Biologik ob‟ektdan suv bug„i yordamida ajratib olinadigan zaharli moddalarni tahlil usullari. Formaldegid, sirka kislotasi, aseton ma'ruza rеjasi



Download 95,16 Kb.
bet3/5
Sana18.07.2022
Hajmi95,16 Kb.
#824365
1   2   3   4   5
Bog'liq
BIOLOGIK OB‟EKTDAN SUV BUG„I YORDAMIDA AJRATIB OLINADIGAN ZAHARLI MODDALARNI TAHLIL USULLARI. FORMALDEGID, SIRKA KISLOTASI, ASETON

Metabolizmi. Organizmda sirka kislotasi metabolitlanib, atsetaldegid, etil spirti va qisman SO2 hosil qiladi.

Uchuvchanligi uchun turli ob‘ekt tarkibidan suv bug‗i yordamida haydab ajratiladi. Ob‘ektda sirka kislota ko‗p miqdorda bo‗lganda distillyatdan xarakterli sirka kislotasi hidi kelib turadi. Inson organizmida biokimyoviy faoliyat natijasida oz miqdorda sirka kislotasi hosil bo‗ladi.


Ob‘ektdan ajratib olishda uni haydash, erkin bog‗lanmagan sirka kislotasini aniqlash imkonini beradi. Organizmda hosil qilgan tuzlarini aniqlash uchun ob‘ekt muhiti 2,5-3,0 bo‗lguncha 10% sulfat kislota eritmasidan qo‗shib nordonlashtirilib so‗ng haydaladi.


Har ikkala vaziyatda ham sirka kislotasini uchib ketib yo‗qolishini oldini olish uchun distillyat 0,1n ishqor eritmasi saqlagan idishga to‗liq ajratib olinguncha haydaladi. Distillyat aniq hajmga etkazilib, teng ikki qismga bo‗linadi. Bir qismi miqdor tahlili uchun qoldiriladi. Boshqa qismi esa atsetat ionini aniqlash uchun sarflanadi. Buning uchun uni suv hammomida qurigunga qadar porlatiladi.




Chinligini aniqlash.



  1. emir (III) xloridi bilan reaksiyasi. Sirka kislota neytrallangandan so‗ng porlatib olingan qoldiqni bir qismiga temir (III)- xlorid reaktividan qo‗shilsa qizil rangli mahsulot hosil bo‗lib, qizdirish natijasida qo‗ng‗ir – rangga o‗tadi:

Fe(СН3СOO)3 + 2Н2O Fe(OН)2(СН3СOO) + 2СН3СOOН Reaksiya sezgirligi 0,5 mg sirka kislotaga teng.





  1. Lantan nitrati va yod bilan reaksiyasi. Qoldiqning bir qismiga lantan nitrati, yodni spirtli eritmasi va ammiak qo‗shilsa, to‗q ko‗k rang yoki shu rangdagi cho‗kma hosil bo‗ladi.




  1. Indigo bo‘yog‘ini hosil qilish. Qoldiqqa kalsiy tuzlari qo‗shib qizdirilsa atseton hosil bo‗ladi. Undan indigo bo‗yog‗i hosil qilish mumkin. (reaksiyasi kimyoviy tenglamasi atseton tahlilida berilgan).




  1. Sirka – etil efirini hosil qilish reaksiyasi. Qoldiqni etil spirt va konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qizdirish natijasida xarakterli hidga ega bo‗lgan sirka etil efiri hosil bo‗ladi

(reaksiya kimyoviy tenglamasi etil spirtini tahlilida berilgan). Reaksiya sezgirligi 5 mg sirka kislotaga teng.





  1. Sirka-amil efirini hosil qilish reaksiyasi. Qoldiqni amil spirti va konsentrlangan sulfat kislotasi ishtirokida qizdirilsa, nok essensiyasi (sirka-amil efiri) hidi seziladi.




Download 95,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish