lak bezlari yo‘li ochiladi. Tibbiyot zulugi bezlari suyuqligidagi girudin oqsili qonni ivib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Girudin tufayli zuluk qoldirgan jarohatdan ancha vaqt qon oqib turadi. Zuluk so‘rgan qon uning ichagida bir necha oy davomida ivimasdan konservalangan holda saqlanadi. Halqum ingichka qizilo‘ngach orqali o‘rta ichakka ochiladi.



O‘rta ichak bir juft (tibbiyot zulugida 10-11 juft) yon o‘simtalar, ya'ni xaltachalar hosil qiladi. Ulardan eng so‘nggi juftining о'simtasi juda keng bo‘lib, tanasi oxirigacha yetadi. Oziq ichakning oxirgi xaltachalari asosida joylashgan bo‘limi orqali qonga so‘riladi. Orqa ichak to‘g'ri nayga o‘xshash bo‘ladi. Parazit zuluklar qon so‘radi. Ayrim erkin yashovchi zuluklar har xil umurtqasizlar (mollyuskalar, chuvalchanglar) bilan oziqlanadi.
Nafas olish organlari odatda bo‘lmaydi. Faqat ayrim dеngiz zuluklari (Branchellion) turlari tanasining yon tomonida tashqi jabralar bo‘ladi. Boshqa zuluklar tеri orqali nafas oladi1.
Xartumli zuluklarda orqa va qorin lakunlaridagi qon tomirlari butunlay yo‘qolib, selom qoldig'i, ya'ni lakunar sistemasi qon tomirlari funksiyasini o‘taydi.
Ayirish sistemasi ancha o‘zgargan metanefridiylardan iborat. Ayirish nayi metamer joylashgan; faqat oldingi va keyingi bo‘g'imlarida bo‘lmaydi. Masalan, tanasi 33 bo‘g'imdan iborat bo‘lgan tibbiyot zulugida hammasi bo‘lib 17 juft metanefridiy bor. Zuluklar metanefridiysi nayining ichki uchi berk bo‘ladi. Nefridiylar devoridan suyuqlik diffuziyalanib o‘tadi.
Nerv sistemasi boshqa halqalilarnikiga o‘xshaydi. Qorin nerv zanjirida 20 yoki undan ко'proq gangliylar bor. Halqumosti gangliysi 4 ta, eng oxirgi gangliy esa 7 ta oddiy gangliylarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Zuluklaming sezgi organlari har bir bo‘g'imda bir qator ko‘ndalang bo‘lib joylashgan "qadahsimon organlar"dan iborat. Bu organlar juda baland sezgir epiteliy hujayralardan hosil bo‘ladi. Hujayralardan qorin nerv zanjiriga nervlar chiqadi. Qadahsimon organlar kimyoviy sezgi vazifasini bajarishi mumkin. Ko‘pchilik zuluklarda tananing oldingi qismidagi qadahsimon organlar ko‘zga aylanadi. Teri ostida sirtdan qora pigment bilan o‘ralgan ko‘z qadahi bo‘ladi. Qadah ichida yorug'likka sezgir hujayralar joylashadi. Ko‘zlar faqat yorug'lik bilan qorong'ilikni farq qila oladi.
Zuluklar germafrodit. Tibbiyot zulugi jinsiy sistemasi tanasining o‘rta qismida joylashgan 9 juft urug' xaltalaridan iborat. Urug' xaltalaridan boshlanadigan ingichka urug' yo‘llari tananing ikki yonida umumiy urug' yo‘liga qo‘shiladi. Tananing oldingi tomonida har qaysi urug' yo‘li chigal hosil qilgandan so‘ng bitta umumiy urug' to‘kish nayiga qo‘shiladi. Urug' to‘kish nayi kuyikish organi ichida joylashgan. Kuyikish organi zuluk tanasidan tashqariga chiqarilishi mumkin.
Zuluklarning urg'ochilik jinsiy sistemasi bir juft tuxum xaltalari va ularning ichida joylashgan tuxumdonlardan iborat. Tuxum xaltalaridan boshlanadigan tuxum yo‘llari bachadonni hosil qiladi. Bachadon muskulli keng jinsiy qin bilan bog'langan. Urg'ochilik jinsiy teshik qorin tomonida erkaklik jinsiy teshikdan orqaroqda joylashgan.
Zuluklar tuxumlarini pillaga qo‘yadi, murtagi pilla ichida rivojlanadi. Zuluklar tuxumining organizmda urug'lanishi bilan kamtuklilardan farq qiladi. Urug'lanish spermatofor orqali ham sodir bo‘lishi mumkin. U holda urug'lar maxsus spermatofor-qopchiq ichida bo‘ladi. Individlardan biri spermatoforini ikkinchisi terisiga tiqib qo‘yadi. Urug'lari teri orqali zuluk parenximasiga, undan jinsiy sistemasiga o‘tadi.
Kuyikish organi bo‘lgan zuluklar (Hirudinidae oilasi) da bu organ urg'ochilik jinsiy yo‘liga kiritiladi. Pilla maxsus teri bezlari suyuqligidan hosil bo‘ladi. Bu bezlar tananing muayyan halqalarida (tibbiyot zulugida 9-11 halqalarda) joylashgan. Bu halqalar kamtuklilar belbog'iga mos keladi. Zuluklar pillasini suv tubiga, suv o‘tlariga yoki qirg'oqdagi nam tuproqqa qo‘yadi. Xartumli zuluklarning rivojlanishi kamtuklilarning naidomorpha turkumidan kam farq qiladi. Jag'li zuluklarda esa yomg'ir chuvalchanglari singari "yashirin lichinka" rivojlanadi.
Zuluklar sinfi ikkita kenja sinfga bo‘linadi: 1. Qadimgi zuluklar (Archihirudinea) kenja sinfi. 2. Haqiqiy zuluklar (Euhirudinea) kenja sinfi (92-rasm).

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish