Bir hujayralilar kenja olami. Sodda hayvonlarning umumiy belgilari



Download 22,96 Kb.
bet3/4
Sana30.08.2021
Hajmi22,96 Kb.
#159924
1   2   3   4
Bog'liq
3-мавзу

Ko’payishi. Bir hujayrali hayvonlarda ko’payishning xilma-xil shakllarini ko’rish mumkin. Bular orasida eng oddiy va qadimiy ko’payish usuli ikkiga bo’linish yo’li bilan amalga oshishidir. Ikkiga bo’linish yoki jinssiz ko’payishda avval yadro ikkiga bo’linadi, keyin butun tana ham ikkiga bo’linib, bitta ona individdan ikki yosh (qiz) individ hosil bo’ladi. Ikkiga bo’linish yo’li bilan jinssiz ko’payish haqida gap borar ekan, shuni qayd etish lozimki, ko’pchilik bir hujayralilar bo’yiga qarab ikkiga ajralsa, ayrimlari esa (infuzoriyalar) ko’ndalangiga bo’linadi. Ba’zi bir hujayralilar kurtaklanish yo’li bilan jinssiz ko’payadi. Buning uchun yadro ikkiga ajraladi, keyin tananing bir qismi bo’rtib chiqadi va kurtakka aylanadi, yadroning bir qismi esa bo’rtib chiqqan kurtak ichiga kelib joylashadi. Shundan so’ng kurtak ona tanadan uzilib, yosh individga aylanadi.

Bir hujayralilarda jinssiz ko’payishning yana bir usuli bo’lib, u shizogoniya deb ataladi. Shizogoniya jinssiz ko’payishda yadro bir necha bo’laklarga (ba’zan 32 va undan ko’pga) parchalanadi va har bir yadro bo’lakchasi o’z atrofiga ma’lum miqdorda sitoplazmani olib, pardaga o’ralib, yosh individlarga aylanadi.

Shizogoniya yo’li bilan jinssiz ko’payish bir hujayralilar orasida amyobasimonlar va sporalilarda uchraydi. Bu usulda jinssiz ko’payish qisqa vaqt davomida individlarning sonini haddan tashqari tez ortib borishini ta’minlaydi.

Bir hujayralilarda jinsiy ko’payish usuli ham turli ko’rinishlarda bo’ladi. Eng qadimiy jinsiy ko’payish usuli gametalarni hosil bo’lishi va ularni o’zaro qo’shilishi (kopulyasiyasi) bilan amalga oshadi. Kopulyasiyada qatnashuvchi urg’ochi va erkak gametalarning katta-kichikliligi, tuzilishi va tabiatiga qarab izogam, anizogam va oogam kopulyasiyalar farq qilinadi.

Katta-kichikligi bir xil bo’lgan gametalarning qo’shilishi izogam kopulyasiya deyiladi. Masalan, xivchinlilardan politoma turida jinsiy qo’payish bir-biriga teng bo’lgan gametalarninig hosil bo’lishi va qo’shilishi bilan sodir bo’ladi. Ayrim bir hujayralilarda, masalan sporalilarning qon sporalilar turkumidagi turlar jinsiy ko’payishda bir-biriga teng bo’lmagan, har xil katta-kichiklikdagi gametalarning hosil bo’lishi va qo’shilishi bilan amalga oshadi. Qo’shilishda qatnashuvchi gametalarning biri yirikroq va kam harakat bo’lib, u makrogameta (urg’ochi gameta) deyilsa, boshqa biri kichikroq va harakatchandir. U mikrogameta (erkaklik gametasi) deyiladi. Bunday gametalarning qo’shilishi anizogamiya kopulyasiya deyiladi.

Nihoyat bir hujayralilarning jinsiy qo’payishida oogamiya kopulyasiya ham mavjud bo’lib, xivchinlilarning koloniya (to’p) bo’lib hayot kechiruvchi volvokssimonlar oilasida uchraydi. Volvoksning ba’zi koloniyalarida tuxum hujayrasi, ba’zi koloniyalarida esa urug’don bo’lib, unda spermatazoidlar hosil bo’ladi yoki ayrim turlarida bitta koloniyaning o’zida ham tuxum va ham spermatozoidlari yetishadi. Bunday jinsiy hujayralarning o’zaro qo’shilishi oogamiya kopulyasiya deyiladi. Umuman olganda gametalar qanday usulida qo’shilishidan qat’iy nazar oqibatda zigota hosil bo’ladi. Zigotadan esa yangi yosh individ rivojlanadi.

Bir hujayrali hayvonlar orasida ayrim guruhlar (infuzoriyalar) jinsiy ko’payishni kon’yugasiya usuli bilan amalga oshiradi.

Bir hujayrali hayvonlarning biologik xususiyatlaridan biri ularning sistaga (qalin po’stga) o’ralish qobiliyatidir.

Hayvon uchun noqulay sharoit yuzaga kelganda, ya’ni suv havzasining qurib qolishi, muhit temperaturasining keskin pasayishi, kimyoviy zaharli mahsulotlar va hakozolar ta’sirida sistaga o’ralib, tinch davrga o’tib oladi. Buning uchun hayvon yumaloqlanadi, harakatlanish organellalarini yig’ib, tanani tashqi yuzasiga sitoplazma hisobidan suyuqlik ajratadi. Bu suyuqlik yuzaga chiqishi bilanoq qotib, po’st hosil qiladi. Qalin po’stga o’ralgan hayvon atrof muhitning noqulay sharoitlariga chidamli bo’ladi va ma’lum davr davomida o’zining tiriklik qobilyatini saqlab qoladi.

Ko’pgina bir hujayralilar sista holatida passiv ravishda suv va shamol yordamida, xilma-xil o’simlik va hayvonlar bilan hamda tuproq bilan o’zoq masofalarga tarqalishi mumkin. Sistaga o’ralgan hayvon qo’lay sharoitga tushishi bilanoq po’stini tashlab, yana aktiv hayot kechirishga o’tadi.

Bir hujayrali hayvonlarning sistaga o’ralish qobiliyatining mavjudligi shu hayvonlar uchun juda katta biologik ahamiyatga ega, chunki yuzaga kelgan noqulay sharoitlar ta’sirida qirilib ketmasligi uchun sista ularni tiriklik qobiliyatini saqlab qoladi va turni tur sifatida mavjud bo’lib qolishi imkonini beradi. Bu jarayon bir hujayrali hayvonlar evolyusiyasida shakllangan muhim belgi hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, ba’zi bir hujayrali hayvonlarning sistaga o’ralishi ularning ko’payishi va hayot sikli bilan bog’liqdir. Masalan, odam ichagida yashovchi ayrim amyobalarning (ichburug’ amyobasi, ichak amyobasi) tashqi muhitga chiqishi oldidan sistaga o’ralishini ko’rsatib o’tish mumkin.


Download 22,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish