Beshinchi bo'lim bilish jarayonlari



Download 277,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi277,12 Kb.
#257547
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sezgilar1

E=1/P  

E— sezgirlikni, P— qo'zg'atuvchining ta'sir chegarasi me'yorini anglatadi.  

Insondagi  hid  bilish  bitta  hujayrasining  chegarasi  tegishli  hid  tarqatuvchi 

moddalar uchun 8 molekuladan oshmaydi, maza yoki ta'm sezgisini hosil qilish hid 

sezgisini yuzaga keltirishga qaraganda 25000 marta ko'proq harakat talab qilinadi.  

Insonda  ko'rish  va  eshitish  analizatorlarining  sezgirligi  juda  yuksakdir. 

S.I.Vavilovningfikricha,  ko'zto'rpardasiga  2  —  8  kvant  yorug'lik  tushsa,  u  holda 

ko'rish hodisasi yuz beradi. Shu sababdan to'la qorong'ilikda yongan shamni 27 km 

masofadan  ko'ra  olish  mumkin.  Biroq  narsa  tekkanligini  sezish  uchun  ko'rish  va 

eshitishga qaraganda 100 — 10000 ml. marta ortiq energiya kerak bo'ladi.  

Analizatorlar  sezgilarning  yuqori  chegarasiga  ham  egadir.  Bilinar-bilinmas 

qo'zg'ovchidan sezgi hosil qiluvchi minimal kuchga ega bo'lgan qo'zg'atuvchining 

yuksak  darajasi  mutlaq  chegara  deyiladi.  Retseptorlarga  ta'sir  qilayotgan 

qo'zg'atuvchining  kuchini  yanada  ortib  borishi  retsep-torlardan  faqat  og'riq 

sezgisini yuzaga keltiradi.  




Mutlaq  chegaraning  me'yori  sharoitga  qarab  o'zgaradi:  inson  faoliyatining 

xususiyatlariga, 

uning 

yoshiga, 



retseptorlarning 

funksional 

holatiga, 

qo'zg'atuvchining kuchi hamda davomiyligiga bog'liq holda o'zgarishi mumkin.  

Sezgilar  o'rtasida  yuzaga  keladigan  farqni  hosil  qilish  ikki  qo'zg'atuvchi 

o'rtasidagi minimal farqni farq ajratish chegarasi deb ataladi. Nemis fiziolog olimi 

Veber  odamning  o'ng  va  chap  qo'lidagi  ikkita  narsadan  og'irrog'ini  aniqlay  olish 

qobiliyatini  tekshirib,  shunday  xulosaga  keladi:  farq  ajratish  sezgirligi  mutlaq 

xususiyatga ega bo'lmay, balki nisbiy xususiyatga egadir.  

Masalan, 100 g. 13, 42 gramm 1000%. 33, 3 gramm  

Shunday  qilib,  dastlabki  qo'zg'atuvchining  me'yori  qanchalik  katta  bo'lsa, 

demak, qo'shimcha qo'zg'atuvchining me'yori ham shunchalik ko'p bo'lishi lozim:  

1) ko'rish analizatori uchun  1/100; 

2) eshitish analizatori uchun  1/10; 

3) taktil analizatori uchun 1/30.  

Mazkur qonunga binoan, asosiy qo'zg'atuvchi bilan qo'shimcha qo'zg'atuvchi 

o'ltasidagi  farqni  ajratish  qonuni  faqat  o'rtacha  kuchianishdagi  qo'zg'atuvchilar 

uchungina to'g'ridir.  

Veber  tadqiqotiga  asoslanib  Fexner  sezgilar  intensivligining  qo'zg'atuvchi 

kuchiga bog'liqligini quyidagi formula bilan ifodalab bergan:  



S K IgJ C, bu yerda S— sezgi intensivligi, /-qo'zg'atuvchining kuchi, va C 

konstantalardir.  Ushbu  qonun,  asosiy  psixofizik  qonunga  muvofiq,  sezgilarning 

intensivligi qo'zg'atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Qo'zg'atuvchining 

kuchi  geometrik  progressiya  bo'yicha  ortib  borsa,  sezgilarning  intensivligi 

arifmetik progressiya bo'yicha ortib boradi (Veber — Fexner qonuni).  

Farq  ajratish  sezgirligi  ham  farqlash  chegarasining  me'yorini  teskari 

proporsionaldirki, demak, farqli ajratish sezgirligi shunchalik kichik bo'ladi.  

Ajratish sezgirligi sezgirlik turlarining ayrim xususiyatlarini boshqa jihatdan 

tavsiflashda  ham  qo'llaniladi.  Masalan,  shakllarni,  hajmlarni  ko'rish  vositasida 

idrok  qilinadigan  narsalarning  ranglarini  aks  ettirish  haqida  mulohaza  yuritish 

mumkin.  

Psixoiogiya  fanida  sezgilarni  o'lchashning,  asosan,  ikki  metodi  mavjud. 

Ulardan biri bevosita metod deb atalib, subyektiv ravishda baholashga asoslanadi. 

O'lchashning  ikkinchi  metodi  esa  alomatlarni  obyektiv  ravishda  baholashga 

asoslangan bo'lib, sezgilarning bevosita mavjudligiga qaratilgandir.  

Bevoista  metod  yoki  qo'zg'atuvchining  so'z  bilan  baholash  metodi 

quyidagicha tuzilishga ega: sinaluvchiga teri, tovush, yorug'Iik ta'sir qila oladigan 

qo'zg'atuvchi  havola  qilinadi,  dastawal  qo'zg'atuvchi  minimal  jadallikka  ega 

bo'ladi,  so'ng  ularning  kuchi  orttirib  boriladi.  Mazkur  tadbirlardan  keyin 

sinaluvchidan ,,u" qaysi bir sezgi qo'zg'atuvchisini dastlab sezganligi so'raladi.  

Teri  sezgirligini  o'lchash  uchun  ,,esteziometr"  maxsus  asbobi  qo'llaniladi. 

Eshitish sezgirligini o'lchash audiometr yordamida amalga oshirilib, tovushlarning 

turli  darajada  intinsivligi  aniqlanadi.  Ba'zan  kichkina  temir  sharni  har  xil 

balandlikdan  tashlab  ko'rish  orqali  ham  yuqoridagi  maqsad  amalga  oshiriladi. 

Ko'rish  sezgirligini  aniqlash  esa  sinaluvchining  ko'ziga  yorug'likni  turli 

intensivlikda  yuborish  orqali  (goho  qorong'ilikda),  quyidan  yuqoriga  yorug'lik 

birligi — luks orttirib boriladi. Ta'm va hid bilish sezgirligi ham maxsus asboblar 

yordamida o'lchanadi, goho kimyoviy usul ham qo'llaniladi.  




Bevosita  metod  tashqi  alomatlarga  asoslanib  ish  yuri-tishni  taqozo  etadi. 

Sobiq  Ittifoq  psixologlari  va  psixo-fiziologlari  G.V.Gershuni,  E.N.Sokolov, 

O.S.Vinogradov va boshqalar mazkur metod yordamida uzoq yillar ilmiy tadqiqot 

ishlari  olib  borganlar.  Ma'lumki,  sezgilar  hech  mahal  sust  bilish  jarayoni 

bo'lmagan. Ular vegetativ, elektrofiziologik, nafas olish jarayonlarida o'zgarib bor-

ganligi uchun o'z tabiati bilan reflektor jarayoni hi-soblanadi. Sczgilardagi reflektor 

b'zgarishlar  ularning  obyektiv  ravishda  yuz  berayotganligining  ko'rsatkichi 

deyiladi.  Masalan,  sezgilarni  hosil  qiluvchi  har  qanday  qo'zg'atuvchi  reflektor 

jarayonlarini  ham  vujudga  keltirishga  qodir.  Masalan,  bunday  qon  tomirlarining 

torayishi, teri galvanik refleks, ya'ni teri elektr qarshiligining kamayishi, miyaning 

elektr  faolligi  chastotasining  (alfa,  ritma,  depressiya  holatining)  o'zgarishi 

qo'zg'atuvchiga  qarab  ko'zning  yo'nalishi,  bo'yin  muskullarining  taranglashuvi  va 

boshqalar  yuz  beradi.  Bu  narsalarning  barchasi  sezgilarning  paydo  bo'lishini 

obyektiv ko'rsatkichi hisoblanadi.  

Yuqoridagi  tadqiqotchilarning  fikriga  qaraganda,  sinaluvchi  subyektga 

kuchsiz qo'zg'atuvchi bilan ta'sir etilsa, u holda subycktda hech qanday sezgi hosil 

bo'lmaydi. Sanab o'tilgan reflektorlarda ham o'zgarish yuz bermaydi.  

Qon  tomir  yoki  elektrofiziologik  reaksiyalar  kuchsiz  qo'zg'atuvchi  ta'sirida 

ham aniq namoyon bo'lishi mumkin, ammo sezish jarayoni esa amalga oshmaydi. 

Bu  holatni  elektroensefagrafik  reaksiyalar  tasdiqlaydi.  Tovush  qo'zg'atuvchi 

to'g'risida  

G.V.Gershuni inson subsensor diapazonga ega degan ilmiy g'oyani olg'a suradi. Bu 

narsa anglashilmagan  

fiziologik reaksiyalarga, ya'ni sezib bo'l-mas qo'zg'atuvchilarga asoslanadi.  

Sezgilarning  o'zgarishi  adaptatsiya  va  sensibilizatsiya  holatlarida  o'z 

ifodasini  topadi.  Adaptatsiya  (lotincha  -adapto  moslanmoq)  demak,  bu  sezgi 

a'zolarining  taassurot  kuchiga  moslashuvi  natijasida  muayyan  sezgirlikning 

o'zgarishidir.  Adaptatsiya  hodisasida  sezgirlik  ortishi  yoki  kamayishi  mumkin. 

Kuchli ta'sirdan kuchsiz ta'sirotga o'tganda, sezgirlik asta-sekin ortib boradi, ta'sirot 

kuchayganda  esa  sezgirlik  kamayib  boradi  (ko'ruv, eshituv, hid  bilish, teri-tuyush 

va hokazo).  

Odatda,  genetik  nuqtayi  nazardan  adaptatsiya  uch  xil  xususiyatli  manba 

ta'sirida vujudga keladi  

1. 


Qo'zg'atuvchilarning davomli ta'siri jarayonida sezgilar tola yo'qolishi 

mumkin.  Masalan,  ta'sir  qilib  turadigan  qo'zg'atuvchi  doimiy  ta'sir  o'tkazaversa, 

bunday  holda  sezgi  so'nib  qoladi.  Masalan,  teriga  biror  narsa  doimiy  tegib  tursa, 

bora-bora u narsa sezilmay qoladi. Yoqimsiz hidli bir joyga kirib qolib, uzoq turib 

qolsak,  birozdan  so'ng  bu  hidni  batamom  sezmay  qolamiz.  Og'izda  biron  narsani 

ko'proq ushlab tursak, ta'm sezgisining intensivligi bo'shashadi.  

Doimiy  va harakatsiz  qo'zg'atuvchining  ta'sirida ko'rish  analizatorlarida  tola 

adaptatsiya hodisasi yuz beradi. Bunday holatda qo'zg'atuvchining harakatsizligini 

ko'rish re-tseptorlari apparatining harakatchanligi bosib ketadi. Ko'zning  har doim 

ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz  ravishda  harakatlanib  turishi  ko'rish  sezgisining 

uzluksizligini  ta'minlaydi.  Qo'zg'atuvchi  ta'siridan  2  —  3  soniya  o'tgach  ko'rish 

sezgisi yo'qoladi, ya'ni adaptatsiya hodisasi yuzaga keladi.  

2. 

Kuchli  qo'zg'atuvchining  ta'sirida  ham  sezgilar  zaiflashishi  mumkin. 



Masalan,  qo'l  muzdek  suvga  tiqib  turilganda      doimiy      sovuq      qo'zg'atuvchi 


ta'sirida  yuzaga  kelgan  sezgining intensivligi pasayadi. Qorong'iroq  xonadan  juda 

yorug'  joyga  kirib  qolsak,  bir  kuchli  yorug'likdan  awaliga  ,,ko'r"  bo'lib  qolib, 

atroflmizdagi  narsalarni  ajrata  olmaymiz.    Ma'lum  fursat  o'tgandan  so'ng,  ko'rish 

analizatorlarining  sezgirligi  keskin  sur'atda  pasayadi  va  biz  mo'tadil  ko'rish 

imkoniyatiga  ega  bo'lamiz.  Ko'rish  sezgirligiga  intensiv  yorug'lik  qo'zg'atuvchisi 

bilan  ta'sir  qilganda  pasayishdan  iborat  hodisa  yuz  beradi  va  u  yorug'lik 

adaptatsiyasi deb yuritiladi.  

Ko'rib  o'tilgan  ikki  turdagi  adaptatsiyani  ko'pincha  psixologiya  fanida 

negativ  adaptatsiya  deyiladi.  Chunki  har  ikkala  adaptatsiyada  analizatorlarning 

sezgirligi keskin pasayadi.  

3. 

Sezgirlikni  kuchsiz  qo'zg'atuvchi  ta'siri  ostida  ortib  borishini  ham 



adaptatsiya  deb  atash  an'anaga  aylangan.  Aksariyat  sezgi  turlariga  xos  bo'lgan 

adaptatsiyaning mazkur turi pozitiv adaptatsiya deyiladi.  

Qorong'ilik  adaptatsiyasida  ko'rish  sezgirligi  ortadi.  Sokinlikka  nisbatan 

adaptatsiya eshitish adaptatsiyasi zamirida yuzaga keladi.  

Tibbiyot psixologiyasida negativ og'riq adaptatsiyasining borligi to'g'risidagi 

gipoteza (ukolga, ignaga, issiq nurlanishga nisbatan) doimiy mavjudligi ta'kidlanib 

o'tildi.  

Adaptatsiyani  hosil  bo'lish  xususiyatlari  to'g'risida  quyidagilar  ma'lum:  a) 

taktil  adaptatsiya  juda  tez  hosil  bo'ladi;  b)  ko'z  adaptatsiyasi  uchun  bir  necha 

daqiqa;  d)  hid  va  ta'm  adaptatsiyalarining  paydo  bo'lishi  uchun  undan  ham  uzoq 

vaqt talab qilinadi.  

Adaptatsiyaning muhim tomoni shundaki, u kuchsiz qo'zg'alishni payqashga 

yordam beradi va kuchli qo'zg'alish ta'siridan sezgi a'zosini saqlaydi.  

Adaptatsiyani  quyidagicha  tushuntirib  berish  mumkin:  l)tayoqsimon 

hujayralarda joylashgan ko'rish purpuri aynib ketadi; 2) miyaning po'stloq qismida 

sezgirlikni  pasaytiradigan  tormozlanish  bor;  tormozlanish  esa  boshqa  joylarda 

qo'zg'alishni  kuchaytiradi,  natijada  sezgirlik  ortadi,  buning  oqibatida  izchil  o'zaro 

induksiya hodisasi ro'y beradi.  

Analizatorlarning o'zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning 

kuchayish  hodisasi  ro'y  beradi,  bu  sensibilizatsiya  deb  ataladi.  Sezgilar  o'zaro 

munosabatining  fiziologik  mexanizmi  analizatorlarning  markaziy  qismlarida 

joylashgan  bosh  miya  po'stlog'idagi  qo'zg'alish  irradiatsiya  hamda  konsentratsiya 

jarayonlari  bo'lib  hisoblanadi.  I.P.Pavlovning  ta'limotiga  ko'ra,  kuchsiz 

qo'zg'atuvchi 

bosh 

miya 


katta 

yarimsharlarining 

po'stlog'ida 

oson 


irradiatsiyalanadigan,  ya'ni  oson  yoyilib  ketadigan  qo'zg'alish  jarayonini  yuzaga 

keltiradi. Qo'zg'alish jarayonining irradiatsiyasi natijasida boshqa analizatorlarning 

sezgirligi  ortadi.  Kuchli  qo'zg'atuvchi  ta'sir  etganda,  aksincha,  konsentratsiyaga 

moyil bo'lgan qo'zg'alish jarayoni yuzaga keladi. O'zaro induksiya qonuniga ko'ra, 

bunday  qo'zg'alish  jarayoni  boshqa  analizatorlarning  markaziy  qismlarini 

tormozlanishga  olib  keladi  va  natijada  ularning  sezgirligi  pasayadi.  Analizatorlar 

sezgirligining  o'zgarishi  shartli  reflektor  asosida,  ya'ni  ikkinchi  signallar  tizimiga 

kiruvchilar  ta'siri  bilan  ham  yuzaga  kelishi  mumkin.  Sinaluvchilarga  ,,Iimondan 

nordon",  ,,zahardan  achchiq"  degan so'zlarni  talaffuz  qilish  bilan ularning  ko'zlari 

va  tillarida  elektr  sezgirligi  yuzasidan  o'zgarishni  maydonga  keltiruvchi  omillar 

qayd etilgan. Bunda haqiqiy limon va zahar bilan ta'sir qilinganda hosil bo'ladigan 

qo'zg'alishga o'xshash o'zgarish ma'lum bo'lgan.  




Sezgi  organlarining  sezgirligini  o'zgartirish  qonuniyatlarini  o'zlashtirib 

olganligimizga asoslanib, maxsus ravishda tanlangan qo'shimcha qo'zg'atuvchilarni 

qo'llash  orqali  ma'lum  bir  retseptorlarni  sensibilizatsiyalash,  ya'ni  ularning 

sezgirligini oshirish imkoniyatiga ega bo'lamiz.  

Qo'zg'atuvchining  birin-ketin  analizatorga  ta'siri  bilan  analizatorlarga  xos 

sczgining  paydo  bo'lishi  sinestcziya  deyiladi.  Sinesteziya  yunoncha  birgalikda 

sezish  degan  ma'noni  anglatadi.  Sinesteziya  hodisasini  har  xil  turdagi  sezgilarda 

kuzatish mumkin. Ko'rish va eshitish sinesteziyasi hammadan ko'ra ko'proq uchrab 

turadi,  bunda  tovush  qo'zg'atuvchilarining  ta'siri  bilan  odamda  ko'rish  obrazlari 

vujudga  keladi.  Bunday  tabiatli  sinesteziyalar  har  bir  odamda  o'ziga  xos  ravishda 

kechadi,  lekin  ular  har  qaysi  shaxs  uchun  muayyan  darajada  doimiy  bo'lishi 

kuzatiladi.  Masalan,  ayrim  bastakorlar  Rimskiy-Korsakov,  Skryabin  kabilar 

,,rangni  eshitish"  qobiliyatiga,  rassom  Chorlyonis,  Behzod  ,,rangli  rnusiqa" 

iste'dodiga  ega  bo'lganlar.  Eshitish  va  ta'm  sinesteziya  hodisasi  ko'pincha 

,,o'tkirta'm",  ,,savlatli  rang",  ,,shirin  tovush",  ,,achchiq  shamol", ,,bahaybat  ovoz", 

,,motamsaro  osmon",  ,,qalbo'rtar  navo"  singari  iboralarda  o'z  ifodasini  topgan 

bo'ladi.  Chunki  ularning  mohiyatida  ikkilanganlik  xususiyatlari  maxsus 

kuchaytirgich sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.  

Sezgirlikni  mashq  orqali  rivojlantirib  boriladi.  Bunday  o'zgarish 

kompensatsiya  va  faoliyat  mazmunida  o'z  aksini  topadi.  Ayniqsa,  ko'r  (ko'r 

musiqachida), 

kar, 


soqov, 

haykaltaroshlarda, 

vibratsiya 

sezgisi 


bilan 

shug'ullanuvchi-larda  sezgirlik  keskin  ravishda  oshishi  mumkin.  Psixolog  Elen 

Killer hid sezgisiga nisbatan sczgirlikni maxsus ravishda tadqiq qilib, hid sczgisida 

o'ziga  xos  xususiyatlar  mavjud  ekanligini  dalillab  bergan.  Mashq  qilish  natijasida 

insonda  sezgirlik  ortib  borishi  tadqiqotchilar  tomonidan  o'rganil-gan  bo'lib,  ular 

quyidagi  ko'rsatkichlarda  ifoda  etiladi:  1)  notekislik  —  0,  0005  mm;  2)  bo'yash 

(bo'yoqchi) -  

180 — 40 gacha; 3) po'lat quyuvchi po'latning rangidan qotishma miqdorini 

1/60  aniqlikda  belgilay  oladi;  4)  rassomlar  narsa  hajmini  —  1/150  miqdorda 

o'zgarganini farqlay biladi; 5} uchuvchi (motor ovozining o'zgarishi) -  

1300 dan 1340 gacha aylanishini farqlay oladi; 6) rim mozaika ustaxonasida 

20000  rang  turi  mavjud;  7)  ko'r-larda  —  taktil,  sezgi  —  pachiniyev  moddasi 

yuqori;  8)  ko'zi  ochiq  odamlarning  qo'l  kafli  va  panja  qismlarida  186  ta  taktil 

retseptori  tanachasi  mavjud;  9)tug'ma  ko'rlarda  esa  tanacha  —  270  ta;  10) 

keyinchalik ko'r bo'lib qolganlarda bo'lsa, tanacha — 311 ta ekanligi aniqlangan.  

Shunday  qilib,  sensibilizatsiya  hodisasidasezgiriikning  ortishi  quyidagilarga 

bog'liqdir:  

1) 


organizmdagi uzoq muddatli, muayyan o'zgarishlarga;  

2) 


muvaqqat   xususiyatli   ekstra  

ta'sir   yoki   favqulod-  

dagi holat va vaziyatga;  

3) 


yosh 

xususiyatlari, 

tipologik 

sharoitlar, 

endokrin 

harakati, 

organizmning umumiy holati, uning toliqishiga:  

a) 30 yoshgacha yuqori darajaga erishish mumkin, undan keyin pasayish  

boshlanadi;  b)  nerv  sistemasining  dinamikasi  (B.M.Teplov  tadqiqoti  bo'yicha);  d) 

endokrin balansi (homilador va boshqa odamlarda); e) organizmda funksional  

holatning buzilishi yoki insonning charchashiga;  



4)  farmologik  ta'sirlar  (adrenalin,  fenamin,  benchidrin  —  kuchayish; 

pilokarpin — pasayish)ga.  

Sezgirlikning  o'sishi  ko'p  jihatdan  subyekt  ustanovkasiga,  nutqning 

ahamiyatliligi  va  nutq  yo'nalishiga  bog'liqdir.  Sezgilarga  bag'ishlangan 

eksperimental tadqiqotlar quyidagi yo'nalishlarda olib borilgan.  

1. 


Veber  va  Fexnerlarning  ,,psixofiziologik  qommi"ning  ochilishida: 

qonunga  muvofiq  ravishda  sezgilarning  intensivligi  qo'zg'atuvchi  kuchining 

logarifmiga  proporsionaldir;  qo'zg'atuvchining  kuchi  geometrik  progressiya 

bo'yicha  ortib  borsa,  sezgilarning  intensivligi  arifmctik  progressiya  bilan  ortib 

boradi.  

2. 


G.Ebbingauzning  xotira  yuzasidan  o'tkazgan  tadqiqotlari  negizida: 

eslab  qolinadigan  materialnmg  katta  yoki  kichikligi,  so'zlarning  hid  bilish,  ta'm 

sezish sezgilari bilan bog'liqligi, mashq qilish tufayli odamda sezgirlikning ortishi 

omillari yotadi.  

3. 

G.Gelmgolsning  sezgi  organlari  to'g'risidagi  psixologik  ishlari  va 



ishlanmalarida:  ko'zni  bosib,  unga  kuchsiz  elektr  toki  yuborilsa,  ko'zda  yorug'lik 

sezgisi  hosil  bo'ladi;  quloqqa  elektr  qo'zg'atuvchisi  bilan  ta'sir  qilinsa,  tovush 

sezgisi vujudga keladi; ultrabinafsha ranglarining odamga ta'sir etish xususiyatlari 

mujassamlashgan.  

4. 

V.Vundtning psixofiziologiyadagi sezgilar va  harakatlar bo'yicha olib 



borgan  izlanishlarida:  ayniqsa,  Lining  ,,Muskul  harakatlari  to'g'risida  talimot", 

,,Hissiy  idrok  nazariyasimateriallari",  ,,TabiatshunosIik  nuqtayi  nazaridan 

psixologiya",  ,,lnson  va  hayvon  ruhiyati  to'g'risida  ma'ruzalar",  ,,Fiziologik 

psixologiya asoslari" asarlarida mazkurg'oyalar o'z ifodasini topgan.  

5. 

P.P.Lazerev  tomonidan  yorug'lik  toni  muammosining  o'rganilishida; 



qo'zg'alishning ioni nazariyasi, oliy nerv faoliyati mexanizmi tadqiqoti, harakatdagi 

qo'zg'atuvchiga  nisbatan  hissiy  organlarning  adaptatsiyalashuv  ta'limoti,  ko'zni 

yorug'likka  va  qorong'ilikka  moslashish  xususiyatlari,  ko'zning  to'r  pardasi 

xossalari,  fiziologik  organlarning  sezgi  psixologiyasi  asosi  ekanligi  kabilar  hal 

qilinadi.  

6. 


E.N.Sokolov, 

S.V.Krovkov 

kabi 

tadqiqotchilarning 



o'tkazgan 

tajribalaridan  olingan  qonuniyatlartalqinida:  ko'rish  analizatorining  sezgirligi, 

eshitish qo'zg'atuvchisi ta'sirida o'zgarishi; ko'rish sezgirligining bunday o'zgarishi 

eshitish 

qo'zg'atuvchisining 

barqarorligiga 

bog'liqligi; 

kuchsiz 


tovush 

qo'zg'atuvchisi  ko'rish  analizatorining  rangni  aks  ettirish  sezgirligini  oshirishi; 

eshitish  qo'zg'atuvchisi  sifatida  motor  shovqini  yuborilsa,  ko'zning  farq  ajratish 

sezgirligi zaiflashishi va hokazo ifodalanadi.  




Download 277,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish