Birikuvchanlik va sintaktik aloqa



Download 17,99 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2022
Hajmi17,99 Kb.
#568470
1   2
Bog'liq
Birikuvchanlik

So‘z birikmasi mustaqil so‘zlarning qo‘shilishi bilan hosil bo‘ladi, yordamchi so‘zlar esa mustaqil so‘zlar bilan birgalikda bir komponent sanaladi: Yaxshilik bilan yengmoq. S’oz birikmasi sintaktik birlik hisoblanadi, u gap tuzilishining qurilish materiali.
So‘z birikmasi bilan sintagma orasida yaqin munosabat bor: Universitet talabalari // barcha sohalarda // juda faollik ko‘rsatmoqdalar. So‘zlarning o‘zaro bog‘lanib, so‘z birikmasi tashkil qilish hodisasi elementlarning erkin birikilishini ko‘zda tutadi, turg‘in (barqaror birikmalar) frazeologik iboralar boshqacha xususiyatga ega. Bularda erkin bog‘lanish emas, grammatik-semantik butunlik, ajralmaslik mavjud bo‘ladi.
Erkin birikmalardagi so‘zlarni talabga qarab almashtirish mumkin (chiroyli rasm, katta uy), bunday hodisa turg‘un birikmalarda yo‘q. So‘z birikmasi tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: sodda birikma va murakkab birikma. Sodda birikma ikkita mustaqil so‘zdan tuziladi: keng dala,o‘nta kitob kabi. Ayrim vaqtda ajralmas butunlik shaklidagi birliklar (yetti yoshli bolalar, to‘qqiz qavatli bino kabi) yoki turg‘un birikma shaklidagi birliklar (borsa kelmas oroli,qush qo‘nmas tepaliklar) ham sodda birikma hisoblanadi. Murakkab birikmalar esa uch yoki undan ortiq mustaqil so‘zning birikuvidan tuziladi. Aslida murakkab birliklar sodda birikmaning kengayishidan hosil bo‘ladi: chinni piyola, gulli chinni piyola, paxta gulli chinni piyola, o‘nta paxta gulli chinni piyola. Turg‘un birikmalar butunligicha yaxlit holda qo‘llanib, til birligi hisoblansa, so‘z birikmasi nutq jarayonidagina hosil bo‘ladi.
So‘z birikmasidagi so‘zlar o‘z ma’nosini saqlaydi, turg‘un birikmadagi so‘zlar esa butunicha o‘z ma’nosidan ko‘chgan yoki qismlarining biri o‘z ma’nosini o‘zgartirib yuborgan bo‘ladi: Qiyos qiling: qo‘l qo‘ymoq-daftarni qo‘ymoq. So‘z birikmalari, komponentlarining grammatik tabiatiga ko‘ra, tasnif qilinganda, hokim bo‘lakning morfologik tabiati, tobe bo‘lagining sintaktik tabiati asosga olinadi. Hokim bo‘lakning qaysi so‘z turkumiga oidligiga qarab so‘z birikmalari uch guruhga bo‘linadi: ot birikma, fe’l birikma, ravish-sifat birikma.
Ot birikma: ot +ot (maktab o‘quvchilari), olmosh +ot (shu vatan), sifat +ot (katta ko‘cha), son + ot (uchta vazifa), sifatdosh + ot (aytilgan so‘z), harakat nomi (ishlashning natijasi), taqlidiy so‘z + ot (taqir-tuqur ovoz) kabi ko‘rinishlarda shakllanadi.
Fe’l birikma: Bunda hokim bo‘lak vazifasida fe’l va uning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllari keladi. Tobe bo‘lak vazifasida esa, fe’ldan boshqa so‘z turkumlari ishlatiladi. Bu xil birikmaning ko‘rinishlari: ot + fe’l (vatanni sevmoq) sifat +fe’l ( yaxshi ishlamoq), olmosh + fe’l (qanday yurmoq ), son + fe’l (bir gapirmoq), ravish + fe’l (ko‘p gapirmoq), ravishdosh + fe’l (qiziqib so‘ramoq), taqlidiy so‘z + fe’l (taq-tuq ochilmoq) kabi.
Ravish birikma: Bunda hokim so‘z vazifasida ravish qo‘llanadi. Bu xil birikmaning ko‘rinishlari: ot + ravish, (Jamoldan tez), olmosh + ravish (hammadan ko‘p) kabi.
Sifat birikma: Buning hokim bo‘lagi vazifasida sifat keladi: ot+sifat (temirdan qattiq), olmosh+sifat (mendan katta) kabi.
Modal so‘zli so‘z birikma: Buning hokim bo‘lagi vazifasida modal so‘zlar keladi: o‘zingda yo‘q, olamda yo‘q.
So‘z birikmalari, tobe bo‘lagining sintaktik tabiatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
To‘ldiruvchili so‘z birikmalari: Oyni etak bilan yopib bo‘lmas.
Aniqlovchili so‘z birikmalari: To‘za qalbda dog‘ bo‘lmas.
Holli so‘z birikmalari: Or- nomusga soqchi bo‘lar aql har dam.
Download 17,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish