Berdoq nomidagi Qoraqolpoq Davlat Universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti



Download 1,09 Mb.
bet1/4
Sana26.04.2022
Hajmi1,09 Mb.
#583723
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5204159602811210913



Berdoq nomidagi Qoraqolpoq Davlat Universiteti
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti

3-b geografiya yo’nalishi talabasi


Hayitbayeva Dilnozaning

“Okeaniyaga umumiy ta’rif ”


mavzusida yozgan

KURS ISHI



Reja:
Kirish :

I BOB. Okeaniyaga umumgeografik tavsif.


1.1 Geografik o’rni va chegaralari
1.2 Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari
1.3 Aholi va mehnat resurslari

II BOB. Okeaniya xo’jaligi rivojlanishining asosiy xususiyatlari.


2.1 Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi
2.2 Qishloq xo’jaligining rivojlanishi 2.3
Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari
2.4 Mintaqaning iqtisodiy rayonlari

III Xulosa



IV Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Okeaniya
Okeaniya — Tinch okeanning markaziy va gʻarbiy qismlaridagi orollar toʻdasi. 28°25’ shahrik. bilan 52°30’ j.k.lar va 130° shq. u. bilan 105° gʻ.u.lar oraligʻida. Gʻarbiy qismi Avstraliya va Malay arxipelagiga yondosh. Okeaniya Avstraliya bilan bir qitʼa hisoblanadi. Orollarning umumiy maydoni 1,26 mln. km², shuning 80% Yangi Gvineya va Yangi Zelandiya orollariga toʻgʻri keladi.

Avstraliyadan shimol va SHarqda, Tinch okeanning janubi-g‘arbiy qismida kelib chiqishiga ko‘ra materik, marjon va vulkan orollaridan iborat juda ko‘p katta-kichik orollar joylashgan. Bu orollarning hammasi birgalikda Okeaniya deb ataladi. Okeaniya orollarining umumiy maydoni taxminan 1,3 mln. km2. Okeaniya odatda bir necha qismga bo‘linadi. Avstraliyaga yaqin joylashgan eng yirik orollar Melaneziya deb ataladi. Uning tarkibiga YAngi Zelandiya kiritilmaydi. Melaneziyaga YAngi Gvineya, Solomon orollari, yangi Kaledoniya va boshqa orollar kiradi. Anch, janubda joylashgan YAngi Zelandiya alohida o‘lkaga kiri-tiladi. Melaneziyadan shimolda 177° sharqiy uzunlikdan g‘arbda joylashgan mayda orollar (Mariana, Karolin, Marshall orollari va boshqalar) Mikroneziya deb ataladi. Tinch okeanning markaziy va janubiy qismlarida 177° sharqiy uzunlikdan sharqda joylashgan qolgan barcha orollar Polineziyaga kiritiladi-Bular Gavay, Layn, Jamiyat orollari va boshqalar. Bunday bo‘linish tarixiy va etnografik bo‘linish bo‘lib, Okeaniyaning genetik va tabiiy geografik belgilariga qarab bo‘linishiga to‘g‘ri kelmaydi.

YAngi Gvineyadan YAngi Zelandiyagacha cho‘zilib, Fidji orollarini ham o‘z ichiga olgan orollar yoyi va bu orollarni materikdan ajratib turgan suv havzalari Tinch okean geosinklinal mintaqasining davomi hisoblanadi.
Okeaniyani, odatda, 3 qismga boʻladilar: Melaneziya, Mikroneziya va Polineziya. Orollar suv osti tizmalari yoki marzalarining tepalaridir. Avstraliyaga yaqin joylashgan yirik orollar (Melaneziya, Yangi Zelandiya) esa materik orollar. Vulkan orollariga Gavayi, Samoa, Markiz, Jamiyat, Kuk, Tubuai orollari, Pasxa orol va boshqa kiradi. Okeaniyaning eng baland nuqtasi (Jaya togʻi, 5029 m) Yangi Gvineyaning shim.-gʻarbida joylashgan. Gʻarbiy Mikroneziya, Melaneziya va Yangi Zelandiya orollarining yer yuzasi togʻlik.

Geologik tuzilishi Sharkiy Mikroneziya va Polineziya orollari mayda marjon atollaridan iborat. Gʻarbiy Mikroneziya va Melaneziya orollari burmali choʻkindi svitalar, intruziv va, ayniqsa, effuziv jinslardan tuzilgan boʻlib, Tinch okean tubining gʻarbiy chekkasidagi alp geosinklinalida joylashgan. Bu orollar mezozoy va kaynozoyda burmalangan ulkan tizmalarning suv ustidagi qismlaridir.
Bu yerdagi hozirgi zamon vulkanizmi va zilzilalar togʻ hosil boʻlish harakatining davom etayotganligidan darak beradi. Tinch okean markaziy qismidagi orollar neogen oxiri — antropogen boshida yoriklar boʻylab oqib chiqqan bazaltli vulkan tizmalaridir. Gavayi, Samoa, Markiz, Jamiyat, Kuk, Tubuai orollari, Pasxa va boshqa mayda orollar vulkan natijasida hosil boʻlgan. Pekin koʻpgina vulkan choʻqqilari suv ostida boʻlib, ularning usti marjon bilan qoplangan. Marshall, Karolina, Gilbert, Ellis, Tokelau, Feniks, Layn, Tuamotu, Nauru, Oshen va boshqa mayda orollar marjon orollaridir. Okeaniyada foydali qazilmalardan koʻproq nikel, fosfat, neft, oltin, kumir, mis uchraydi.
Okeaniya orollarining aksari qismi ikkala yarim sharning tropik iklim mintaqasida joylashgan; Avstraliya va Osiyoga yaqin Iqlimi ekvatorial kengliklardagi orollarda iklim subekvatorial, 180-meridiandan gʻarbda ekvatorial iklim. Tropik chizigʻidan shimol va jan.da esa subtropik iklim. Yangi Zelandiyaning Jan. oroli moʻʼtadil mintaqada. Eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi shim.da 25°(avg .), jan.da 16°(fev.), eng sovuqoyniki shim.da 16° (fev.), jan.da 5° (avg .). Ekvatorial zonada oʻrtacha oylik temperatura 26—28°. Okeaniyada temperaturaning sutkalik farqi kam. Yillik yogʻin passat shamollari esadigan tropik mintaqalarda 1000 mm dan kam. Ammo yirik vulkan orollarining shamolga roʻpara yon bagʻirlarida 10 000 mm ga yetadi. Okeaniyaning gʻarbiy qismida, ekvatordan shim.da yezda kuchli tropik dovullar boʻlib turadi. Yangi Gvineya va Yangi Zelandiyadagi togʻlarda muzliklar (umumiy maydoni 1000 km²) bor. Dare va koʻllar Okeaniyaning , asosan, gʻarbiy qismidagi togʻli yirik orollarida joylashgan. Eng katta daryolari: Flay, Digul (600 km) — Yangi Gvineyada. Okeaniyada mayda koʻl koʻp; eng kattasi — Yangi Zelandiyadagi Taupo koʻli. Vulkanli orollarda qaynoq va shoʻr suvli koʻllar, geyzerlar bor. Issiq va sernam iqlimli orollarda qizilsariq laterit, togʻlaterit, sariq, qizil va sariq-qoʻngʻir tuproqlar uchraydi. Vulkan Tuproqlari xilma xilligi kullari yogʻilgan joylarda va yangi lavalar ustidagi tuproq juda unumdor. Yogʻin kamroq yerlarning tup-rogʻi qizilqoʻngʻir; seryogʻin joylarning tuprogʻi botqoqli tuproq. Oʻsimliklari Paleotropik oblastga mansub.
Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari Avstraliya relyefining aksariyat qismi tekislik. Dengiz sathidan o’rtacha balandligi (215m) jihatidan Avstraliya materiklar ichida eng past. Yer yuzasi 95 %ining mutloq balandligi 600 m dan oshmaydi. Yirik orografik qismlari: 1) G’arbiy Avstraliya yassi tog’ligi – o’rtacha mutloq balandligi 400-500 m, tizmalari va supa tog’laridan iborat; 2) markaziy pasttekislik – ko’p qismining mutloq balandligi 100 mga yetmaydi. Avstraliyaning eng past nuqtasi ham (-12m) o’sha yerdagi botiqda joylashgan Eyr ko’li yonida; 3) Katta Suvayirg’ich tizmasi (materik sharqida) – o’rtacha balandlikdagi ayrim-ayrim, cho’qqilari yassi tizma tog’lar. Avstraliyaning eng baland nuqtasi – Kostyushka tog’i (2230 m) janubdagi Avstraliya Alp tog’larida. Avstraliya iqlimiy jihatdan subekvatorial, tropik va subtropik va subtropik mintaqalarida joylashgan. Iqlimi quruq tropic, sharqiy sohillari esa nam tropic. Buning sabablari: Asosiy daryosi Murrey (Darling bilan) Avstraliya iqlimi uning shimoliy qismi (200 janubiy kenglikgacha) ekvatorial mussonli, o’rta katta qismi ( 200 -300 janubiy kengliklar oralig’i) tropik cho’l va janubi-g’arbiy chekkasi qishda yog’in ko’proq yog’adigan subtropik iqlimli mintaqalarga kiradi. Avstraliya janubi yarimshardagi eng issiq quruqlik, uning 2/3 qismi cho’l va chalacho’llardan iborat. Qirg’oqlaridan materik ichkarisiga tomon yog’in miqdori tez kamayib boradi, lekin ko’p yillik yog’insiz davrlar bo’lmaydi. Yozda (dekabr-fevral) quruqlik g’oyat qizib (tempratura 360 dan ortadi) materik ustida past bosim oblasti bujudga keladi, uning janubiy chekkalaridagina baland bosim qaror topadi, shu sababli janubi g’arbda va Nallarbor tekislida yog’in tushmaydi. Haroratning mavsumiy o’zgarishi asosan tropik va subtropik mintaqalarining ichki rayonlarida ko’proq namoyon bo’ladi. Yanvar oyida 400 dan yuqori issiq tempraturalar shimoli-g’arbda (Morbl-Bar) bo’ladi. Mutloq maksimum harorat 53,10 Klonkarrida (Kvinslend) kuzatilgan. Mutloq minimum harorat Avstraliyaning ichki rayonlarida – 4,60 ga tushadi. Faqat Avstraliya Alp tog’larida sovuq barqarorroq bo’lib turadi. U yerda -220 gacha sovuq qayd qilingan. 11 Tekisliklarda tuproqning yuza qatlami ahyon-ahyondagina muzlaydi. Yil davomida ikkita mavsum – quruq va yog’ingarchilik mavsumlari kuzatiladi. Murrey tekisliklarida momaqaldiroqli jalalar, janubi-sharqdagi tog’larda musson yomg’irlari yog’adi. Sharqiy sohilining ko’p qismida iqlim tropic dengiz iqlimi, issiq. Shimolda yog’inlarni shimoli-g’arbiy mussonlar keltiradi. Bu yerda yog’in sohilida 1500 mm, 100 -200 janubiy kengliklarda 400-500 mm. Avstraliyada eng ko’p yog’in (2243 mm) Kernskda yog’adi. Eng kam yog’in (300-250 mm) materik g’arbida yog’adi. Katta Suvayirg’ich tizmasi Tinch okeanidan esuvchi iliq van am shamollarni to’sib, Avstraliyaning sharqiy sohili va ichki rayonlarida yg’in taqsimotini murakkablashtiradi. Qishda (iyun-avgust). Avstraliyaning ayniqsa janubiy va janubi-sharqiy qismlari sovuq (120 ,50 ), yuqori bosim oblasti tarkib topadi. Ichki suvlari. Avstaraliyaning 60 % maydoni oqmas ichki havzaga, 7 % Tinch okeani va 33 % Hind okeani havzasiga mansub. Avstraliyada oqar suvlar ko’p emas. Okeanga quyiladigan daryolar qisqa, tog’lardan boshlanadi, suv miqdori doimiy emas. Eng sersuv daryosi Murrey (Marri) yirik irmog’i – Darling. Ichki berk havzani kesib o’tivchi chuqur o’zan (krik)lar ko’p, ularda faqat yog’ingarchilik vaqtlardagina suv oqadi. Avstraliya cho’llaridagi suvlar sho’r. Yer osti suvlari ko’pincha minerallashgan, zahirasi katta. Ular bir necha artezian havzada to’plangan, bunday suv 200 m, ba’zan 500 mgacha chuqurlikdan chiqadi. Sho’r ko’llar ichida eng yirigi Eyrning yozda maydoni ba’zan 15 ming kv.kmga yetadi. Undan janubda Torrens, Gerdner, G’arbiy platoda Amadies ko’llari bor. Avstraliya yer osti suvlariga boy. Umumiy maydoni 4800 ming kv.kmni tashkil qilgan 33 ta artezian havzasi mavjud; ulardan eng yiriklari – Katta Artezian, Murrey, Morton-Klarens, Yukla, Offiser, Jorjina. Yer osti suvlaridan qurg’oqchil rayonlarda sug’orish, sanoat va transport ehtiyojlari uchun foydalaniladi Okeaniya Tinch okeanining markaziy va g’arbiy qismlaridagi orollar to’dasi.280 251 shimoliy kenglik bilan 520 301 janubiy kengliklar va 1300 sharqiy uzunliklar bilan 1050 g’arbiy uzunliklar oralig’ida. G’arbiy qismi Avstraliya va 12 Malay arxipelagiga yondosh. Orollarning umumiy maydoni 1,26 mln km.kv, shuning 80% Yangi Gvineya va Yangi Zelandiya orollariga to’g’ri kiladi. Okeaniya uch qism : Polineziya, Melaneziya va Mikroneziyadan iboratdir. Orollar suv osti tizmalari yoki marzalarining tepalaridir. Melaniziya (Solomon, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya va boshqa orollar) Avstraliyaga juda yaqin joylashgan, Polineziya (Gavayi, Samoa, Tokelau va boshqa orollar) esa Avstraliyadan ancha olisda, Tinch okeanining janubiy va markaziy qismalarida joylashgan. Mikroneziya (Korolina, Marshall, Mariana, Gilbert va boshqa orollar) Yangi Gviniya orolidan shimolda, Filippin orollaridan sharq tomondagi akvatoriyada tarqalgan. Okeanda passat shamollar hukmronlik qiladi. Dengiz tropik iqlimi tarqalgan, yog’in ko’p yog’adi. Okeaniya orollari janubiy yarim sharning tropik va subtropik mintaqasida joylashgan, yumshoq issiq iqlim (yer sharidagi eng shinam, yoqimli va qulay) harorati, yetarli yog’in miqdori bu kengliklarda yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi ekinlaridan mo’l hosil olishdan tashqari, bir necha marta hosil olish imkonini beradi (Kokos palmasi, banan, kakao,kofe, choy, shakarqamish, paxta, ildizmevalilar: taro, batat, yams, monioki va boshqalar.).. Avstraliya geologik tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari mineral xom ashyo resurslariga boy va xilma-xil bo’lishiga olib kelgan. Foydali qazilma resurslari bilan o’z ehtiyojlarini qondirishdan tashqari xalqaro bozorga ham chiqaradi. Birinchi navbatda bu qora va rangli metal rudalari, uran, ikkinchi o’rinda ko’mir, ligerlovchi va kamyob metallar, oltin zahiralariga taalluqlidir. Avstraliya xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Shulardan ba’zilari ahamiyati va zahirasi bo’yicha dunyoda yuqori o’rinlarni egallaydi. Temir rudasi, mis, nikel, uran rudalari, boksitlar, ko’mir, oltin, olmos konlari shular jumlasidandir. Temir rudasining yirik konlari (Tom-Prays, Maunt, Maunt-Ueylbek) mamlakat g’arbida, oltin konlari (Kambalda, Leonora) janubi-g’arbida, nikel ruda konlari (Grinveyl) shimoli-sharqiy va janubi-g’arbiy qismlarida alyuminiy (boksit) rudalari konlari (dunyodagi eng yirik kon Ueypa-York yarim orolida topilgan, yana Gov va boshqalar), uran rudalari konlari (Nabarlek) shimolda, polimetall rudalari 13 konlari (Broken-Xill va boshqalar) janubiy va shimoliy qismlarida, olmos konlari (Uinton va boshqalar) mamlakatning sharqiy va janubiy hududlarida joylashgan. Ko’mir konlari materikning janubiy va janubi-sharqiy qismlarida topilgan, neft va tabiiy gaz konlari mamlakatning sharqiy hududlaridan va g’arbida okean shelfida qazib olinadi. Okeaniya xilma-xil qazilma boyliklarga boy. Toshko’mir (Yangi Zelandiya), tabiiy gaz, temir rudasi, mis va marganes rudalari, platina, kumush (Yangi Gviniya), oltin (Fiji), fosforit rudasi (Nauri) va boshqalar qazib chiqariladi. Avstraliya platformasi oltin va polimetallga, temir rudasi va boksitga boy, Flinders tizmasida uran va radiy rudalari uchraydi. Avstraliya sharqida toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir konlari bor. Katta Artezian havzasi, Viktoriya shtati sohillarida neft va gaz konlari topilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Avstraliya turli xildagi foydali qazilmalarga boy. Asosan temir rudasi, mis, titan, nikel, uran, boksit, oltin, olmos, ko’mir kabilar. Masalan:
Temir rudasi qazib olishda dunyoda 3-o’rinda (yiliga 110 mln t.);
Marganes qazib olishda 3-o’rinda;
Boksit qazib olishda 1-o’rinda;
Nikel qazib olishda 3-o’rinda;
Qalayi va rux qazib olishda 2-o’rinda;
Mis qazib olishda 9-o’rinda;
Ko’mir qazib olishda 6-o’rinda (yiliga 210 mln t.)
Olmos qazib olishda 1 -o’rinda turadi.

Okeaniya florasi Osiyo, Amerika va Antarktida florasidan shakllangan. Okeaniyada 3 kichik oblast ajratila-di: Malayziya, Gavayi, Yangi Zelandiya. Malayziya oblasti uchun tropik usimliklar oilalarining koʻpligi xosdir. Epiritlar koʻp. Gavayi oblastchasida ochiq urugʻlilar, fikuslar yoʻq, palmaning bir turi bor, orxideya kam, paporotnik koʻp. Yangi Zelandiya oblastchasi murakkabguldoshlar, paporotnik va boshokdoshlar turiga boy. Okeaniyaning sharqiy qismidagi orollarda endemik tur (Gavayi orollarida 90% gacha) koʻp. Sharqqa tomon oʻsimlik turi, turkum va oilasi kamayib boradi. Yangi Gvineyada 6800 tur, Gavayi orollarida 1100 tur oʻsimlik oʻsadi. Togʻlarning sernam yon bagʻirlari 300– 600 m balandlikkacha butazor va savanna, 1000–1800 m balandlikkacha sernam doim yashil oʻrmon. Shamolga teskari togʻ yon bagʻirlarining etaklari savanna va chala choʻl, yuqorirogʻi kserofil urmonlar, butazor va savanna, 1500m dan baland joylarda doim yashil Oʻsimliklari xilma-xilligi tropik oʻrmonlar. Marjon orollarda oʻsimlik turlari kam. Atollarda pandanus, kokos palmalari, non daraxti usadi. Lagunalar manfa oʻrmonlari bilan qoplangan. Okeaniyaning tabiiy oʻsimlik qopla-mi inson tomonidan juda oʻzgartirib yuborilgan. Oʻrmonlar qirqilib plantatsiyalar barpo qilingan. Okeaniyaning kat ta qismi Polineziya fauna oblastiga va uning Gavayi kichik oblastiga mansub. Yangi Zelandiya faunasi mustaqil oblast, Yangi Gvineya esa Avstraliya oblastining Papua oblastchasiga kiradi. Sut emizuvchilar Hayvonot dunyosi deyarli uchramaydi, ammo qush koʻp. Endemik tur koʻp boʻlsa ham relikt hayvonlar oz. Yangi Gvineyada sut emizuvchilar (jumladan, tuxum qoʻyuvchi va xaltalilar) nisbatan koʻp. Atollarda hayvon turlari juda kam. Okeaniyaga qoramol, qoʻy-echki, quyon, choʻchqa, kalamush, mangusta va h.k.ning olib borilishi uning faunasiga nihoyatda katta salbiy taʼsir koʻrsatdi.

Tinch okeanning sharqiy qismida ekvator yaqinida atmosfera sirkulyasiyasi sharoiti yanvar bilan iyulda har holda bir xil bo‘ladi. Lekin g‘arbda materiklar atmosfera sirkulyasiyasi holatinn sezilarli darajada o‘zgartiradi va yil fasllari orasida katta farqlarni vujudga keltiradi.
Iyulda ekvatorial past bosim oblasti va butun passat sirkulyasiyasi sistemasi shimolga suriladi. Bu hol janubiy yarim shardan shimoliy yarim sharga, Osiyo quruqligi tomonga havo oqimlarini vujudga keltiradi. SHimoliy yarim shar passat shamollari siyoga yaqinlashganda materik ustidagi past bosim oblasti toyaonga buriladi va janubi-sharqiy yozgi mussonga aylanadi. Janubiy yarim shar passat shamollari yuqoridagi sabablarga ko‘ra janubi-g‘arbiy ekvatorial musson shamollari ko‘rinishida shimoliy yarnm sharga kirib keladi. Bu davrda namning asosiy massasini shimoliy yarim shar oladi, janubiy yarim sharda esa janubi-sharqiy passat o‘z yo‘lida tog‘larga duch kelgan erlardagina yog‘in yog‘adi. Avstraliyaning ko‘pchilik rayonlarida va orollarida bu vaqtda quruq bo‘ladi.
Avstraliyaning chekka janubi, Tasmaniya va YAngi Zelandiya iyul oyida bu rayonlarga ancha miqdorda yog‘in olib keladigan o‘rta kengliklar havo sirkulyasiyasi ta’sirida bo‘ladi.

Tizmaning sharqiy yonbag‘ri qisqa va tik bo‘lganligidan Marjon va Tasman dengizlariga qisqa, tez oqar va egri-bugri o‘zanli daryolar oqib tushadi. Bular yil bo‘yi har holda bir tekisda to‘yinganligidan ular Avstraliyaning eng sersuv daryolari hisoblanadi, bu daryolarda yozgi maksimum oqim aniq ifodalangan. Ba’zi bir daryolar tog‘ tizmalarini kesib o‘tib, ostonatosh va sharsharalar hosil qiladi, eng uzun daryolarning uzunligi (Fitsroy, Berdekin, Xanter) bir necha yuz kilometrga etadi. Ularning ba’zi birlarida quyi oqimida 100 km va undan ortiq masofada kemalar qatnaydi hamda quyar joyiga okean kemalari kirib kela oladi.
SHimoliy Avstraliyaning Arafur va Timor dengizlariga quyiluvchi daryolari ham sersuv. Bular orasida Katta Suvayirg‘ich tizmaning shimoliy qismidan oqib tushadiganlari ancha katta daryolardir. Lekin Avstraliya shimolining daryolari yozgi va qishki yog‘inlar miqdorining keskin farq qilganligi sababli, sharqdagi daryolarga nisbatan ularning rejimi doimiy emas. Ular yoz-gi musson yomg‘irlari
vaqtida to‘lib oqadi va ko‘pincha qirg‘oqdan chiqib toshadi. Qishda ular kambar kichik oqimlarga aylanadi va yuqori qismlari ba’zi joylarda qurib qoladi. SHimolning eng yirik daryolari bo‘lgan Flinders, Viktoriya, Ord daryolarining quyi oqimida yozda bir necha o‘nlab kilometr masofada kemalar qatnaydi.
Materikning janubi-g‘arbida ham doimiy oqar suvlar bor. Lekin ularning hammasida oqim juda beqaror va yozgi qurg‘oqchilik faslida ayrim qismlarida ifloslangan bir qancha ko‘lchalarga aylanib qoladi.

Avstraliyaning ichki cho‘l va chalacho‘l qismlarida doimiy oqar suvlar yo‘q. Lekin u erlarda plyuvial davrdagi nam sharoitda tarkib topgan qadimda rivojlangan oqar suvlar shoxobchalarining qoldiqlaridan iborat quruqo‘zanlar bor. Bu quruq o‘zanlar yomg‘irlardan keyin qisqa muddatga suvga to‘ladi. Bunday vaqtli oqar suvlar Avstraliyada kriklar deb ataladi. Kriklar Markaziy tekislikda ayniqsa ko‘p. Bu erda ular oqmas, qurib turadigan Eyr ko‘li tomonga yo‘nalgan. Nallarbor karst tekisligida hatto vaqtli oqar suvlar ham yo‘q. Lekin bu erda oqimi Katta Avstraliya qo‘ltig‘i tomonga yo‘nalgan er osti suvi oqimi bor.
Avstraliyaning eng katta daryo sistemasi Murrey (Marri) Darling sistemasidir. Bu daryolar Katta Suvayirg‘ich tizmadan oqib tushib, janubiy pasttekislikda bir-biri bilan qo‘shiladi. Murrey Darlingga nisbatan qisqa bo‘lsa ham, unga qaraganda ancha sersuv bo‘lganligidan bu sistemaning asosiy daryosi hisoblanadi. Murreyning uzunligi 2570 km, Darlingniki 2830 km, ikkala daryo havzasining maydoni 1072 ming km2, Murreyning Darling quyilganidan quyiroqdagi o‘rtacha suv sarfi 270 m3s. Murreyning ikkinchi yirik irmog‘i Mirrambiji bo‘lib, uning uzunligi 1690 km.
Okeaniya orollari o‘rtasida ba’zi bir floristik umumiylikning mavjudligiga ana shular sababdir. Lekin Avstraliya kaynozoy o‘rtalaridan boshlab boshqa materiklardan alohida bo‘lib qolganligi tufayli uning florasi tarkibida boshqa qit’alarda uchramaydigan elementlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ikkinchi tomondan, boshqa materiklarda keng tarqalgap ko‘pgina floristik oilalar Avstraliya florasida yo‘q. YAna shunisi qiziqki, Avstraliya florasida o‘stirish uchun yaroqli ozuqa o‘simliklar bo‘lmagan va materikning tub joy aholisi dehqonchilikni bilmagan.
Okeandagi materik orollarning tuproq-o‘simlik qoplami hozirgi zamon iqlim sharoitiga bog‘liq ra-vishda atrofdam materik markaziga qarab tobora kuchli ksero-fitlashish tomon o‘zgarib boradi. Orollarning hamda materik sharqiy va janubi sharqiy chekkalarining nam tropik va subtropik o‘rmonlari materikning ichki qismlariga tomon savannalar, siyrak o‘rmonlar va butazorlar, so‘ngra chalacho‘l hamda cho‘l formatsiyalari bnlan almashinadi.

YAngi Gvineya orolining shimoliy qismi va ekvatorga bevosita yaqin joylashgan mayda orollar sernam tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Ularda ko‘p miqdorda Osiyodan kelgan va endemik turlar,
YAngi Gvipeyaning nam tropik o‘rmonlari maizarasiga, qisman tarkibiga ko‘ra ham Janubiy Osiyo o‘rmonlariga o‘xshaydi. Bu o‘rmonlarda ba’zi bir xil palmalar (masalan, kentiya-Kentia palmasi), dafnalar, fikuslar, dukkaklilar o‘sadi. Lianalar lomopos liana, qalampir va rotang palmalardan pborat Avstraliyaning nam tropik o‘rmonlarida Osnyo va Avstraliya turlaridan tashqari Antarktika va Kap o‘lkasi vakillari ham uchraydi. Bu o‘rmonlar tagidagp tuproqlarni botqoq bosgan pasttekisliklardagn podzollashgan qizil tuproqlar va yonbag‘ir hamda suvayirg‘ichlardagi podzollashgan laterit tuproqlar tiplariga kiritish mumkin.
Qalin tropik o‘rmonlar Avstraliyaning butun sharqiy chekkasini ham qoplab, Katta suvayirg‘ich tizma yonbag‘irlariga ko‘tariladi. Bu o‘rmonlar tipik nam tropik o‘rmoplardan turlarga kambag‘alligi, palmalar deyarli butunlay bo‘lmagani holda har xil evkalipt turlarining ko‘pchilikni tashkil etishi bilan farq qiladi. Lekin bu o‘rmonlarda daraxtlar juda baland bo‘ladi, biroq lianalarning hamda epifitlarning ko‘pchiligi jihatidan nam tropik o‘rmonlardan keyin turadi. Bu o‘rmonlar tagida qizil-sariq ferralig tuproqlar hosil bo‘lgan.

Tinch okean geosinklinal mintaqasidan andezit chizig‘i bilan ajralgan markaziy qismi Erdagi eng qadimgi okean platformasi (talassokraton)dan iborat. Uning g‘arbiy yarmida, SHimoliy va Janubiy tropiklar orasida va qisman ulardan ham tashqaridagi juda katta maydonda ko‘pdan-ko‘p mayda va juda mayda orollar joylashgan, ular uzun cho‘zilgan arxipelaglar hosil qilgan. Bu vulkan va marjon orollar platformani kesib o‘tadigan uzunasiga cho‘zilgan vulkan tog‘larining suvdan chiqib turgan tepaliklaridan iborat.
Ulardan ba’zilari bazalt lavalari oqib chiqadigan so‘nmagan vulkanlardir (masalan, Gavay orollarida). Lekin ularning ko‘pchiligi so‘ngan vulkanlar bo‘lib, ular ustida marjon riflari vujudga kelgan. Vulkan tog‘larining bir qismi 200 m dan 2000 m gacha chuqurlikda joylashgan. Ularning cho‘qqilari ab-raziya natijasida tekislangan, suv tagida, chuqurda joylashganiga sabab, aftidan, okean tagining cho‘kishi bilan bog‘liq. Bunday hosilalar ganotalar deb ataladi.

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish