Bilet-1 Sizga qanday infektsiya manbalari va ularning tarqalishi ma'lum? Javobingizni asoslang


Jarrohlik operatsiya xonasini tozalashning qanday usullari sizga ma'lum? Har bir usulning tavsifini bering



Download 91,39 Kb.
bet12/20
Sana07.12.2022
Hajmi91,39 Kb.
#880731
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Xirurgiya bilet 1-7

Jarrohlik operatsiya xonasini tozalashning qanday usullari sizga ma'lum? Har bir usulning tavsifini bering.

Operatsiya xonasini toza tutish Operatsion blok katta operatsion hamshiraning bevosita nazorati ostida b o iad i. Operatsiya boim agan kunlari operatsiya xonasiga hech kim kiritilmaydi va uning eshiklari yopib qo‘yiladi. Zarur boimasa, operatsiya xonasiga kirish mumkin emas. Ish vaqtida esa tozalik va tartibga qattiq rioya qilinadi. Qon va jarohat oqmasiga ishlatilgan doka sharchalar maxsus toslarga tashlanadi. Operatsiya paytida jarohat va bo‘shliqdan olingan ekssudat va yiringli moddalar elektr so‘rg‘ich bilan idishlarga yig'iladi. Operatsiya xonalari hamma vaqt hoilash usulida (1 foizli xloramin B, 3 foizli vodorod peroksid, 0,5 foizli yuvish vositalari, 0,2 foizli dezoksan-1,2 foizli dixlor-1 va b.) tozalanadi. Operatsiya xonasini tozalashning quyidagi usullari bor: 1. Operatsiya paytida odatdagi tozalash. Sanitarka polga tasodifan tushgan salfetka, sharchalarni yig‘ishtiradi va qon yoki ek ssudatdan iflo slan g an polni artadi. Sharcha va salfetkalarni sanitarka q o iq o p yoki maxsus qisqich bilan olishi kerak. . 2. Operatsiya tugagandan keyin operatsiya xonasini tozalash. Bu bilan navbatdagi xirurgik yordam uchun kasaldan oldin operatsiya xonasining tozalanishiga erishiladi. 3. Operatsiya kuni tugallangandan yoki shoshilinch operatsiyalardan keyingi kundalik tozalash. 4. E rtalab ish boshlash oldidan xonaning p a stk i qism lari (pol, asbob-uskunalar, deraza osti va b.) ho'llab, antiseptiklar bilan artiladi. 5. Haftaning tozalash kunida rejali operatsiya xonasida eng katta tozalash - yakuniy tozalash o'tkaziladi. Uni boshlashdan oldin iloji boricha tozalanishi kerak boigan xona jihozlardan holi qilinadi. Ushbu jarayon 5 bosqichdan iborat bo'lib, uning uchun ikki idishga yuvish eritmasi va chayish uchun ikkinchi idishga toza suv olinadi. Birinchi bosqichda 2 foiz sovun - ishqor (soda) eritmasi yoki 0,5 foiz sovun eritmasi bilan hamma narsa (pol, inventar, eshik, oynalar va b.) yuviladi. Ikkinchi bosqichda xonani steril ho‘l latta bilan quyidagi eritmalarning biri bilan dezinfeksiya qilinadi. (5 foizli - gipoxlorid Ca, 6 foizli - vodorord peroksid, 5 foizli - xloramin eritmasi, 5 foizli - xlorli ohak eritmasi.) Erimtalar tozalanganda almashtirib turiladi. Uchinchi bosqichda kvars chirog'i bir soat yoqib qo'yiladi. To'rtinchi bosqichda toza xalat kiyilib, xonaning butun sohalari distillangan yoki qaynagan suv bilan yuviladi. Beshinchi bosqichda bakteritsid chirog'i 30 daqiqaga yoqib qo'yiladi va 15 daqiqa shamollatiladi. Operatsiya xonasini bakterial jihatdan tekshirish shuni ko'rsatdiki, kunning oxirida havo ekmasida (mikroblami ekish) bakteriya koloniyalari soni keskin ko'payadi, o'z vaqtida shamollatish, nam usullar bilan tozalash uni keskin kamaytiradi. Ammo havoni bu xilda tozalash ko'ngildagidek bo'lmaydi. Shuning uchun operatsiya xonasining havosini dezinfeksiya qilish uchun qisqa to'lqinli bakteritsid ultrabi-nafsha lampalardan foydalaniladi. Bakteritsid lampalar havoning konveksion oqimi harakatining yo'nalishi bo'yicha o'matilishi kerak, ya’ni ular maxsus kronshteynlar bilan poldan 2 metr balandlikda bo'ladi yoki shipga osiladi. Operatsiya xonasiga kirayotgan havoni bakteritsid nurlantirish uchun bir-ikkita lampani kirish eshigi tepasiga o'rnatish lozim. Har bir lampa o'z atrofida diametri 2-3 r>r bo'lgan sathni egallagan steril zona hosil qiladi. Shu sababli lampalami operatsiya stolidan 2 metrdan yaqin masofada joylashtirish mumkin ema s, chunki jarohat yuzasining va seroz endotelial to' qima bilan qoplangan organlarning uzoq muddat nurlantirilishi organizm uchun farqsiz emas va u kuyishga sabab bo'lishi ham mumkin. Bakteritsid lampalarni to'sish uchun alyuminiydan yasalgan aks ettirgichlar tavsiya qilinadi. Xona havosini nurlantirish muddati kishilar bo'lganda 6-8 soatdan oshmasligi kerak. 2-3 soat bakteritsid lampalar qo'llagandan so'ng operatsiya xonasining havosidagi mikroblar soni 50-80 foizgacha kamayadi.1 Xona havosi baravariga bir soat ichida shamollatilsa va ultrabinafsha nurlar bilan dezinfeksiya qilinsa, havoda mikroorganizmlamiig soni 75-90 foizga kamayadi. Respublikamizda bakteritsid lampalaming quyidagi uch xili ishlab chiqariladi: BUV-15, BUV-30, BUV-ZOP O peratsiya xonasi havosini dezinfeksiya qilish klinik xirurgik muassasalarda ayniqsa niuhim aham iyatga ega. Xodimlarning ko'p bo'lishi, havoda mikroblarning ko'payishiga olib keladi va bu aseptik sharoitni yomonlashtiradi. Shuning uchun operatsion blokka m ikroorganizm lar tushishini karrxaytirish maqsadida xodimlar, bemorlar uchun ham steril shlyuzlar qilinadi. Tashqi muhitdan mikroorganizmlaming tushishi va tarqalishini keskin kamaytirish maqsadida xodimlar kiyimlarni alishtirishlari, barmoqlarini gigiyenik dezinfeksiya qilishlari, maxsus poyabzal, qalpoq va niqoblardan foydalanishlari shart. Operatsion blok xirurgdan to sanitarkagacha ham m a xodim larning sidqidildan va puxta ishlashi davolashning muvaffaqiyatli chiqishiga imkon yaratishi kerak. Qattiq intizom va rostgo‘ylik operatsiya xonasi xodimlarining yaxshi fazilatidir. Operatsiya xonasining ventilyatsiyasi mikroorganizmlarni ushlab qolish imkoniyati bo'lgan filtrli konditsionerlardan iborat bo'ladi. Kuchsiz bosim ostida tozalangan havo operatsiya xonasiga keladi, havo oqimi sekundiga 4 sm dan ortiq bo'lishi kerak. Agar bu shart bajarilmasa, m ikroorganizm lar havoda uzoq vaqt saqlanib turadi. O peratsiya xonasining h aro rati 24°C dan, havo nam ligi 50 foizdan va mikroorganizmlaming soni har bir m3 da 500 dan oshmasligi kerak. Yuqori sterillikda bajariladigan xirurgik muolajada operatsion xonalarda lampalardan keluvchi (gorizontal va vertikal) nurlardan foydalaniladi. Bu holda gorizontal va vertikal havo oqimi soatiga 500 martagacha almashinishi kerak (3-rasm). Bunday lam inar oqim xonadagi bemor va jarrohlar brigadasidan chiqadigan zarrachalami chiqarib yuboradi. Gorizontal oqimda havo devordan qaram a-qarshi tom onga yo'naladi, shuning uchun anesteziolog operatsion maydonni to'sib qo'ymasligi kerak, vertikal oqimda esa havo pol tomonga oqadi. Bunday operatsiya xonalarida mikroorganizmlar soni odatdagi operatsiya xonalariga nisbatan o'n martagacha kam bo'ladi. Laminar havo oqimini vujudga keltirish uchun bokslardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ularning devorlari oyna va plastikadan ishlangan bo'lib, vertikal havo oqimi yuqoridan pastga yo'naladi. 3- rasm. Operatsiya xonasida havoning vertikal oqimi sxemasi. I-Jiltr; 2-havo oqimi; 3-ventilvator; 4-filtr oldi qismi; 5- tashqi muhitdan tushuvchi havo; 6-teshik pol M urakkab operatsiyalarni bajarish uchun hozirgi kunda yuqori atmosfera bosimi ostida kislorodga to'yingan havo yordamida operatsiya f qilishga imkon beradigan barooperatsion xonalar bor. Ularga murakkab uskunalaming to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun maxsus o‘rgatilgan tibbiy va texnik xodimlar kerak. Operatsiya xonasining epidemiologik holatini I.Flagin 1979- yillarda aniqlagan. Uning fikricha, odatda operatsiyagacha 5 mkm kattalikdagi moddalar 1 m3/min. 9 ni, koloniya hosil qiluvchi mikroblar esa lm 3 da 0,02- 0,36 tani tashkil etgan. Jarrohlik jarohatlarini tirik, shuningdek jonsiz moddalar ham ifloslaydi. Katta jinslar (chang, qil va b.) mikroblami tashishga xizmat qiladi. Aynan bitta shunday jinsda 4 dan 12 tagacha bakteriyalar boiadi (N. Noble, 1974). Bakteriologik analizlar shuni ko'rsatdiki operatsiya xonasida kun bo‘yi mikroblarning tarqalishi 1,5 martaga oshadi.

  1. Emizikli ona antenatal klinikaga chap sut bezida og'riq, 38C gacha isitma, titroq, bosh og'rig'i shikoyat qilgan. Sut bezining yuqori tashqi kvadrantida aniq bo’lmagan chegaralar bilan keskin og'riqli infiltrat aniqlangan. Infiltrat ustidagi teri giperemikdir. Fluktuatsiya yo'q. Qanday davolanishni buyurasiz? Yiringli bo'shliqni izlash uchun qanday manipulyatsiya qilish kerak?

Mastit (Sut bezlarining yallig‘lanishi) Sut bezlarining yallig‘lanishi («mastitis») avvalo emizuvchi ayollarda (90 foiz hollarda), ayniqsa, birinchi marta tuqqan ayollarda kuzatiladi. Shuningdek, mastit chaqaloqlarda (m. neonatolorum) va jinsiy jihatdan balog'atga yetish davrida-o‘smirlarda ham kuzatiladi (m. adolescentium). Etiologiyasi va patogenezi. Odatda, mastit stafilokokk infeksiyasii va enterobakteriyalar tufayli kelib chiqadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi ko'pincha sut beziga limfogen yoilar bilan o‘tadi. Ko'krak uchi va ko'krak uchi atrofidagi pigm entlashgan zonaning (areola) yorilishi, sut bezining shikastlanishi kirish darvozasi vazifasini o'tashi mumkin. Infeksiya sut beziga sut yo'llari va gemotogen yo‘llar bilan tushishi mumkin. Ko'krak bezlarida sutning to'xtab qolishi, sanitariya talablariga javob bermaydigan turmush sharoitlari, bolani emish davrida ko‘krakni yetarlicha parvarish qilinmaganligi kasallikning paydo bo‘lishi uchun imkon tu g ‘diruvchi omillar hisoblanadi. Patologik-anatom ik manzarasi. Virulent infeksiya ta ’siri ostida sut bezining yiringli shikastlanishi va to ‘qimalarining yemirilishi bilan kechadigan yallig'lanish jarayoni avj oladi. U yon-atrofdagi to ‘qimalarga o ‘tganda ko'krak qafasi devori flegmonasi paydo bo'lishi mumkin. T o‘qimalarda shish, infiltratsiya va maddalash kuzatiladi. Mastit abssesslar vujudga kelishi bilan ham paydo bo‘ladi (m. superflcialis) (174- rasm). Odatda, yuza mastit ko‘p uchraydi. U nga shunday xususiyat xos: yiring bevosita teri ostida bo‘lib, u yerdan tashqariga yorib chiqadi va shu zahotiyoq jarayon to'xtaydi. Subareoslar asbsess (m. subareolaris) yuza m astit tu rlarid an biridir. Mastitning anchagina og'ir turi - sut bezlari b o ‘lakchasining yiringli yallig'lanishidir. (m. intraglandularis): yiring yig'ayotgan o'choq yetarlicha chuqurlikda joylashgan b o ‘lib, bezlar parenxim asini ham da yondosh biriktiruvchi qatlamlarni qamrab oladi. Bezlar orasidagi yumshoq to'qim alarda va k o ‘krak qafasi fassiyasida joylashgan retrom am m ar abssess (m. retroglan-dularis) ayniqsa og‘ir tur hisoblanadi. Tasnifi. O 'tkir va surunkali. Amaliyotda o ‘tkir m astitning seroz (boshlang'ich), infiltratli, abssesslashgan, flegmonali va gangrenoz turlari farqlanadi. Surunkali mastitlarga yiringli va yiringsiz turlar kiradi. Yiringli surunkali mastit qisman kam uchraydi. Odatda, o'tkir mastit noto'g'ri davolaganda yuzaga keladi. Yiringsiz surunkali m astitga periduktal surunkali mastit kiradi. Shuningdek, maxsus sil, zaxli mastitlar kuzatiladi, lekin ular kam uchraydi. Klinik manzarasi. Jadallik bilan boshlanish mastitga xosdir. Yallig'lanish et uvishishi, shishning tez kattalashishi va sut bezida qattiq shish (bu shish hajm jihatidan kattalashib, paypaslab ko'rilganda og'riq beradi) paydo bo'lishi bilan kechadi. Mastitning boshlang'ich bosqichidayoq sut oqishini ta ’minlash va sut yo'llarida sut ivishining oldini olish zarur. Sutni muntazam sog'ib tashlash zardobli mastit bosqichida kuzatiladigan yallig'lanishni bartaraf etish uchun ko'pincha imkon beradi. Biroq jarayonning keyingi avj olishi infiltratsiya bosqichiga o'tadi. Sut bezi kattalashganda usti qizargan teri ostidagi qattiqlik aniqlanadi. Tungi og'riqlar, uyqusizlik, umumiy quvvatsizlik paydo bo'ladi. Harorat 40°C ga yetadi. Leykotsitoz ko'payadi, ECHT ko'tariladi. Mushak osti limfa tugunlari kattalashganini aniqlash mumkin. Keyin infiltratning yiringlashi (yiringlash davri) yuz beradi va mastitning flegmonoz-gangrenoz turi avj oladi. Bemorning umumiy ahvoli yom onlashadi, et uvishib turaveradi, septik hodisalar k o'payadi. 174-rasm. Mastit abssesslarining xillari. 1-subareolycir. 2-sut vo'llari retensiyasi. 3-intraglanduIyar. 4-retromammar. Yallig'lanish o‘chog‘i ustidagi teri qizaradi, emchak uchining ichiga botib ketganligi ko'riladi. Vena turi sathi sezilarli ravishda kengaygani va limfangit belgilari kuzatiladi. Infiltrat sohasi jpaypaslab ko'rilganda flyuktuatsiya aniqlanadi, leykotsitoz 15-20x10 /1 ga yetadi, anemiya rivojlanadi, siydikda oqsil, leykotsitlar va donali silindrlar paydo bo'ladi. Ayrim hollarda o 'tk ir yallig'lanish jaarayoni surunkali infiltrativ formasiga o'tishi mumkin, bu forma kuchsiz isitma, o'rtacha og'riq infiltratning sezilarli ravishdagi qattiq shishi bilan kechadi. Mastitning bunday formasi surunkali, uzoq davom etadigan xususiyatga ega bo'lib, unga davo qilish ancha qiyin kechadi. Differensial diagnozi. Mastitlarni sut ivib qolishidan (laktostazdan), ginekomastiyadan, ko'krak bezi xavfli o'smasidan, shuningdek, ko'krak qafasi devori flegmonasidan farqlash lozim. Davosi. Tinch-xotirjamlik tartibiga amal qilish buyuriladi, bolani ko'krak, ya’ni ona suti bilan boqish to'xtatiladi, biroq sut muntazam sog'ib tashlanadi, flzioterapevtik davolash tadbirlari qo'llaniladi. Sut bezi muayyan holatda ko'tarilgan bo'ladi. O'z vaqtida boshlangan doridarmonlar bilan davolash (odatda, dastlabki 36 soatda) ko'pincha naf berib, tez sog'ayishga olib keladi. Bu davrda antibiotik terapiyani sulfanilamidlar bilan kombinatsiya qilib keng qo'llaniladi. Sut bezining infiltratsiyasiga novokainli antibiotiklar, ampitsillin bilan birga 0,25-0,5 foizli novokain 200 ml miqdorida retromammar yuborilsa (500 000 ТВ) naf beradi. Bez yiring olganda darhol jarrohlik yo'li bilan davolash tavsiya etiladi. Operatsiya odatda venaga narkoz yuborish orqali amalga oshiriladi. To'qimalarni kengaytirib kesish uchun radiar kesishlar o'tkaziladi, bu kesishlar emchak uchi atrofidagi pigmentli sohaga tegmasligi kerak, aks holda sut chiquvchi yo'lchalar shikastlanadi (175-rasm). Abssess bo'shlig'i barm oq bilan tekshirib k o 'rila d i, bo'shliq keng ko'lamda drenaj qilinadi. Bo'shliqlar ko'p bo'lganda to'qim alarning ayrim g'ovchalari yorilib, yagona bo'shliq yuzaga keltiriladi va k o 'p ro q ishonchli drenaj qilishga im kon beruvchi kontraperturalar - qo'shimcha kesishlar amalga oshiriladi. Abssess punksiyasidan maqsad, yiringni chiqarib yuborish va b o 'sh liq q a antibiotiklarni kiritishdir. 175-rasm. Yiringli mastitda kesish usullari: 1,2-radiar, 3-retrom am m ar abssessida yoysim on (Bardenxayyer uslubi) Retrom am m ar abssesslar Bardenxayyer usuli bilan yoy shaklid kesiladi. Kesish bez osti teri burmasi bo‘yicha va bez oldingi ko'kra devoriga o'tadigan joyda amalga oshiriladi. Shunday qilinsa absses b o ‘shlig‘i to‘la drenaj qilinadi va yaxshi kosmetik effekt ta’minlanadi A ntibiotiklar, qon o ‘rnini bosuvchilarni quyish va giperbari ksigenatsiya keng qo‘llaniladi
5. Hojatxonada bemor bosh aylanishini his qildi, undan keyin hushidan ketdi. Tekshiruvda bemor rangi oqargan, sovuq ter bilan qoplangan, yurak urish tezligi 1 daqiqasiga 130 urish, zaif to'ldirish. Hojatxonada o'tkir yoqimsiz hid bilan juda ko'p miqdordagi qora suyuqlik mavjud. Nima bo’ldi va bemorning ahvoli og'irmi?Qon ketish

BILET-6

  1. Sepsis nima? Sepsisning qanday turlari mavjud? Uning klinik ko'rinishi qanday? Qanday qilib sepsis tashxisi qo'yilgan? Sepsisni davolash va oldini olishning asosiy printsiplari qanday?

Sepsis yiringlatuvchi mikroblarning mahalliy infeksiya o‘chog‘idan qon oqimiga, limfa yo‘llariga, ulardan esa bemorning barcha to‘qima va a’zolariga tarqalishidan kelib chiqadigan umumiy infeksion kasallikdir. Infeksiya tushgan jarohat va turli sohada joylashgan yiringli kasalliklar (masalan, chipqon, xo‘ppoz, flegmona) sepsis manbai bo‘lishi mumkin. Odatda stafilokokk, streptokokk, ba’zan pnevmokokk, gonokokk, ichak tayoqchasi singari mikroblar ham sepsisni qo‘zg‘atadi. Aslida sepsis organizmdagi jarohat yoki yallig‘lanish jarayonining asorati hisoblanadi. Uning rivojlanishida og‘ir kasalliklar, jarrohlik operatsiyalari, ko‘p qon yo‘qotish, birdaniga ozib ketish, vitamin yetishmovchiligi, yetarli ovqatlanmaslik natijasida organizmning himoya kuchlari susayishi muhim rol o‘ynaydi.

Download 91,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish