Birlamchi qoplovchi to'qima epedirma bilan tanishish



Download 26,66 Kb.
bet4/4
Sana01.07.2022
Hajmi26,66 Kb.
#724217
1   2   3   4
Bog'liq
8-9

Mexanik to’qima. Mexanik to’qima o’simlik organlarini tik tutib turishda, shamol, yomg’ir, qor kabi tabiatning kuchli hodisalariga bardosh berishida asosiy rol o’ynaydi. Mexanik to’qima hujayralari mustahkam bo’lishiga sabab, hujayrasi po’sti qalin bo’ladi. O’simlikning bo’yiga o’sadigan a'zolarida (poya, ildizlarda) mexanik to’qima hujayrasi odatda prozenximali, bo’yiga va eniga bir tekisda o’sadigan organlarda hujayra ko’pincha parenximali bo’ladi. Mexanik to’qimalarning 3 xil tipi mavjud bo’lib, kollenxima, sklerenxima va sklereid- toshsimon hujayralardan iborat.
Kollenxima. Tirik hujayralardan iborat bo’lib, hujayra po’sti sellyulozali bo’ladi. Kollenxima asosan epiderma ostida joylashgan birlamchi po’stloqning parenxima hujayralaridan vujudga keladi. Hujayralar bo’yiga cho’zilib, faqat burchakli qalinlashgan bo’lsa burchakli kollenxima deyiladi. Hujayralarning oldingi va keyingi devorlari qalinlashgan bo’lsa, plastinkasimon kollenxima deyiladi. Kollenxima hujayralarining kattaligi 2 mm gacha boradi. Yalpizdoshlar, ziradoshlar, qovoqdoshlar oilalarining poya qirralari kollenxima hujayralari bilan to’la bo’ladi. Kollenxima po’stiga xlorruxyod eritmasi ta'sir ettirilsa moviy tusga kiradi. Bu esa hujayra po’sti sellyulozadan iboratligidan dalolat beradi.

IKKILAMCHI VA UCHLAMCHI QOPLOVCHI TO'QIMA.
Ikkilamchi qoplovchi to‘qima fellogen deb atalgan tug‘diruvchi to‘qimadan hosil bo‘ladi. Ba’zi bir o‘simliklarda fellogen epidermis tagida joylashgan hujayralardan tuzilgan bo‘ladi. Masalan, qayin, dub, chinor, zarang daraxtlari. Ba’zan fellogen epidermis-ning o‘zidan ham hosil bo‘ladi. Masalan, olma, tol va boshqalar. Ba’zan fellogen po‘stloqning ichkariroq joylashgan hujayralaridan hosil bo‘ladi. Fellogen-ning hujayralari kariokinez usulda bo‘linib ko‘payib turadi. Natijada fellogen o‘zidan yuqoriga probkani (fellemani), ichkariga fellodermani (po‘stloqni) ishlab chiqaradi.
Fellemaning tashqi tomoni suberin moddasi bilan sug‘orilib probkalanadi. Probka tarkibidagi suberin 58%, sellyuloza 22 %, lignin 15%, suv 5% dir. Probkalangan hujayra o‘zidan, suvni, havoni, changlarni, tovushni, elektrni o‘tkazmaydi. Shuning uchun sanoatda probka katta ahamiyatga ega. Masalan, samolyotsozlikda, xolodilnik ishlab chiqarishda va boshqalarda ishlatiladi.
Probkani dub daraxtidan olinadi. Probka beradigan dub daraxti qora dengiz bo‘ylarida o‘sadi. Probkasi 15 sm gacha bo‘ladi. Probka tushib ketmaydi. Probka dub daraxtidan xar 10-15 yilda kesib olinadi. Probkani amurskoye barxatnoye derevo daraxtidan olish mumkin. Bu daraxtning probkasi uncha qalin emas, sifati ham probka dubidan past bo‘ladi, shuning uchun ham undan qurtqaruvchi moddalar tayyorlanadi. Probkaning ichi odatda havo bilan to‘la bo‘ladi. Probka o‘simliklarning meva po‘stida (anor meva po‘sti), tugunagida (kartoshka tugunagida) ham uchraydi. Probka bilan qoplangan o‘simlik organlari chechevichkalar orqali nafas olib, suv bug‘latib turadi. Chechevichka bor joyda probka bo‘lmaydi. Probka o‘rnida yumshoq, siyrak joylashgan hujayralar bo‘ladi. Ana shu hujayralar orqali suv bug‘lanadi va gaz almashish protsessi bo‘ladi. Chechevichkani ustitsadan farqi, chechevichka hamma vaqtda ochiq bo‘ladi, ustitsa esa ochilib va yopilib turadi.
UCHLAMCHI QOPLOVCHI TO‘QIMA (KORKA -QOBIQ)
Fellogen bir necha yillar davomida probkani ishlab chiqazib turadi. Keyinchalik fellogen hujayralari o‘ladi. Po‘stloqning ichkari tomonidagi hujayralardan yangi fellogen hosil bo‘ladi. Bu hosil bo‘lgan fellogen o‘zidan yuqoriga probkani, ichkari tomonga esa fellodermani ishlab chiqaradi. Qaytadan hosil bo‘lgan probkani tashqari tomondagi xujayralarning hammasi o‘ladi. Chunki o‘zidan suvni va havoni o‘tkazmaydi. Bu hujayralardan oziq moddalar yetib bormaydi.
Bu o‘lgan hujayralar qobiqqa aylanadi. Qayin daraxtida qobig‘ 8-10 yildan so‘ng, dub daraxtida 25 yildan so‘ng, paxtada esa 50 yildan qobig‘ vujudga keladi. Qobig‘ning qadinligi 10 sm ga yetadi. Qobig‘ daraxtlarda vaqti bilan tushib turadi. Qobig‘ning tushishi daraxtlarga zarar yetkazmaydi. Qobig‘ 1 qatorda xashoratlar ham tushib turadi.

Shakli jixatdan o‘xshash bo‘lib, ma’lum bir yoki bir necha vazifani bajaradigan hujayralar gruppasiga (to‘plamiga) to‘qima deyiladi. To‘qimalar ularni hosil qilgan hujayralarning shakliga qarab parenxima hujayralaridan tashkil topgan parenximatik to‘qimalar va prozenxima hujayralaridan tashkil topgan prozenximatik to‘qimalarga bo‘linadi.


Po‘stlari bir-biriga zich taqalgan hujayralardan iborat to‘qma zich to‘qima deyiladi, hujayra orqali yaxshi taraqqiy etgan to‘qima g‘ovak to‘qima deyiladi. To‘qima hosil qiluvchi hujayralar po‘stlarining kimyoviy tarkibiga qarab yog‘ochlashgan, po‘kaklashgan va x.k. deb ta’riflanadi. Xujayra po‘stlarining qalinligiga qarab qalin devorli yoki yupqa devorli to‘qima deyiladi. Bulardan tashqari tirik va o‘lik hujayralardan tuzilgan to‘qimalar mavjud. To‘qimalar kelib chiqishi jixatidan 2 gruppaga: 1) Embrional va 2) Doimiy to‘qimalarga bo‘linadi: ular birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Embrional to‘qima o‘zida boshqa hujayralari bo‘linib yana yangi hujayralarni hosil qiladi.


Rus botaniklari akademiklar Borodin, Paladin, professorlar Ivanov, Aleksandrov va Rozdorskiylar to‘qimalarning bajaradigan vazifalariga binoan, ya’ni fiziologik xususiyatiga asoslanib to‘qimalarni 5 gruppaga bo‘lishdi.

1. Embrional (tuzuvchi, tashkil etuvchi, yaratuvchi meristema).


2. Qoplovchi to‘qima (pokrovnaya tkan)
3. Mexanik to‘qima (mexanicheskaya tkan)
4. O‘tkazuvchi to‘qima (provodyashaya tkan)
5. Asosiy negiz to‘qma (osnovnaya tkan).
6. Hosil qiluvchi to‘qimalar (Obrazovatelnыy tkan).
O‘simliklarning o‘suvchi qismlarida bitta yoki bir nechta initsial huayralar bo‘ladi. Masalan: qirqbo‘g‘im, qirqquloq poyasining uchida bitta initsial hujayra, gullik o‘simliklar ildizining, poyasining uchida bir nechta initsial ya’ni boshlang‘ich hujayra bo‘ladi. Initsial hujayralarning bo‘linib ko‘payib turishi natijasida «birlamchi meristema» paydo bo‘ladi. Birlamchi meristemaning hujayralari kariokinez yo‘lida bo‘linib ko‘payib uch xil qavat hujayralarni paydo qiladi.

1. Tashqi qavati - Dermatogen


2. O‘rtacha qavat - Periblema
3. Ichki qavat - Pleroma
Dermatogendan birlamchi qoplovchi to‘qima - epiderma
Periblemadan ildiz poyalarining po‘stloq qismi.
Pleromadan ildiz poyalarning markaziy silindr qismi hosil bo‘ladi. Birlamchi meristemadan paydo bo‘lgan to‘qimalarning hammasi birlamchi to‘qima deb ataladi. Bir pallalik o‘simliklarning to‘qimalari birlamchi to‘qima. Ikki pallali o‘simliklarda birlamchi va ikkilamchi to‘qimalar bo‘ladi. Ikkilamchi to‘qimalarni ikkilamchi meristema-kambiy va fellogenlardan paydo bo‘ladi. Birlamchi meristema o‘simliklarni asosan bo‘yiga o‘stiradi. Ikkilamchi meristema (k. Va f.) o‘simliklarni asosan eniga o‘stiradi. Meristemalar joylanish jixatidan ham 3 gruppaga bo‘linadi.
Birlamchi meristema
Kelib chiqishga ko‘ra hosil qiluvchi to‘qimalar va ikkilamchi to‘qimalarga bo‘linadi. Birlamchi meristema urug‘ murtagida, poya, ildiz va ularning uchlarida yon poyalar hamda kurtaklarda joylashib, yangi organlar-ning hosil bo‘lishini shuningdek o‘simliklarning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi.

Ikkilamchi meristema


Ikkilamchi meristemaga boylamlar va probka kambiy yoki fellogen kiradi. Boylamlararo kambiy o‘simlik organlarining eniga o‘sishini ta’minlaydi, fellogen esa ikkilamchi to‘qima peridermani hosil qiladi. O‘sayotgan meristema tik hujayralar po‘stini tarkibida 92,5% suv qolgan 7,5% quruq qismining tarkibida pektin gemitsellyuloщgemitsellyuloza, protein va shu kabi moddalar uchraydi. Bu hujayralarning yadrosi ham katta bo‘ladi. Yadro hajmining hujayra sitoplazmasi hajmiga nisbati 3/2 - 4/3 ni tashkil etadi. Meristema hujayrasida ko‘pincha 1 ta yadrocha bo‘lib, uning tarkibida proteindan tashqari RNK, fosfolipidlar, oltingugurt, kaliy, kalsiy bor.
1. Tepa meristema (verxushechnaya - Apikal-meristema).
2. Yon meristema (Bokovaya meristema - Lateral - meristema) Bunga kambiy va fellogen kiradi.
3. Oraliq meristema (Vstavochnaya meristema -Interkolyar meristema).
Bular g‘alladoshlarni poyasidagi bo‘g‘im oralig‘i bo‘ladi.
Tepa meristema. (Apikal)
Bu meristema hisobiga organlar doimo bo‘yiga o‘sib turadi. Apikal meristemaning tuzilishi turli organlarda har xil. Apikal meristemada 3 xil to‘qimalar:

1) protoderma - qoplovchi to‘qima;


2) prokambiy - o‘tkazuvchi to‘qima
3) meristema - asosiy tuqima, hosil qiluvchi gruppa hujayralar mavjud.
Yon meristema. (Lateral meristema).
Yon meristema kelib chiqishi jihatidan ikkilam-chi meristema bo‘lib, u ko‘p yillik, ikki pallali o‘simliklar ildizi va poyasining ksilema hamda floema qismining o‘rtasida - ular yuzasiga parallel bo‘lib joylashadi va u kambiy deyiladi. Yon meristema organlarning eniga o‘sishini ta’minlaydi.
Oraliq meristema (Interkolyar meristema)
Bu meristema poya bo‘g‘im oralig‘ining bazal qismida, ya’ni ostida hamda bargda hosil bo‘ladi. Interkolyar o‘sish keng tarqalgan u qirqbo‘g‘im, shuningdek, qo‘ng‘irboshdoshlar o‘simliklarda, seldergullilar va shu kabi boshqa ikki pallali larning vakillarida bo‘ladi.
Meristema avvalo urug‘ning embrionida vujudga keladi. Urug‘ning unib chiqishida meristema ayrim uchastkalarga bo‘linib ketadi. Bular xar bir poyaning, ildizning uchida, xar bir bargning asosiy qismida va poyalarini bo‘g‘im oraliqlarida joylashgan bo‘ladi. Meristemaning hujayrasi yupqa va silliq parda bilan o‘ralib olgan. Pardasi toza sellyulozadan tuzilgan. Bunda suberin, lignin yo‘q. Hujayrasining ichi protoplazma bilan to‘lgan. Yadrosi hujayraning markazida joylashgan. Vakuola va plastidlar boshlang‘ich davrlardagina bo‘lgan.
Ikkilamchi meristema - fellogendan ikkilamchi qoplovchi to‘qima paydo bo‘ladi.
Download 26,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish