Bilim sohasi: Ta`lim sohasi


Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish boyicha ko’rsatma va tavsiyalar



Download 0,99 Mb.
bet131/187
Sana09.06.2023
Hajmi0,99 Mb.
#950196
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   187
Bog'liq
8386 Ривожланишида нусони бўлган болалар диагностикаси

Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish boyicha ko’rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg’ulotlarda talablar psixologo – pedagogik diagnostika maqsadida bolalarni tekshirishni o’rgatish ( tibbiy va pedagogik xujjatlarni tahlili asosida tekshirish rejasini tuzish, tekshirish metodlarini tanlash, bolalar bilan muloqotga kirisha olish, tekshirish va xulosa chiqarish);


- talabalarda nuqson xarakterini aniqlashda eksperimental-psixologik metodlardan foydalanish malakalarini shakllantirish;
- talabalarda tahlil qilish, psixologik ma`lumotlarni umumlashtirish va to’g’ri pedagogik xulosalar chiqarish malakasini oshirish;
- talabalarni hujjatlar bilan ishlashga o’rgatish;
- talabalarni aqli zaif bolalar uchun maxsus muassasalar tashkil qilish boyicha adabiyotlar va asosiy qo’llanmalar bilan tanishtiriladi.
Amaliy mashg’ulotlarning mazmuni:

  1. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni ta`lim jarayonida tekshirish usullari. Kar va zaif eshituvchi bolalar maktablaridagi yordamchi sinflarda bolalarni diagnostik tekshirish. Maktab bilim va ko’nikmalarini tekshirish (bolalar faoliyati va kuzatish jarayonida).

  2. O’quv faoliyati xususiyatlarini tekshirish. Qiziqishlar, qobiliyatlari, layoqatlarini o’rganish va tekshirish, o’qishga, do’stlariga, kattalarga nisbatan bo’lgan munosabatini o’rganish. O’quvchilarning ruhiy-pedagogik tavsifi.

  3. TPPK da bolalarni tekshirish metodlari va mazmuni, bayonnomalarini yozish tartib-qoidalari bilan tanishtirish. Karlar maktabidagi bolalarni murakkab nuqsonli mustaqil tekshirish. Zaif eshituvchi bolalar maktabidagi o’quvchilarini murakkab nuqsonli mustaqil tekshirish. TPPK da bolalarni tekshirish ishlarida qatnashish.



Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mustaqil ta`lim umumdidaktik tamoyil bo’lib o’quv-tarbiyaviy jarayonning mazmuni va tashkil etilishining vazifasigina bo’lib qolmasdan, balki, uning tarkibiy qismidir. Oliy maktab pedagogikasining o’ziga xos kategoriyasi mustaqil ta`limdir. Pedagogika oliy o’quv yurtlari talabalari uchun bu juda zarur bo’lib, ular talaba sifatidagina emas, balki kelajakdagi o’qituvchilar, tadqiqotchilar sifatida mustaqil ishlay olishlari, o’quvchilarni bu faoliyatga o’rgatishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.


Ana shularga bog’liq ravishda “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi” fani boyicha talabalar mustaqil ishlarni bajarish jarayonida mavzu yuzasidan yanada kengroq ma`lumotlarga ega bo’lishlari uchun qo’shimcha adabiyotlarni o’rganadilar, tahlil qiladilar.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
1.Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarda diqqati va idrokining o’ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.
2.O’quvchilar nutqining magnitofon yozuvini tinglash va kar bola nutqining zaif eshituvchi bola nutqidan farqini aniqlang.
3.O’quvchilar audiogrammalarini tahlil qiling. L.V.Neyman klassifikatsiyasi boyicha eshitish nuqsonining darajasini aniqlang.
4.Audiogramma blankasida bola eshituv doirasini tasvirlang: o’ng quloq – IV guruh karlikka mos keluvchi qiyshiq, chap quloq – III darajadagi zaif eshitish.
5. Maktabgacha eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish uchun materiallar tayyorlash (ko’rgazmali qurollar, talaffuz albomlari).
6.Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tekshirish bayonnomasi asosida uning diqqat, idrok, xotira, tafakkur va nutqining xususiyatlarini tahlil qilish.
7.Tekshirish jarayonida eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning hissiy irodaviy doirasini tavsiflab berish. xulosalarni kuzatishdagi dalillar bilan isbotlash.
8.Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik-pedagogik talaffuz boyicha albom tayyorlash.
9.Bir nechta o’quvchilar nutqiy audiogrammalarini taqqoslang, ularning o’xshash va farqli tomonlarini aniqlang.
10.O’quvchi bilan suhbatlashing, eshituv idrokini nutq orqali tekshirishda siz qo’llaydigan nutqiy material bilan tanish ekanligini aniqlang.
11.Eshitish idrokini nutq orqali tekshirish bayonnomasi va audiogrammalar tahlil etishda qanday ma`lumotlarga ega bo’lish mumkin.
12.Kar va zaif eshituvchi o’quvchilar audiogrammalarini tahlil eting va taqqoslang.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish