Birja bozorida kliring va hisob-kitoblar Reja



Download 42,28 Kb.
bet1/6
Sana06.01.2023
Hajmi42,28 Kb.
#897989
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Birja va rieltorlik


Birja bozorida kliring va hisob-kitoblar
Reja:
1. Kliring va hisob-kitoblarning mohiyati va funktsiyalari.
2. Kliring va hisob-kitoblarning umumiy tavsifi.
3.Asosiy risk turlari.
4. Qimmatli qog'ozlar bozorida kliring va hisob-kitoblar.
5. Fyuchers shartnomalari bozorida kliring va hisob-kitoblar.
6.Kliring va hisob-kitoblar tizimi rivojlanishining asosiy yo'nalishlari.
Xulosa



  1. Kliring va hisob-kitoblarning mohiyati va funksiyalari

Kliringbu – o'zaro talab va majburiyatlarni hisobga olishdir. Birja kliringi bu – birja savdosi qatnashchilari o'rtasida kim, nimani, kimga va qaysi muddatda qarzligini belgilashga asoslangan kliring. Hisob-kitoblar bu – birja kliringi davomida aniqlangan, yakuniy natijasi odatda birja bitimi ob'ektini sotuvchidan xaridorga o'tkazish bo'lgan majburiyatlarni bajarish, shuningdek, xaridorning sotuvchi bilan shartnoma shartlari bo'yicha pul hisob-kitobi jarayonidir. Kliring va hisob-kitoblar zarurati bozor savdosining zamonaviy tashkil qilishdan kelib chiqadi. Eng oddiy bozor operatsiyasi uchta tarkibiy qismdan iborat: sotuvchi va xaridor o'rtasida bitim tuzish (og'zaki yoki yozma shaklda); bitim bo'yicha hisob-kitoblar (masalan, Tovar narxini uning miqdoriga ko'paytirish va bu bitim narxini (bahosini) aniqlash); Tovar va pul mablaag'larini bir-biriga berish yo'li bilan shartnomani ijro etish. Qoidaga ko'ra, faqat eng oddiy bitimni tuzishda sotuvchi va xaridor vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri uchrashadi. Biroq zamonaviy birja (fond, fyuchers) bozorida sotuvchi va xaridor bitimlarni vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri kamdan-kam hollarda tuzadilar. Ko'p hollarda ular bir-biridan vaqt va makon bo'yicha ajralgan bo'ladi. Birja tovarlari sotuvchi va xaridorlar o'rtasida bog'lovchi bo'g'in bo'lib odatda goh sotuvchi, goh xaridor rolida ishtirok etadigan birja vositachilari xizmat qiladi. Shunday qilib, birja bozor bitimining barcha qismlari alohida bo'lib olishi ro'y beradi: • (bitim) tuzish birlamchi sotuvchi va yakuniy xaridor o'rtasida emas, mijozlar va birja vositachilari o'rtasida amalga oshiriladi;


• bitim bo'yicha barcha hisob-kitoblar, unda ishtirok etgan tomonlarning majburiyatlarini aniqlash kliring jarayonida tashkil etiladi;
• bitimni ijro etish (bajarish) «hisob-kitoblar» deb nomlanadigan jarayonda bo'lib o'tadi.
Zamonaviy kliring va hisob-kitob birja tizimlari quyidagi shart-sharotlar tufayli vujudga keldi. Birinchidan, bu quyidagilar uchun mos keluvchi texnologik imkoniyatlarning mavjudligi:
• makono milini bartaraf qilish va axborot uzatish uchun vaqtni qisqartirish (masalan, global tez ishlaydigan aloqa tizimlarining mavjudligi);
• katta hajmdagi birja massivlari va ularga yo'ldosh axborotlarni qayta ishlash (ma'lumotlar to'plamini saqlash va hisob-kitob electron tizimlari yaratish);
• pul mablag'larini tez va bexato o'tkazish (milliy va halqaro bank hisob-kitob tizimlari).
Ikkinchidan, kliring va hisob-kitob uchun ixtisoslashgan tashkilotlar va birja strukturalari tashkil qilish: kliring (hisob-kitob) palatalari, fond-depozitariylar, reestr egalari va h.k.
Uchinchidan, kliring va hisob-kitob mexanizmlarini ishlab chiqish va muntazam takomillashtirib borish. Eng umumlashtirilgan ko'rinishda birja kliringi va hisob-kitoblarining quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib ko'rsatish mumkin.
a) tuzilgan birja bitimlarini ro'yxatga olish jarayonini ta'minlash (bitimlar haqida axborot berish va olish, uni tekshirish va tasdiqlash, ro'yxatga olish va h.k.);
b) ro'yxatga olingan bitimlar hisobini yuritish (bozor turlari, qatnashchilar, ijro muddati va hokazolar bo'yicha);
d) birja bozori qatnashchilarning o'zaro majburiyat va to'lovlarini hisobga olish;
e) birja bitimlarining kafolatli ta'minlanishi (turli shakllarda);
g) pul hisob-kitoblarni tashkil qilish;
h) tuzilgan birja bitimi bo'yicha birja tovarini yetkazib berishni ta'minlash.



Download 42,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish